Results of National Scientific Research Volume 1


JISMONIY TARBIYA FANINING TARIXIY


Download 305.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana02.04.2023
Hajmi305.32 Kb.
#1319487
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
411-419

 
JISMONIY TARBIYA FANINING TARIXIY 
XUSUSIYATLARI. 
Termiz davlat universiteti 
Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti 
Sport boshqaruvi kafedrasi, katta o‘qituvchisi 
Haqqulov Akbar Abdiravupovich
 


Results of National Scientific Research 
 
Volume 1| Issue 7 
2022 SJIF- 4.431 
 
ISSN: 2181-3639 
https://academicsresearch.ru/index.php/rnsrij/index
412 
Jismoniy madaniyat – tarixiy davrlar osha insoniyat jismoniy kamoloti yo‘lida 
maxsus yaratilgan va qo‘llanilib kelayotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar 
yig‘indisi hisoblanadi. Moddiy qadriyatlar asosida tarixiy kelib chiqishiga ko‘ra turli 
mashg‘ulot qurilmalari va maydonlar, maxsus jihozlar va moslamalar, mablag‘ bilan 
ta’minlanishi, jamiyat a’zolarining jismoniy rivojlanish darajasi; ma’naviy 
qadriyatlar esa ijtimoiy jamiyat a’zolari tomonidan jismoniy tarbiya va sport 
sohasida qo‘lga kiritgan, shu bilan birga rivojlanish tendensiyasiga ega ilmiy va 
amaliy yutuqlar yig‘indisidan iborat ekanligini anglamoq lozim.
Jismoniy madaniyat sohasining mutaxasislarini nazariy va amaliy bilimlarini 
shakillantirish davommida, umumkasbiy o‘qitiladigan fanlar mazmunida jismoniy 
tarbiya termini bilan birga jismoniy tayyorlanganlik termini ham ishlatiladi. Har 
qanday tarixiy davrlarda jismoniy tarbiyaning mehnatga yoki boshqa faoliyat turiga 
aloqadorlikda jismoniy tayyorlanganlik mohiyatini ifodalovchi amaliy yo‘nalishi 
ko‘rsatiladigan taqdirda mazkur termin ishlatiladi. Demak, jismoniy 
tayyorlanganlik termini mohiyatida jismoniy tayyorgarlik orqali insoniyat muayyan 
faoliyat turlari talablariga muvofiq tarixiy davrlarga xos harakat malakalarining 
shakllanishi va muayyan ishchanlikka erishish singari omillar yotadi..
Jismoniy rivojlanish – turmush sharoitining, xususan, tarbiyaning ta’sirida 
kishi organizmi biologik shakl va vazifalarining (funksiyalari) vujudga kelishi
o‘zgarish jarayoni. Jismoniy rivojlanish tabiatning ob’ektiv qonunlariga: organizm 
va uning yashash sharoitlari birligi qonuniga, organizm vazifalari va struktura 
o‘zgarishlarining bir-birini taqozo etish qonuniga, organizmda asta-sekin miqdor va 
sifat o‘zgarishlari qonuniga va boshqa qonunlarga bo‘ysunadi. Tarixiy davrlar osha 
inson jismoniy rivojining ana shu va boshqa ob’ektiv tabiat qonunlari o‘zining 
namoyon bo‘lishida hamisha o‘zgaruvchan ijtimoiy shart-sharoitlarga bog‘liqdir. 
Ularning namoyon bo‘lishidagi harakat doirasi va shakllari kishilar moddiy 
hayotining muayyan tarixiy shart-sharoitlari, ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv 
qonunlari bilan belgilanadi.



Download 305.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling