Respublikasini rivojlantirishning


Mavjud chigit ekish seyalkalari turlari, kamchiligi va afzalliklari


Download 206.11 Kb.
bet3/10
Sana04.05.2023
Hajmi206.11 Kb.
#1425040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
chigit ekish seyalkasi oxirgisi

Mavjud chigit ekish seyalkalari turlari, kamchiligi va afzalliklari


Har qanday ekish va o’tqazish mashinalari vazifasiga, ekish usuliga va traktorga agregatlanishiga qarab tavsiflanadi.
Seyalkalar universal va maxsus turlarga bshlinadi. Universal seyalkalar turli xil qishloq xo’jalik ekinlari urug’ini ekishga mo’ljallangan. Ular boshoqli, dukkakli, texnik va boshqa ekinlar urug’ini ekishi mumkin.
Maxsus seyalkalar urug’lari bir-biriga o’xshash bir yoki birnecha ekinlar urug’ini ekishga mo’ljallangan bo’ladi.
Seyalkalar vazifasiga qarab: don, makkajo’xori, lavlagi, paxta, sabzavot va boshqa turlarga tavsiflanadi. Ular ekish bilan bir paytning o’zida o’g’it solib ketishi ham mumkin.
Ekish usuliga qarab: boshoqli ekin urug’larini ekishga mo’ljallangan qatorlab, kisqa qatorlab, uyalab, punktirlab ekadigan va h.k. seyalkalarga bo’linadi.
Agregatlanishiga qarab: osma, tirkalma va yarim osma turlarga bo’linadi.

Ishchi qismlarining joylashtirilishiga qarab:


  • monoblokli;

  • modulli;

  • seksiyali turlarga bo’linadi.

Monoblokli seyalka yaxlit ramaga, uning barcha ishchi qismlari o’rnatiladi. Yagona bunker 1 dagi urug’ yoki o’g’itlarni bir nechta miqdorlagich 2 lar ajratib
olib, urug’ o’tkazgich 3 orqali ekkich 4 larga etkazib beradi.
Modulli seyalkalarning yagona katta hajmli bunkeri 1 maxsus telejkada joylashadi. Bunkerda ish unumi yuqori bo’lgan , aniq ishlaydigan yagona marqaziy miqdorlagich 2 bunkerdan ajratilgan urug’larni havo oqimi yordamida markaziy quvur 5 orqali taqsimlagich 6 ga etkazib beradi. Taqsimlagich 6 dan har bir qatorga ekish uchun urug’lar ekkichlarga urug’ o’tkazgich 3 lar orqali uzatiladi. Ekkich 4 lar boshqa ramaga ma‘lum tartibda o’rnatilib, ekish blogi tuziladi.
Seksiyali seyalkada esa umumiy rama 7 ga o’rnatiladigan ekish seksiyalaridan tashkil topgan. Har bir seksiyada alohida bunker 1, miqdorlagich 2 ekkich 4 bo’ladi. Seksiyalarni ramada siljitib, qatorlar orasidagi masofani o’zgartirish mumkin. Har bir seksiyadagi miqdorlagichni ishlatish uchun tayanch g’ildiraklari harakat uzatish mexanizmlariga ega bo’lishi kerak. Seksiyali seyalkalar urug’larni donalab, keng qatorlab ekishi mumkin.



Download 206.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling