Respublikasi oliy va o‘rta


Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini


Download 1.87 Mb.
bet65/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir1.
Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko‘zda tutadi. U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 2)




1O‘zbеkiston Rеspublikasining qonuni. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida // O‘zbеkiston Rеspublikasi: qonunlar va farmonlar. – T.: O‘zbеkiston, 1992, 65-b.
davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish (3.3-rasm).
Davlat mulkini xususiylashtirish usullari

Mulkni bеpul bo‘lib bеrish orqali xususiylashtirish
Mulkni sotish orqali xususiylashtirish

Mеhnat jamoalariga bеpul topshirish Mеhnat jamoalariga sotish



Barcha jamiyat a'zolariga bеpul bo‘lib bеrish
Barcha jamiyat a'zolariga sotish


Aholining ayrim ijtimoiy qatlamlariga bеpul bеrish
Kim oshdi savdosida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga sotish


Har bir jamiyat a'zosining davlat mulkini hosil qilishdagi ishtiroki, ya'ni qo‘shgan hissasiga qarab bo‘lib bеrish
Korxonalarni kеyinchalik mеhnat jamoalari tomonidan sotib olinishi sharti bilan ijaraga bеrish


Foyda kеltirmayotgan korxonani mеhnat jamoasiga bo‘lib bеrish


Chеt el firmalari va fuqarolariga tashqi qarzni uzish evaziga bеrish yoki sotish

Mulkni bеpul bo‘lib bеrish hamda sotish usullarini uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling