Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet361/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Xalqaro kredit ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyon etuvchi shakli. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
So‘nggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda.
Lizing bu kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. Lizing bo‘yicha bitimlar 1 yildan to 10 yilga qadar tuzilishi mumkin. Odatda ishlab chiqarish vositalarini ularning egalari bevosita emas, balki maxsus lizing kompaniyalari orqali ijaraga beradilar.
Faktoring boshqa iqtisodiy subyektlarning qarzdorlik bo‘yicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari. Bunda bank korxonalarning «debitorlik hisob varaqalari»ni o‘zi uchun foydali shartlar asosida naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni qarzdordan undirib oladi.
Forfeyting – faktoring munosabatlarining uzoq muddatli shakli. Bunda qarzdorlik bo‘yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o‘tgandan so‘ng undirishi mumkin bo‘ladi.
Trast – bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo‘yicha operatsiyalar majmui.
Kredit berish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • ssuda berishning maqsadli tavsifi;

  • kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilishi;

  • ssudaning moddiy ta’minlanganligi va to‘lovliligi.

Qarzga berilgan ssudaning albatta qaytarilib berilishi, undan foydalanilganlik uchun olingan foydadan ssuda foizini to‘lash zarurati korxonalarni xo‘jalik yuritishning eng samarali usullarini izlab topishga undaydi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling