Rеspublikasi O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim


Fosfornik allatropik shakllari. Oq, qizil, qora, yaltiroq


Download 58.19 Kb.
bet5/14
Sana25.10.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1721231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Rеspublikasi-fayllar.org

Fosfornik allatropik shakllari. Oq, qizil, qora, yaltiroq
Lekin, fosforning inson manfaati uchun foydalansa bo`ladigan boshqa allotropik shakllari ham mavjud. Agar oq fosforni bir necha soat mobaynida, kislorod ta’siridan holi ravishda qizdirilsa (ya’ni, uning yonishiga yo’l qo`ymay, shunchaki qizdirilsa) u qizil fosforga aylanadi. Oq fosforni qizil fosforga aylantirish usuli 1845 yilda kashf etilgan. Fosforning mazkur ikki xil ko`rinishi faqatgina rangiga ko`ra farqlanmaydi.
Ularni bir biridan ajratib turuvchi boshqa muhim fizik va kimyoviy sifatlari ham mavjud. Xususan, oq fosfor atiga 44 °C haroratda eriy boshlaydi. Qizil fosforning erishi uchun 600 °C harorat kerak bo`ladi. Qizil fosforning kimyoviy faolligi oq fosforga nisbatan pastroq. SHuningdek, qizil fosfor yog’dulanmaydi va juda yomon yonadi. eng asosiysi esa, qizil fosforning zaharlilik darajasi ancha past va shu sababli u bilan ishlash birmuncha xavfsiz.
Fosfor oksidning suv bilan birikishidan fosfor kislotasi hosil bo`ladi. Sanoat ishlab chiqarilishi hajmiga ko`ra fosfor kislotasi faqat oltingugurt kislotasidan keyingi o`rinda turadi. Fosfor kislotasining boshqa elementlar atomlari bilan birikishi natijasida hosil bo`ladigan moddalarni fosfatlar deyiladi.
Fosforni birinchi marta siydik tarkibidan olinganini yuqorida ham aytib o`tdik. Bu faktga asosan sizda, demak fosfor tirik organizmlar tanasida mavjud bo`lar ekanda! - degan fikr paydo bo`lgan bo`lsa kerak. Albatta. Fosfor - hayot uchun muhim elementlardan biridir. Odam organizmida fosfatlar ko`rinishida doimo fosfor elementi mavjud bo`ladi.
Odamning ham, shuningdek, fildan tortib sichqongacha bo`lgan boshqa hayvonlarning ham suyaklari asosan fosfatlardan tashkil topgan bo`ladi. Suyaklar tarkibidagi mazkur fosfatlar fizik xossalariga ko`ra oddiy toshlarga, yoki, gidroksiapatitlarga o`xshab ketadi. Albatta, bu gap suyaklarning qattiq, ya’ni, "minerallashgan" qismiga taaluqlidir. Suyaklarda shuningdek, fosfatlardan tashqari boshqa murakkab organik molekulalar mavjudki, ularni toshlarda ham, gidroksiapatitlarda ham uchratmaysiz. Mazkur murakkab organik molekulalar tufayli suyaklarimiz zich va pishiq, ayni damda, zarbalarga juda bardoshli bo`lib turadi. Suyaklarimizdagi o`sha organik molekulalar tufayli odam skleti, masalan oddiy toshni pachoqlab tashlashga qodir zo`riqishlarga ham bardosh bera oladi. Agar suyak faqat fosfatlardan iborat bo`lganida, sklet ancha mo`rt va egiluvchanligi ham kamroq bo`lgan bo`lur edi. YOsh kattalashgan sari, odam suyaklarida fosfatlar miqdori ko`payib, murakkab organik molekulalar esa kamayib boradi. Natijada suyaklar mo`rtlashib qoladi. SHu sababli ham katta yoshli keksalarning suyagi oson sinadigan bo`lib qoladi.
Suv ostidagi parchalanish jarayonida, o`simliklar tanasida mavjud bo`lgan fosfor tufayli fosfin (RN3) ham ajralib chiqadi. Fosfin juda qo`lansa hidli, rangsiz va zaharli gaz bo`lib, irigan baliq hidini eslatadi. Fosfin oddiy sharoitda ochiq havoda o`z-o`zidan yonadi. Botqoqlik va ko`lmaklar ko`p bo`lgan qalin chakalakzor-o`rmonlarda shom g’ira-shirasiga yaqin va tunda havoda fosfin yonishidan hosil bo`ladigan juda xira yog’duni kuzatish mumkin. o`rmonlarda yashovchi qadimgi odamlar bunday yorug’likni "sharpalar yog’dusi" deb ishonishgan. CHunki, qorong’u o`rmonda adashib qolgan odamlar, o`rmonning ichkarisidan ko`rinayotgan bunday yorug’likni mash’ala ko`tarib kelayotgan odam deb o`ylashgan va o`sha tomonga yura boshlashgan. Lekin bu xuddi sahrodagi sarob singari aldamchi narsa bo`lib chiqqan. Ko`pincha odamlar bunday sharpa yorug’likka aldanib battar adashib qolishgan va juda achinarli oqibatlarga giriftor bo`lishgan.

Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling