Respublikasining qadimiy shaharlaridan biri, Buxoro viloyatining
Download 155.14 Kb.
|
Buxoro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tohiriylar hukmronligi davrida
- Tashqi devorning barpo etilishi
Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni
Asosiy maqola: Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni 806—810-yillarda butun Movarounnahr isyonkor amir Rofe ibn Lays qoʻliga oʻtdi. Uni Xuroson noibi Ali ibn Isoning ogʻir soliq zulmidan va poraxoʻrligidan gʻazablangan sugʻdiylar faol qoʻllab-quvvatlashdi. 809-yilda xalifa Horun ar-Rashid qoʻzgʻolonchilarga qarshi katta qoʻshin yubordi va Buxoro qamal qilindi. Buxorodagi qoʻzgʻolonga va shaharning mudofasiga Rofe ibn Laysning ukasi Bashir ibn Lays boshchilik qildi. Nihoyat, shahar zabt etildi, Bashir asir olinib, xalifaning buyrugʻiga koʻra qatl qilindi. Tohiriylar hukmronligi davrida Asosiy maqola: Tohiriylar davlati Tarixdan maʼlumki, mahalliy, forslar vakillaridan biri — Tohir ibn Husayn Xuroson noibi etib tayinlangan va Xuroson hamda Movarounnahrni egallagan Tohiriylar sulolasining (821—873) asoschisi boʻlib qolgan. Soʻnggi Tohiriylardan biri Husayn ibn Tohir 874-yili Xorazmdan chiqib, Buxoro vohasi tomon yoʻl oladi va besh kunlik qamaldan keyin Buxoroni qoʻlga kiritadi. Uning qoʻshinlari tomonidan qilingan beboshlik sababli, shaharning kattagina qismi yonib ketadi, buxoroliklar qoʻzgʻolon koʻtarib, Husaynni qochishga majbur qiladilar. Undan keyin Buxoroni keyinchalik mashhur boʻlgan Somoniy amir Ismoil ibn Ahmad boshqara boshladi. Shundan nafaqat shahar, balki butun Markaziy Osiyo tarixida yangi davr boshlandi. Tashqi devorning barpo etilishi IX asr oʻrtalarida, aniqrogʻi, Tohiriylar sulolasi Xurosonda noiblik qilgan yillarda Buxoro shahri tevaragida tashqi devor barpo etildi. Uning hududiga esa Qalʼa, Shahriston, Mox bozori, Namozgoh va uning shimol tarafida joylashgan qabriston, Koʻshki Mugʻon, Buxorxudotlar avlodlari va shaharliklarning oʻzlari yashab turgan manzillarga tutash chekka yerlar kirgan edi. Aytib oʻtilgan tashqi devor sarhadida shaharning umumiy maydoni 700 gektardan ortiqroq boʻlgan. Shahar imoratlari egallagan maydonlar Somoniylar hukmronligi davrida eng katta koʻrsatkichga erishgan, XIII asr boshlarida esa keskin ravishda qisqarib ketgan, xullas, oʻsha kezlarda imoratsozlik va bunyodkorlik ravnaq topgan edi. Har holda bu davrga kelib Qalʼa — Koʻhandiz (Eski qalʼa), Shahriston — Shahri darun (Ichkari shahar) yo Madina (arabchadan shahar), ana shu shahar unsurlari hududidan tashqi devorlari ichkarisida boʻlgan qismlar Shahri berun (Tashqari shahar) yoki Rabot deb atala boshlagan edi. Shahar tashqi devorida esa 11 ta darvoza oʻrnatilgan edi. Download 155.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling