Rеspublikasi O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim


Download 58.19 Kb.
bet8/14
Sana25.10.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1721231
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Rеspublikasi-fayllar.org

Fosfatlar - fosfat kislota tuzlari va efirlari. Ortofosfat va polimer (yoki kondensatlangan) Fosfatlarga bo`linadi. Kondensatlangan Fosfatlar tetraedrik [RO4]3~ guruxlarning o`zaro birlashish usuliga ko`ra polifosfatlar, metafosfatlar va ul’trafosfatga bo`linadi.
Suvda eruvchan ortofosfatlar hosil qilish uchun metallarning gidroksid yoki karbonatlari eritmasiga tegishli miqtsorda N3RO4 qo`shiladi. Kal’tsiy va ammoniy ortofosfatlar fosforli o`g’itlar, emallar, bo`g’iq shishalar i.ch.da, farmatsevtika sanoatida, olovbardosh materiallar tayyorlashda qo`llanadi. Kal’tsiy va ammoniyning kristall holdagi, bir almashingan ortofosfatlari juda qimmatli segneto va p’ezoelektrik materiallardir.
Fosfatlar (F.), tabiiy fosfatlar - minerallar sinfi, tarkibi nihoyatda xilma-xil bo`lgan ortofosfat kislotasi tuzlari N3RO4. 230 ga yaqin mineraldan tarkib topgan; o`rtacha tuzlar (mas, ksenotim Y[PO4], monatsit) kam. Orolli va qatlamli strukturaga ega. Fosfatlar, asosan, ikki yoki undan ortiq kationlarning [Sa2+, G’e2+, G’e3+, Al3+, (UO2)2+, Cu2+Mn2+, Pb2+, Zn2+ va b.], qo`shimcha anionlarning (ON, S1~, G’~, O2, SO2) yoki molekulyar suvning murakkab birikmasidan iborat. Ba`zi F. monetit SaNRO4 tipidagi nordon tuzlardan tashkil topgan. F. yaxlit donador agregatlar, tuproqsimon massalar, oolitlar, konkretsiyalar, ba`zan qirralangan kristallar ko`rinishida uchraydi. Rangi turli xilda bo`ladi.
Qattikligi 2 dan 5-6 gacha, zichligi 1,7-7,1 g/sm3. F., asosan, tog’ jinslarida tarqalgan; eng ko`p tarqalgan va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan apatit guruhi (F.ning ham tarkibiy qismi bo`lgan) minerallari, vivianit (G’e2+, G’e3+) [RO4] 8N2O, monatsit, ksenotim, ambligonit LiAl[PO4] • (G’, ON), torbernit, otenit, feruza va b. F., asosan, Er po`stining yuqori qismi - dengiz va ko`l tublari, botqoqliklar, nurash po`sti, ko`pgina rudali konlarning oksidlanish zonasida hosil bo`ladi. F. magmatik kelib chiqishga ega (apatit, monatsit, ksenotim) hamda gidrotermal tomirlarda aktsessor mineral sifatida uchraydi. F.dan fosfat rudalari (apatit va fosforit) sifatida foydalaniladi. Ba`zi F.dan: vivianit - arzon ko`k bo`yoq va mahalliy fosfor o`g’iti, monatsit - toriy va noyob er elementlari, ambligonit - litiy rudasi, feruza - zargarlik toshi sifatida foydalaniladi.
.

Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling