Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet262/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

15.9-rasm. Oraliq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi1

Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi talabning AD1dan AD2ga o‘sishi yalpi taklif egri chizig‘i bo‘ylab milliy ishlab chiqarish hajmining Q1dan Q2ga qadar ko‘payishiga olib kelmoqda. Biroq, bu ko‘payish ayni paytda narxlar darajasini ham R1dan R2ga oshirmoqda. Bu esa oraliq kesmada iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish resurslari asta- sekin to‘la bandlik holatiga o‘tayotganligini, qo‘shimcha quvvatlarning ishga tushirilishi tobora o‘sib boruvchi xarajatlar orqali amalga oshishini anglatadi. Demak, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning qaysi kesmasida ro‘y berishidan kelib chiqqan holda narx darajasiga turlicha ta’sir ko‘rsatar ekan. Yalpi talabning kamayishi ham turli kesmalarda turlicha kechadi. Agar yotiq kesmada yalpi talab kamaysa, milliy ishlab chiqarishning real hajmi kamayib, narx darajasi o‘zgarishsiz qoladi. Tik kesmada narx tushadi, milliy ishlab chiqarish to‘liq bandlik darajasida bo‘lganligi sababli, uning real hajmi o‘zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarishi


vaziyatni murakkablashtiruvchi omillar ta’sirida birdaniga narxning pasayishiga olib kelmasligi mumkin. Buning murakkablik tomoni shundan iboratki, tovarlar va resurslar narxi pasayish tamoyiliga ega bo‘lmaydi. Shu sababli ayrim iqtisodchilar bunday tamoyilni xrapovik samarasi deb ataydilar (xrapovik – bu g‘ildirakni faqat oldinga harakat qilishga majbur etuvchi mexanizm). Xrapovik samarasi shunga asoslanadiki, narx osonlik bilan ko‘tariladi, lekin juda qiyinchilik bilan, sekin pasayadi. Shu sababli yalpi talabning oshishi narx darajasini ko‘taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narxning pasayishini kutish mumkin emas (15.10-rasm).
P


P2


P1

0



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling