Respublikasi oliy va o‘rta


Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining


Download 1.87 Mb.
bet4/450
Sana25.10.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1721562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   450
Bog'liq
П IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik PdfToWord

Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, mintaqa va hudud iqtisodiyoti, korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir maqsadga bo‘ysungan: u ham bo‘lsa insoniyatning yashashi, ko‘payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning o‘zi ham insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va mazmunga ham ega emas.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning doimo xarakatda bo‘lib, takror-takror ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi, ularning bu


1 Зубко Н.М. Экономическая теория. - Минск: НТЦ АПИ, 1998. Стр. 61.
to‘htovsiz harakati takror ishlab chiqarish deyiladi. Takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:

  1. ishlab chiqarish jarayoni;

  2. taqsimlash jarayoni;

  3. ayirboshlash jarayoni;

  4. iste’mol qilish jarayoni.

Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni. Barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab chiqarishning eng asosiy va boshlang‘ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi.
Misol uchun, odamlarning non mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun eng kamida quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirish lozim: ekin maydonlarini haydash va ularga ishlov berish; yerga urug‘ qadash va unib chiqib, to hosil etishguncha parvarishlash; g‘allani o‘rish va don omborlariga joylash; donni tegirmondan chiqarib, un mahsuloti olish; undan non zavodlari yoki nonvoyxonalarda non tayyorlash. O‘z o‘rnida, har bir jarayon uchun kerakli bo‘lgan mehnat vositalarini ham ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, ekin maydonini haydash uchun traktorlar, omochlar; urug‘ qadash uchun seyalkalar; g‘allani o‘rish uchun kombaynlar; omborga tashish uchun yuk mashinalari; donni yanchish uchun tegirmonlar; non yopish uchun non zavodlari, tandirlar va hokazo. Agar bu vositalarning birortasi bo‘lmasa, yo ishlab chiqarish jarayoni to‘xtaydi yoki samaradorligi pasayib ketadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   450




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling