Rеspublikasi oliy va
Download 0.5 Mb.
|
malakaviy amaliyot hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- KOMPYUTER INJINIRINGI FAKUL’TETI
- REJASI
- AMALIYOT TURLARI, O’TKAZISH MAQSAD VA VAZIFALARI
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETIFARG’ONA FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKUL’TETI611-19 GURUH TALABASI QOSIMOVA YULDUZXONNING BITIRUV OLDI AMALIYOT HISOBOTI
Farg’ona – 2023 MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOT REJASI:Amaliyot turlari, o’tkazish maqsad va vazifalari. Amaliyot o’tash joyi haqida umumiy ma’lumotlar. Malakaviy amaliyot davrida bajarilgan ishlar. Malakaviy amaliyot o’tash mobaynida texnika xavsizligi qoidalari. Xulosa AMALIYOT TURLARI, O’TKAZISH MAQSAD VA VAZIFALARITalabalar amaliyoti bakalavriat yo’nalishlari va magistratura ixtisosliklari fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo’lgan, o’qish jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o’tkaziladigan davomidir. Malakaviy amaliyotlar bakalavriat yo’nalishlari va magistratura ixtisosliklari davlat ta’lim standartlarida (DTS) ko’zda tutilgan turli shakllarda tashkil qilinadi. Filial ta’lim yo’nalishlarining ixtisoslik xususiyatlari va kadrlar tayyorlashga buyurtmachilar talablari hisobga olingan holda filial Ilmiy Kengashining qarori bilan boshqa turdagi amaliyotlarni belgilash huquqiga ega. Yuqorida qayd etilganidek, “Kompyuter injiniringi” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga muvofiq, amaliyot mashg’uloti 3 turga bo’lingan bo’lib, har bir amaliyot mashg’ulotini o’tkazish muddati o’quv rejasida ko’rsatilgan. Ular quyidagicha tashkillanadi: Malakaviy o’quv amaliyot I,II,III kurs o’qish davomida o’tkazish rejalashtirilgan bo’lib, talabalarni hisoblash markazlarini faoliyati bilan tanishish va joylardagi bajarilayotgan hisoblash ishlari hamda ularning ahamiyati to’g’risida tasavvurga ega bo’lishdir. Bu davrda maxsus fanlardan olingan barcha nazariy va amaliy bilim–ko’nikmalar asosida malakaviy amaliyotni o’taydilar. Amaliyotning asosiy maqsadi, korxona va tashkilotlarda faoliyat ko’rsatayotgan tarmoqlarining tarkibi va ularning dasturiy tahminotini o’rganish, korxonalarda Kompyuter tarmoqlari va ular dasturiy tahminotidan foydalanish qanday yo’lga qo’yilganligi, korxona faoliyatida axborotni qayta ishlashni osonlashtirish yo’llarini izlash va buning uchun qanday dasturlar yaratish mumkinligi hamda ularni tuzishda yordam ko’rsatish, o’rganishdir. Ishlab chiqarish malakaviy amaliyot III kurs tugagandan keyin rejalashtirilgan. Unda talabalarni faoliyati “EHM operatori”, “Tizim administratori”, “Korxona dasturchi–muhandisi” lavozim-larida bajariladigan ishlar bilan tanishish hamda shu lavozimlarda ishlash, nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko’rishga yo’naltirilgan bo’ladi. IV kursda rejalashtirilgan bitiruv oldi amaliyotidan asosiy ko’zlangan maqsad, talabalarning olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishda yanada mustahkamlash, tashkilotlardagi ish yuritish.yu uslubiy, ishlab chiqarish jarayonlarini qay darajada avtomatlashganini va undan foydalanish samaradorligini oshirishdagi mutaxassislarning ilmiy izlanish yo’nalishidagi ishlari bilan tanishishdir. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishlarini shu korxona muammolari asosida tayyorlashlari va bevosita soha korxonasida tadbiqdan o’tkazish belgilangan. Amaliyotni o’tish davrida maxsus fanlardan olingan barcha nazariy va amaliy bilim va ko’nikmalari asosida bitiruv oldi amaliyotiga yuborish tashkil etiladi. Amaliyotning asosiy maqsadi talabalar korxona va tashkilotlarda faoliyat ko’rsatayotgan tarmoqlarning tarkibini o’rganish va bitiruv malakaviy ishini himoyasiga tayyorgarlik ko’rish uchun xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun mahlumot yig’ishda korxona va tashkilotlardagi Kompyuter tarmoqlarini ishlatishni yo’lga qo’yilishi va ularning dasturiy tahminotini asosiy baza bo’lib xizmat qiladi. Bitiruv oldi amaliyoti talabanimutaxassis sifatida shakllanishida muhim omil bo’lib, bu davrda talaba nafaqat, ishlab chiqarish jarayoni, undagi masalalar bilan tanishadi yoki Kompyuterni aniq masalalarni yechishga tadbiq etishni o’rganadi, balki amaliyot davrida yuborilgan tashkilotdagi ishni tashkil etilishi, mehnat muhofazasi, atrof–muhit muhofazasi, hodimlarning ruhiyati, o’z kasbiga bo’lgan qiziqishi, joylardagi ilmiy–tadqiqot, yangilik yaratish va tajriba o’tkazishga mavjud shart–sharoitlar bilan tanishadilar. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling