Respublikasi oliy va o‘rta
Download 1.87 Mb.
|
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumjamiyat ehtiyojlari – bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun umumiy bo‘lgan ehtiyoj.
- Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va yetkazib berishga nisbatan miqdoran o‘sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning
- Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan
Hududiy ehtiyoj – bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Inson muayyan hududda istiqomat qilganligi sababli, uning ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, har bir mahalla o‘zining guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bolalar bog‘chasi, dam olish joylari, istirohat bog‘lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj sezadi.
Umumjamiyat ehtiyojlari – bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun umumiy bo‘lgan ehtiyoj. Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun umumiy bo‘lgan ne’matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan, mamlakat chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt farovonligi, ekologik toza muhit, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, huquq-tartibot ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va boshqalar. Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi: jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi; jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum; v) tabiiy-geografik sharoitlar; g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar; aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar; xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar. Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va o‘sib borishi tabiiy bo‘lib, uni o‘ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va yetkazib berishga nisbatan miqdoran o‘sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning ustuvor darajada o‘sib borish qonuni deyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, unga xizmat ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi. Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi. Iqtisodiy resurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon va biologik resurslar); ishchi kuchi resurslari (kishilarning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari majmui); kapital (yollanma mehnat tomonidan harakatga keltirilib foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, hom-ashyo va materiallar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag‘lari va boshqalar); tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari). Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul zaxiralari ham kiradi. Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo‘li bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin (1.2-rasm): Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling