Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet395/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

daromad darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan qo‘llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko‘ra mamlakatlarning uchta guruhini farqlaydi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromadlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan:

  • daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat);

  • daromadlarning o‘rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta mamlakat);

  • daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat).

Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo‘jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo‘lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo‘yicha ham o‘z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, o‘rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag‘al mamlakatlar (Chad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal guruhlarga ajratiladi. Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo‘jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi hamda fan-texnika inqilobining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o‘z-o‘zini ta’minlash orqali samarali amal qilishi mumkin emas.
Jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi shunday davrlarga to‘g‘ri keladiki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakllanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo‘jalik aloqalarining
baynalminallashuvini ko‘p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o‘sib chiqadi va obyektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo‘yadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling