Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet235/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

Barchamizga ma’lumki, mustaqillik davrigacha O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq ittifoq iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xomashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga butunlay qaram bo‘lgan, izdan chiqqan, mo‘rt va nochor iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi.


Eng yomoni shundaki, O‘zbekiston iqtisodiyoti, asosan, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgan biryoqlama rivojlanish holiga tushib qolgan bo‘lib,iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi.
Mustaqillik yillarida yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, energetika, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, modernizatsiyalash, yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni shakllantirish va mustahkamlash sari harakat natijalaridir.
Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor iqtisodiyotining infratuzilmalari: savdo, bozor, birja, moliya, bank, kredit, soliq, sug‘urta, bojxona tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi. Shunday qilib, O‘zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllantirildi.
“Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda”.
Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling