Respublikasi oliy va o‘rta


Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning


Download 1.87 Mb.
bet5/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va subyektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa resurslar turli tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko‘rinishi bo‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Bizning misolimizdagi non mahsulotini ishlab chiqarish uchun ham ushbu faoliyat sohasiga kerakli resurslar – traktorlar, omochlar, seyalkalar, kombaynlar, yuk mashinalari, tegirmonlar va tandirlar; ularni ishga soluvchi traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoylar – barchasi taqsimot jarayonidan o‘tadi. Ular aynan mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv tufayli turli-tuman faoliyat va jarayonlar bo‘yicha o‘z o‘rnilarini topadilar. Shuningdek, tayyor bo‘lgan non mahsulotini sotishdan olingan daromad ham turli kasb egalari – traktorchi, haydovchi, dehqon, ishchi va nonvoy o‘rtasida, mulk egalari o‘rtasida taqsimlanadi. Ular mahsulotdagi o‘z ulushlarini ish haqi yoki foyda, foiz, renta ko‘rinishida oladilar.
Taqsimot qancha adolatli va to‘g‘ri bo‘lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga shuncha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uni rag‘batlantiradi.
Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha ma’lum bir o‘lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o‘zaro almashish jarayoni. Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sotib, o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Jumladan, bizning misolimizdagi nonvoy ham o‘z mahsuloti – nonni sotib, tushgan puliga qassobdan
– go‘sht, dehqondan – sabzavotlar, do‘kondordan – kiyim-kechak va boshqa zarur tovarlarni sotib oladi.
Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo‘ladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling