Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet251/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar

Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o‘sishini ta’minlashda eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur.


Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmidir. Shuningdek, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin. Yalpi talab barcha
iste’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo‘lgan talablari yig‘indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo‘ladi: shaxsiy iste’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli iste’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – er, kapital va ishchi kuchi.
Iste’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, turli ko‘rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan talabi ham turli- tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg‘i, xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va h.k.). Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo‘ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liq bo‘ladi. Uni quyidagi rasm orqali osonroq tushunish mumkin (15.1-rasm).






Qiymati (miqdor*narxi)



15.1-rasm. Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda
narxiga bog‘liqligi1
Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan belgilash bizningcha, unga bir tomonlama yondashuv bo‘ladi. Masalan, investitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi o‘zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, belgilangan pul miqdori o‘zgarmagan holda ikki barobar kam investitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo‘ladi xolos. Bunda baho qancha oshsa sotib olinadigan investitsion tovarlar miqdori ham ana
1 Manba: Muallif tomonidan tuzilgan.
shuncha kam bo‘ladi. Bunday holat investitsion yoki iste’mol tovarlarni shuncha ko‘paytirdik degan yolg‘on tasavvurga olib keladi. Shuning uchun masalaga ikki tomonlama: ham qiymat, ham naflilik jihatdan yondashish zarur bo‘ladii.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o‘zgarib turadi.
Turli o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyotning alohida sohalari sarflarining yig‘indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni:
Yd C I G NX ,
bu yerda:
Yd – yalpi talab;
C – uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari;
I – xususiy sektorning investitsiya sarflari; G – davlat xaridi;
NX – sof eksport.1
Professor V.Kamaev esa yalpi talabni real yalpi milliy mahsulot tarkibiy qismlariga bo‘lgan umumiy pul miqdori sifatida namoyon bo‘lishini hamda uni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko‘rinishda ifodalanishini ta’kidlaydi:
AD M V / P ,
bu yerda:
AD – yalpi talab; M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi; P – narx darajasi1.




1 Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005. – с.412.
Bundan ko‘rinadiki, V.Kamaevning fikricha yalpi talab pulning miqdori va narx darajasiga bevosita bog‘liqdir. Bu o‘rinda u sotib olinadigan tovarlar turi, miqdori va sifatini e’tibordan chetda qoldiradi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo‘lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) ishlab chiqarilgan tovarlar real hajmining shuncha katta hajmini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, boshqa sharoitlar o‘zgarmas deb faraz qilgan taqdirda ham birgina narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo‘lgan yalpi talab hajmining keskin kamayishiga, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir qismi sotilmay qolishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yalpi talabning oshishiga, ya’ni tovarlarning etishmasligiga olib keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib keladi.
Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi bu teskari bog‘liqlikni quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin (15.2-rasm).
Narx R
darajasi
0 Y Ishlab chiqarish real hajmi



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling