Sof ichki mahsulot sotilgandan keyin uning puldagi ifodasi milliy daromadni tashkil etadi. Lekin SIM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan narxga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‘irligi iste’molchi
zimmasiga tushib, natijada ular daromadining bir qismini qamrab oladi. Shuning uchun hozirgi davrda qo‘llanilayotgan
milliy hisoblar tizimida SIMdan egri soliqlar chegirib tashlanib, milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi aniqlanadi:
Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SIM miqdori bilan MD miqdori bir-biridan farq qilib qolgan. Aslida hududlar va tarmoqlar bo‘yicha
farq qilsada, mamlakat miqyosida ularning miqdori farq qilmasligi lozim. Chunki milliy daromad sof ichki mahsulotning sotilgandan keyingi puldagi ko‘rinishidir. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning o‘zgargan shakli deb ham yuritiladi. Bu holat milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi.