Respublikasi oliy va o‘rta


Download 1.87 Mb.
bet252/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

15.2-rasm. Yalpi talab egri chizig‘i2




1 Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В.Д.Камаева. – 10-е изд., перераб. и доп. - М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, с.291.
2 Manba: Muallif tomonidan tuzilgan.
Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi talab egri chizig‘i yakka talab egri chizig‘iga o‘xshaydi, biroq o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka talab egri chizig‘i turli narx ko‘rsatkichlarida alohida iste’molchining muayyan tovarga bo‘lgan talabi miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig‘i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning real hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
Agar yakka talab egri chizig‘ining pasayuvchanligi daromad va almashuv samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, yalpi talab egri chizig‘ining pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lishi narxlar umumiy darajasining o‘zgarishi natijasida ro‘y beruvchi foiz stavkasi va import tovarlar xaridi ta’siri orqali izohlanadi.
Foiz stavkasi. Buning mohiyati shundan iboratki, narx darajasining o‘sishi bilan pulga bo‘lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul miqdorining o‘zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi. O‘z navbatida foiz stavkasining o‘sishi iste’mol va investitsiya sarflari hajmini pasaytiradi. Chunki foiz stavkalarining oshib ketishi aholi tomonidan uy va uy jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli iste’mol tovarlarini sotib olish uchun kredit olishni samarasiz qilib qo‘yadi. Shuningdek, tadbirkorlar ham foizning yuqori darajasida o‘zlarining nisbatan past daromad keltiruvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan voz kechadilar.
Narx o‘zgarishi bilan foiz stavkalarining hamda yalpi talab umumiy miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni rasm orqali osonroq tushunish mumkin (15.3-rasm).
Bu yerda biz narx oshgan holatda pulga bo‘lgan talabning, foiz stavkasining oshishini va nihoyat, yalpi talab miqdorining kamayishini ifoda etdik. Narx pasaysa, shu holatning teskarisi, ya’ni pulga bo‘lgan talab hamda foiz stavkasining pasayishi va oqibatda yalpi talab miqdorining oshishi ro‘y beradi.

Istе'mol buyumlariga talabning pasayishi



Ishlab chiqarish omillariga talabning pasayishi

Yalpi talabning kamayishi
15.3-rasm. Narx darajasi oshishining foiz stavkasi va yalpi talabga ta’siri1

Narx darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, aksiya va obligatsiyalar) real qiymatining pasayishi ro‘y beradi. Buning natijasida aholi daromadlari ham pasayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar miqdori kamayadi.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling