Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet360/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Bank krediti pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan qarz oluvchilar (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori)ga pul ssudalari shaklida beriluvchi kredit. Bank krediti yo‘nalishi, muddati va kredit bitimlari summasi bo‘yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda keng, tovar muomalasidan tortib kapital jamg‘arilishigacha xizmat qiladi.
Xo‘jaliklararo kredit – bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriluvchi kredit. U korxonalarning kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.
Tijorat krediti – korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bir-biriga beradigan krediti. Tijorat krediti, avvalo, to‘lovni kechiktirish yo‘li bilan tovar shaklida beriladi.
Iste’mol krediti – xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddat foydalanadigan iste’mol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun ma’lum muddatga beriladigan kredit. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib to‘lash bilan sotish shaklida yoki iste’mol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Iste’mol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
Ipoteka krediti – ko‘chmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriluvchi kredit. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
Davlat krediti – davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo‘lib chiqadigan kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli. Davlat krediti mablag‘lari manbai bo‘lib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat budjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling