Respublikasi oliy va o‘rta


So‘nggi qo‘shilgan mahsulot – eng so‘nggi qo‘shilgan omil (kapital yoki


Download 1.87 Mb.
bet41/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

So‘nggi qo‘shilgan mahsulot – eng so‘nggi qo‘shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o‘sgan mahsulot hajmi.
«A» korxonada keyingi oyda boshqa ishlab chiqarish omillari sarfi o‘zgarmagani holda, ishchi kuchi resurslarining soni 2 birlikka oshirilgan, ya’ni 12 birlikni tashkil etib, buning natijasida umumiy mahsulot 110 birlikka etgan bo‘lsin. U holda, ishchi kuchi omilining so‘nggi qo‘shilgan mahsuloti 5 birlik (10/2)ni tashkil etadi.
Har bir qo‘shilgan omil evaziga olingan qo‘shilgan mahsulot so‘nggi qo‘shilgan omil unumdorligi deb aytiladi. So‘nggi qo‘shilgan mahsulot (o‘sgan) miqdorini so‘nggi qo‘shilgan (o‘sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan qo‘shilgan omil, ya’ni qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi, ya’ni:

КМ  М
К yoki
КМ  М
L.



Bu tushunchalarni yana bir shartli misol aniqroq ifodalash mumkin (2.5- jadval).
2.5-jadval
Qo‘shilgan mahsulot va qo‘shilgan omillar unumdorligi






1-yil


2-yil


So‘nggi qo‘shilgan miqdor

Qo‘shilgan omillar unumdorligi
M/O

Jalb qilingan kapital, ming so‘m

120

150

30

1

Ishchi kuchi (ishchilar soni, nafar)

100

120

20

1,5

Olingan umumiy mahsulot, dona

100

130

30

-

O‘rtacha mahsulot:

100

130

30

-

a) ming so‘m kapitalga, dona

0,83

0,87

0,04

-

b) 1 ishchiga, dona

1

1,08

0,08

-

Yuqorida aytilganidek, alohida olingan omil evaziga qo‘shilgan mahsulot ma’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Bu kamayish ayniqsa uning har bir birligi evaziga qo‘shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana shu qo‘shilgan omil unumdorligining pasayishiga qarab marjinalistik yo‘nalish vakillari unumdorlikning pasayib borishi qonuni degan qonunni kashf qilishgan. Ularning g‘oyasi bo‘yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki omil oldingisiga qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o‘rtacha mahsulot ham pasayib ketadi.


Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, keyingi jalb qilingan omil yoki xarajat unumdorligining pasayib borishi qonuni har doim ham amal qilavermaydi. Balki u quyidagicha to‘rt holat mavjud bo‘lgan sharoitdagina amal qilishi mumkin:

  1. ishlab chiqarishning boshqa omillari o‘zgarmay faqat bir omil to‘xtovsiz oshirilganda;

  2. fan-texnika taraqqiy etmay to‘xtab qolganda yoki uning yangiliklari ishlab chiqarishga jalb qilinmaganda;

  3. omillar o‘rtasidagi miqdor va sifat nisbatlari buzilganda;

  1. shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo‘jasizlarcha, ko‘r-ko‘rona amalga oshirilganda.

Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qilmaydi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling