Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet265/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Asosiy tayanch tushunchalar
Yalpi talab – barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin bo‘lgan milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi.
Yalpi taklif – mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilgan va sotishga tayyor bo‘lgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmi.
Xrapovik samarasi – yalpi talab oshganda narxning o‘rtacha darajasi ko‘tarilishi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narx pasayish tamoyiliga ega bo‘lmasligini ifodalovchi ko‘rsatkich.


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Yalpi talab va yalpi taklifni tahlil qilish nima uchun zarur?

  2. Yalpi talab nima? Nima uchun yalpi talab egri chizig‘i o‘zgaradi?

  3. Yalpi talabga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

  4. Yalpi talab egri chizig‘ining pasayuvchan shaklda bo‘lishiga foiz stavkasi, boylik va import tovarlar xaridi samaralarining ta’sirini tushuntirib bering.

  5. Yalpi taklif nima? Yalpi taklif egri chizig‘idan uchta kesmani tasvirlang va ular nimani ko‘rsatishini tushuntiring?

  6. Yalpi taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

  7. Hozirgi sharoitda O‘zbekistonda yalpi taklifning o‘zgarishiga ko‘proq qaysi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda?

  8. O‘zbekistonda yalpi taklif hajmini oshirishda davlat tomonidan qanday choralar ko‘rilmoqda?

  9. Huquqiy me’yorlarning o‘zgarishi yalpi taklif hajmiga ta’sir ko‘rsatishi borasida Respublikamiz tajribasidan misollar keltiring.

  10. Nima sababdan xrapovik samarasi ro‘y beradi? Bu samaraning real hayotda amal qilishiga misollar keltiring.

  11. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining ahamiyati nimada? Bunday muvozanatga erishish yo‘llarini izohlab bering.


  1. Download 1.87 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling