Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet267/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

ma’noda iste’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari, asosiy va aylanma vositalardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda kishilarning iste’mol buyumlaridan va xizmatlardan bevosita o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalanishi tushuniladi.
Shaxsiy iste’mol o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: moddiy hamda nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’molidan iborat bo‘ladi.
Moddiy iste’mol ehtiyojlarni qondirishda moddiy ko‘rinishdagi ne’matlardan foydalanish. Bularga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, turli xil buyumlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalardan foydalanishni misol keltirish mumkin.
Nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’moli ehtiyojlarni qondirishda nomoddiy ko‘rinishdagi ne’mat va xizmatlarning nafli xususiyatlaridan foydalanish. Bularga bilim olish, musiqa tinglash, sog‘liqni tiklash, advokat xizmatidan foydalanish va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Yakka tartibdagi yoki jamoa bo‘lib iste’mol qilish ham farqlanadi. Alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo‘lib iste’mol qilishga kiradi. Masalan, ovqatlanish, kiyinish, badiiy asarlar o‘qish yakka tartibdagi iste’molni, jamoat transportidan foydalanish, o‘yingohlarda sport o‘yinlarini tomosha qilish, sihat maskanlarida sog‘liqni tiklash jamoa bo‘lib iste’mol qilishni anglatadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling