Respublikasi oliy va o‘rta


Ijtimoiy zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulotning ma’lum


Download 1.87 Mb.
bet191/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Ijtimoiy zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulotning ma’lum turini yoki uning bir-birligini ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy sarflarning umumiy (jonli mehnat, moddiy va pul) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko‘rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy zaruriy xarajatlar pul shaklida namoyon bo‘ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni:

Sv = c + v + m,


bu yerda: Sv – ijtimoiy zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – zaruriy mahsulot qiymati yoki ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qo‘shimcha mahsulot qiymati.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga shu korxona tomonidan qilinadigan barcha sarflar tushuniladi:

Pc = s + v.


Pc – ishlab chiqarish xarajatlari (tannarx).
Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirib aytadigan bo‘lsak, uning tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari va boshqa turli xil ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi. Bu yerda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin hozirgi davrda ishlab chiqarish xarajatlari, binobarin tannarxga sun’iy ravishda kiritilgan soliq va foizlar ko‘zda tutilmaydi. Korxona tomonidan ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf- xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (11.1-rasm).





Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling