Respublikasini rivojlantirishning


Download 206.11 Kb.
bet9/10
Sana04.05.2023
Hajmi206.11 Kb.
#1425040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
chigit ekish seyalkasi oxirgisi

Soshnik ko’kragining o’tkirlanish burchagi shunday tanlanadiki, bunda tuproq juda oz deformatsiyalansin, soshnikning oldida to’planmasdan, to’zimasdan va atrofga sochilmasdan vertikal ponaning yon qirralari bo’ylab ravon sirpansin. Soshnikning normal ishlashi uchun unga tuproq yopishmasligi lozim.
𝛾 < 900 − 𝜑

Ponaning o’tkirlik burchagi (2) ifoda buyicha hisoblansa, u katta qiymatga ega bo’lib, ish vaqtida pona sirtiga tuproq yopishib konussimon ‘yadrolar’ hosil bo’ladi. Bu holda soshnik ko’kragining po’lat sirti emas, balki unga yopishgan


tuproq bilan tuproq ishqalanishi va (2) shart buziladi, tuproqning yon tomonlarga deformatsiyalanishi hamda soshnikning tortishga qarshiligi oshadi.
Zichlagich egatcha tubini zichlaganda tuproq, harakat yo’nalishi bo’ylab siljitmasligi va tuproq to’planib qolmasligi lozim. Bu shartlarni bajarish uchun zichlagich old qirrasining tuproqda botish burchagini to’gri hisoblash kerak.
Zichlagichning old qirrasi bilan gorizontal orasidagi burchak siqish burchagi 𝛼3 deb ataladi. Bu burchakning qiymati tuproqning yopishmaslik shartidan aniqlanadi:
1
𝛼3 450 2 (𝜑𝑇 𝜑)
Mavjud zichlagichlarning siqish burchagi α3 = 31°, ya‘ni hisoblangandan bir oz katta.
Soshnik jag’ining kesigi. Bu kesikning asosiy vazifasi egatcha devorlarining quyi qatlamlarini ustki qatlamlardan ko’ra ertaroq ochib, chigitning dastlab nam tuproq bilan ko’milishini ta‘minlashdan iborat. Tajribalarning ko’rsatishicha, jag’lari kesilgan soshnik ekkan chigitlarning ustiga bevosita tukilgan tuproqning namligi kesilmagan soshnik ishlatilgandagiga qaraganda 2... 4% ortiq bo’ladi. Kesikning shakli to’g’ri burchakli yoki qiya bo’lishi mumkin. Odatda, kesikning balandligi chigit seyalkalarida 50 mm atrofida bo’ladi. To’g’ri burchakli kesikning uzunligi 40 ... 50 mm atrofida, qiya kesikning uzunligi esa (1.16- rasm) quyidagi formuladan hisoblab topiladi:
𝑙𝑘 = ℎ𝑘𝑐𝑡𝑔𝛼𝑘 (3)

bunda αk – kesish burchagi (u mavjud soshniklarda 45° ga teng).



Download 206.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling