Respublikasi oliy va o‘rta


Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat


Download 1.87 Mb.
bet140/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi. G‘irrom raqobat orqali firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy resurs ta’minotchilarini kredit va materiallar yetkazib berishdan voz kechishga majburlash, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Halol raqobat raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi
qoidalarga asoslanadi. Shu o‘rinda halol raqobatning quyidagi belgilarini ham ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;

  • boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko‘zbo‘yamachilik kabi salbiy holatlarga barham beradi;

  • qarindosh-urug‘chilikni, oshna-og‘aynigarchilikni, tanish-bilishlikni, ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi5.

Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping narxlarni qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.

Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z mahsuloti narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday harakat qilishiga olib keladi. Natijada firmalarning bozordagi mavqei o‘zgarmay, faqat tarmoq bo‘yicha foyda hajmini kamaytiradi.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling