Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet243/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Birinchi bosqich XVII asrning ikkinchi yarmidan 1930 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, unda milliy hisoblar tizimi ilk bor shakllana boshladi. Bu bosqichda asosiy e’tibor milliy boylik va daromad ko‘rsatkichlarini hisoblashga qaratilgan. Lekin, bu bosqichda milliy hisobchilik yagona bir tizim sifatida shakllanmadi.
Ikkinchi bosqich o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlandi va unda keynschilik ta’limoti muhim o‘rin tutdi. Bu bosqichda asosiy e’tibor milliy boylik va milliy daromadni hisoblash usullarini takomillashtirish, iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalarning harakatini tahlil qilish, makroiqtisodiy tahlil uchun zarur axborot tizimini shakllantirish, uning davlat hokimiyatini boshqarishdagi rolini oshirish va milliy hisoblar tizimining ayrim ko‘rsatkichlariga aniqliklar kiritishga qaratildi.
Uchinchi bosqich (1953 yil) ikkinchi jahon urushidan keyingi davrni o‘z ichiga olib, davlatlar vayron bo‘lgan iqtisodiyotni tiklash, iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish ehtiyojidan kelib chiqib yondashildi. Ushbu bosqichda BMT Statistika komissiyasi tomonidan MHTning dastlabki andozasi MHT-1953 tasdiqlandi.
To‘rtinchi bosqichda (1968 yil) BMTning MHT-1953 andozasi ancha takomillashtirildi, olingan ma’lumotlarni taqqoslash imkoni tug‘ildi va MHTning boshqa qulay jihatlari ham ochib berildi.
Beshinchi bosqich. 1993 yilga kelib ayrim mamlakatlarda milliy hisobchilikni yuritish tartibida katta farqlar mavjudligi tufayli ularning xalqaro qiyosiy taqqoslash imkoniyati buzildi, jahon bo‘yicha ko‘rsatkichlarni umumlashtirish masalasi murakkablashdi va jahon iqtisodiyotini tahlil qilish
qiyinlashdi. Shu sababli, milliy hisoblar tizimining yangi MHT-1993 andozasi qabul qilindi. Unda MHTning to‘lov balansi va davlat moliyasi statistikasi bilan o‘zaro bog‘liqliklari aniqlab olindi, MHTning bir nechta bo‘lim va boblari yangilandi, operatsiyalar va ularni hisobga olish qoidalari, yalpi ishlab chiqarish, kapital iste’moli va zaxiralari, bozor va nobozor ishlab chiqarishning nisbatlari ko‘rsatkichlarini hisoblash metodologiyasi ishlab chiqildi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling