Respublikasini rivojlantirishning
- rasm. Polozli soshnik ishlaganda hosil bo’ladigan egatchaning o’rtacha profili
Download 206.11 Kb.
|
chigit ekish seyalkasi oxirgisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2- rasm. Chigit seyalkasining soshnikli seksiyasi
2.1- rasm. Polozli soshnik ishlaganda hosil bo’ladigan egatchaning o’rtacha profili:1- soshnik o‘tmasdan oldin; 2 -soshnik o‘tayotgan paytda; 3 - soshnik o‘tgandan keyin 2.2- rasm. Chigit seyalkasining soshnikli seksiyasiSoshnikning ikki yonida tuproqning deformatsiyalanib bo’rtishi natijasida poloz bir oz (t — 8 mm) ko’tariladi. Chigitlarning zarur chuqurlikka ko’milishi uchun egatchaning tubidan polozgacha masofa (hc + t) bulishi lozim (bu yerda hc- agrotexnikaviy topshiriqda ko’rsatilgan ekish chuqurligi). Chigit seyalkalarining polozsimon soshnigi 65- rasmda ko’rsatilgan. Soshnikning o’ng 9 va chap 14 jag’lari harakat tomoniga qaratib 45° qiyalikda bir- biriga payvandlangan. Jag’lar o’zaro payvandlanib, soshnikning old ko’kragi va pichog’i 16hosil qilinadi. Soshnikning old ko’kragi vertikal ikki yokli pona shaklida bo’ladi. Ko’krakningpastki qismida soshnikka ponasimon zichlagich parchinlangan. Bu zichlagich 15 cho’yandan shakldor qilib qo’yilgan. Soshnik ishlaganda zichlagich eyiladi va tuproqni zichlash darajasi kamayadi. Shuning uchun ortiqcha eyilgan zichlagich vaqt-vaqti bilan almashtiriladi. Pichoq tig’ining eng pastki qirrasi zichlagich bilan bir sathda joylashgan. Pichoqning ostki qismi zichlagichning ostida uchraydigan kesaklarni qirkib, uning tuproqqa botishini va chigitiing donador tuproqda ko’milishini ta‘minlaydi. Soshnikning chap jag’i 14 da to’g’ri burchak ostida qirqilgan joy bor. Bu erga uya hosil qiluvchi apparatning korpusi joylashtiriladi. O’ng jag’9 dagi oval shaklli teshik apparatni bolt bilan qotirish uchun xizmat qiladi. Ekish chuqurligini cheklovchi poloz 18 da ikkita stoyka 19 bor. Stoykalarning cho’zinchoq teshigi atrofida riflar (taram-taram tishlar) qilingan. Ekish chuqurligini rostlash uchun stoykalar 19 ning cho’zinchok teshiklaridan va stoyka 7 ning yumaloq teshigidan o’tkazilgan bolt bo’shatiladi, poloz soshnikning jag’lariga nisbatan yuqori yoki pastga siljitiladi va zarur
parchinlangan. Bu to’siq tuproq va kesaklarni uya hosilqiluvchi apparatning korpusidan chetlatadi. Soshnik seyalkaning ramasiga parallelogramm shaklidagi osma yordamida osiladi. Bu osma soshnikning stoykasi 7, yuqorigi 3 va pastki 21 buylama tortqilar, shuningdek, qo’yma cho’yan kronshteyn 1 dan iborat. Bu kronshteyn ikkita xomut 2 yordamida ramaning oldingi ko’ndalang brusi 22 ga bikr qilib mahkamlanzdi. Parallelogramm shaklidagi osma dalaning past- balandliklariga moslanib harakatlanishda soshnikning o’z-o’ziga doim parallel ko’tarilishini ta‘minlaydi va shu tufayli polozsimon soshnikning tuproqqa botish burchagi hamda chigitlarni ko’mish chuqurligi o’zgarmaydi. Og’ir yoki engil tuproqli erlarda soshnikning tuproqqa oson botishi past- balandliklarga moslanib harakatlanishda ekish chuqurligining sayozlanmasligi, shuningdek, tuproqda uchraydigan kesaklarni kesish va katta tezliklarda tuproqqarshiligining oshishi natijasida soshnikning ko’tarilmasligi uchun osma vazminlovchi prujina 20 bilan jihozlangan. Bu prujinaning pastki uchi qo’yma kronshteyn 1 ga, boshqa uchi esa taranglovchi bolt 5 yordamida stoyka 7 ga mahkamlangan. Stoyka 7 ga payvandlangan tirak planka 6 soshnikii transport vaziyatida saqlaydi. Kesak sidirgich (1.14- rasm, b) soshnikka cheklovchi poloz o’rniga o’rnatiladi. Kesak sidirgich kichik ag’dargich shaklida yasalgan o’ng va chap qanotlardan iborat bo’lib, tayanch polozga payvandlangan. O’ng va chap qanotlar harakat yo’nalishiga nisbatan burchak hosil qilib o’rnatilgan. Qiyalik burchagi kesaklarning to’planmaslik, chetga ravon siljish, soshnikning tortishga qarshiligi minimal bo’lish shartidan aniqlanadi. Paxtachilnk bo’yicha davlat maxsus konstruktorlik byurosida chigit seyalkalarining mavjud soshniklari takomillashtirilgan Bu formulaga binoan vertical kuch 𝑁′ n𝑣ing paydo bo’lishi uchunburchak [𝛼 −(900 + 𝜑)] ning qiymati musbat bo’lishi kerak. Binobarin, tuproq zarralarining pichoqning tig’I bo’ylab sirpanish sharti quyidagicha bo’ladi: 𝛼 ≥ 900 + 𝜑 (148) Po’latning tuproqqa ishqalanish burchagi 31... 38°, G. N. Sinekov ma‘lumotlariga ko’ra, po’latning o’simlikka ishqalanish burchagi 450.Ekishga tayyorlangap toza dalalar uchun α> 121 ... 128°, begona o’t bosgan dalalar uchun esa α> 135°. Akad. G. M. Rudakov tajribalarining ko’rsatishicha, soshnik pichog’ining tuproqlardan o’z -o’zidan yaxshi tozalanishn uchun α> 121°, begona o’tlar va o’simlik qoldiqlaridan tozalanishi uchun esa α>150° bo’lishi lozim. Chigit seyalkalaridagi polozsimon soshniklarning pichog’iqalinligi 6 mm li plastinadan iborat. Pichoqning tig’i charxlangan. Pichoq ko’kragining tuproqda botish burchagi pastki nuqtada α=1700 asosidan 5 sm yuqorida esa α=1400 ya‘ni shart bajarilgan. Download 206.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling