Rеspublikasi O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim


Download 58.19 Kb.
bet6/14
Sana25.10.2023
Hajmi58.19 Kb.
#1721231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Rеspublikasi-fayllar.org

Fosforitlar. Fosfat xom ashyosi.
Fosforitlar - fosfatlar (asosan, apatit)ga to`yingan cho`kindi tog’ jinslari. FOSFORIT tarkibida fosfat angidridi (R2O5)ning miqdori 18%dan kam bo`lmasligi kerak, ammo geologik qidiruv ishlari amaliyotida tarkibida 5-18% gacha R2O5 bo`lgan tog’ jinslari xam FOSFORITga kiritiladi. Sof fosforitning rangi asosan oq bo`lib, juda kam uchraydi.
Fosforit tarkibidagi rangli moddalarga ko`ra qora, kulrang, jigarrang, ba`zan ko`k, yashil, qizil, sariq, och kulrang bo`ladi. Fosforit tarkibida deyarli har doim organik moddalar, Sa, Mg, Fe karbonatlari, gil minerallari, pirit, temir gidrooksid, kvarts, xal’tsedon bo`ladi. Fosforitda uran, lantanoidlarning tseriy guruhiga mansub elementlari hamda ko`proq Y, Pb, Sr, oz mikdorda V, Sc, Zr, Se, Be aralashmalari to`planishi mumkin. Fosforit strukturasiga qarab yaxlit, donador, jelvaksimon (konkretsion), shag’alsimon, konglomeratli turlarga bo`linadi. YAxl it va donador fosforit ko`p tarqalgan. YAxlit (geosinklinal’) Fosforit zich bir xil jinedan iborat bo`lib, tarkibidagi juda kichik dumaloq fosfat donalari va oolitlar fosfat, karbonat yoki silikat angidrid (SiO2) birikmalari yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlamlari qalin (10 m dan ortiq), yuqori sifatli (28-36% R2O,), keng maydonda tarqalgan. Bunday fosforit konlari Xubsugul (Mongoliya), Kun’yana (Xitoy), Jorjina (Avstraliya) kembriy yotqiziqlarida mavjud. Donador (platforma) fosforit - karbonat yoki terrigen cho`kindi tog’ jinslari, tarkibidagi fosfat donalari hamda dengiz organizmlari qoldiqlari karbonat, silikat angidrid yoki gil yordamida jipelashgan.
Fosfat xom ashyosi (rudalari) - tarkibidagi fosfor, sanoatda foydalanish uchun texnik tomondan kulay va sanoatning turli sohalari uchun fosfor tarkibli mahsulotlarni (mineral o`g’itlar, fosfatlar, fosfor tuzlari) olish nuli b-n ularni qayta ishlash, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo`lgan birikma va kontsentratsiyalarda bo`lgan tabiiy mineral hosilalar. Fosfat xom ashyosining asosiy komponenti - fosfor, R2O5ning tarkibi Fosfat xom ashyosida 2-6% dan 25-34% gacha o`zgarib turadi hamda texnologik xususiyatlar, qazib olishning geologik sharoitlari va b. omillarga bog’liq bo`ladi. Fosfat xom ashyosi tabiiy hosilalarning asosiy 2 guruhidan - fosforitlar va apatitlar, ba`zan alyumo va temir fosfatlardan tashkil topgan bo`ladi. Fosfat xom ashyosining asosiy komponenti - apatit guruhining fosfat minerallari, ularning ichidan ko`proq tarqalganlari - ftoroapatit, ftorokarbonatapatit va ularning modifikatsiyasi - frankolit va kurskit. Fosfat xom ashyosi konlari kelib chiqishiga qarab endogen va ekzogen konlarga bo`linadi.



Download 58.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling