Rеspublikasi O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim
Download 58.19 Kb.
|
Rеspublikasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- KONCHILIK QISMI O`zbekiston hududida fosforit xom ashyosini qazib olish
FOSFORLI O`G’ITLAR - tarkibida fosfor bo`lgan mineral va organik moddalar; o`simliklarning fosfor b-n oziklanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. O`simliklar o`zlashtirgan fosforning tuprokdagi jamg’armasini to`ldirishning birdanbir manbaidir. Fosforli o`g’itlar tarkibida fosfor bo`lgan rudalar - apatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari - tomasshlak va marten fosfatshlak hamda organik moddalar, mas, suyak uni, tung va boshqalar fosforli o`g’itlar sifatida ishlatiladi. Qishloq xo`jaligiga etkazib beriladigan Fosforli o`g’itlar tarkibidagi fosfor ortofosfat kislota (N3RO4)ning ortofosfat tuzlari shaklida bo`ladi.
Ayrim Fosforli o`g’itlar esa polifosfat (superfosfat) kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida olinadigan murakkab o`g’itlardir. Fosforli o`g’itlar sanoat yo`li b-n olingan birinchi mineral o`g’itlardan hisoblanadi (1842 y.da Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan). Eruvchanlik darajasiga qarab Fosforli o`g’itlar ni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qo`shaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) Fosforli o`g’itlar Bu o`g’itlarda fosfor bir asosli kal’tsiy fosfat Sa(N2RO4)2N2O holida bo`ladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kal’tsiy gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va b. termik fosfatlar) Fosforli o`g’itlar; bu o`g’itlarda fosfor 2 asosli kal’tsiy fosfat - SaNRO4N,O yoki tetrakal’tsiy fosfat - Sa4R2O5 holida bo`ladi. KONCHILIK QISMI O`zbekiston hududida fosforit xom ashyosini qazib olish O`zkimyosanoatning tarkibiga Qizilqum fosforit kompleksi kiritildi. YAngi ishlab chiqarish tashkilitida – «Qizilqum fosforit kompleksi» mas`uliyati cheklangan jamiyati (MCHJ) 100% aktsiyalariga «Uzkimesanoat» AJ egalik qiladigan buldi. Zamonaviy kon qazib olish korxonasining tugallangan ishchi tsikl – ekspluatatsion razvetkadan tortib fosforit xom ashyosini qazib olishgacha bo`lgan ishlarni o`z ichiga oluvchi birinchi liniyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan 1998 yilda Qizilqum regionida ishga tushirildi, kompleksda bugungi kunda 800 kishi ishlaydi. O`zbekiston respublikasi rahbariyatining mustaqillikning keyingi 10 yilligida amalga oshirilgan ishlarida fosforit rudasini Qozog’istondan (Qoratau) olmasdan o`z hududidagi konlarni qazib olishga olib keldi. Bu ishlar o`z navbatida O`zbekiston kimyo sanoatiga katta yo`qotish bo`lib, ishlab chiqarilgan fosforli o`g’itlar sifatining sezilarli tushib ketishiga olib keldi. Fosforli o`g’itlar O`zbekistonda 3ta korxonada ishlab chiqariladi – Olmaliq «Ammofos – Maksam» AJ, «Qo`qon superfosfat zavodi» va «Samarkandkimyo» AJ. Bularning ichida katta ulushga ega bo`lgani (90%gacha) - Olmaliq «Ammofos – Maksam» AJ bo`lib, u 1969 yildan buyon fosforli o`g’itlar ishlab chiqaradi. Fosforli o`g’itlar ishlab chiqarish (100%li ozuqali moddalar hisobida) 2017 yilda 1991 yildagi bilan solishtirilganda 4,6 martaga – 551,1 ming t. dan 119 ming t. gacha tushib ketgan. Buning sabablaridan biri 2014 yilning fevralida Olmaliq «Ammofos – Maksam» AJ sodir bo`lgan yirik avariya – payvandlash chokidan sul’fat kislota sizib chiqishi natijasida 3000 tonnadan ziyod kimyoviy moddalar oqib ketganidir. O`zbekistonning bu xom ashyoning o`g’it ko`rinishidagi turiga bo`lgan yillik ehtiyoji 700 ming tonna atrofida. Hududda mavjud bo`lgan fosforli o`g’itlar uchun kerak bo`ladigan xom ashyoning yuqori tannarxi va yuqori sifatga ega emasligi ekspertlarning fikricha fosforli o`g’itlar ishlab chiqarishni markazlashtirishni qiyinlashtiradi. Buning o`zi O`zbekiston kimyoviy sanaot ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish quvvatini 2010, 2011 va 2012 yillarda 440 ming tonnagacha oshirilishiga turtki bo`ldi. 2014 yilda fosforit kombinatida ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qo`shimcha mablag’ga ehtiyoj tug’ildi. Investitsiya miqdori 60 mln. AQSH dollarini tashkil etdi, shuning 30 mln. AQSH dollari NKMKning o`z mablag’laridan qolgani davlat mablag’laridan kredit sifatda olindi. «INGINEERING DOBERSEK GmbH» kompaniyasi uskunalar etkazib beishni o`z zimmasiga oldi, etkazib berib uni ishga “fast track” (tayyor) ko`rinishda amalga oshirib berdi. Buning o`zi NKMK ga boyitilgan fosforit xom ashyosi ishlab chiqarish quvvatini 716 ming tonnagacha etkazish imkonini berdi. Download 58.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling