Rеspublikasi O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim
Download 58.19 Kb.
|
Rеspublikasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY QISM Fosfor va unging xossalari
Dioritlar - o’ta yopishqoqlik va shamol uchirishiga qarshi chidamliligi bilan хususiyatlanadi. Ayrim turlari qurilishda ishlatiladi.
Bazalt – erishning yuksak haroratiga (1200-1300 °C) ega bo’lgan oqib chiqqan tog’ jinsidir. Ustunsimon va sharsimon bo’linishi tufayli yo’l to’siqlari va yassi (but) tosh sifatida, shuningdеk kislotaga chidamli, kimyo asbob-uskunalari, quvurlar, elеktrizolyatorlar, qoplama matеriallar va h.k.lar tayyorlash uchun quyma tosh sifatida ishlatiladi. Bazalt qora rangli, yashirin kristal tuzilmaga ega bo’lgan jins bo’lib, plagioklaz va avgitdan iborat. Bazaltlar 2700-3300 kg/m3 doiralaridagi asl zichlikka, o’ta qattiqlik va mustahkamlikka ega. Fosforit konlari qazib olish va ishlab chiqarishdagi ochish va qazib olish tizimlariASOSIY QISM Fosfor va unging xossalari 1669-yilda olmon kimyogari Xennig Brandt peshob tarkibini tahlil qilish uchun undagi suvni bug’latib yubordi va idishda qolgan cho`kindi quyqalarni sinchiklab tekshirib chiqdi. SHu asnoda Brandt davriy jadvaldagi biz bilgan 15-raqamli element - fosforni kashf qilgan edi. Bu - yumshoq mumsimon modda holida bo`lib, oddiy xona sharoitida ochiq havoda o`zidan o`zi yonardi va shu sababli, o`zidan muayyan yorug’lik chiqarardi. O`zi kashf qilgan moddaning yashil nur chiqarayotganligi sababli Brandt unga yunoncha fosfor, ya’ni, "nur taratuvchi" deb nom bergan. Brandt kashf etgan fosfor moddasi dastlabki paytlarda gugurt ishlab chiqarish uchun keng qo`llanila boshlagan. Sababi, uni olish va qayta ishlash texnologiyasi sodda bo`lib, mazkur tur fosforni "oq fosfor" deb atalgan. Biroq, oq fosfor juda zaharli modda bo`lib, gugurt ishlab chiqarish korxonalarida ishlagan ko`plab odamlarning hayotiga zomin bo`lgan. Odamlar ish jarayonida o`zlari bilmagan holda oq fosfor changi va bug’laridan nafas olishgan. Zaharli modda vaqt o`tishi bilan odam organizmida, asosan suyaklarda to`planib, bedavo kasalliklarga sabab bo`lgan. Haqiqatan ham, tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, atiga 0,1 gramm oq fosforning odam tanasiga tushishi natijasida o`limga olib kelishi mumkin. SHu sababli, oq fosforni har qanday maqsadlarda qo`llash o`sha zamonlardayoq ta’qiqlab qo`yilgan. Download 58.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling