Resurslarning cheklanganligi va


YaIMdan boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlar


Download 321.69 Kb.
bet29/33
Sana19.06.2023
Hajmi321.69 Kb.
#1625573
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Variant

YaIMdan boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlar. Tayanch iboralar: YaMD,SIM,SMD,YaMTD, ShD,ShTD.

Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroiqtisodiy koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymati (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan). Shuningdek, YIMA davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi.
Mamlakat iktisodiyoti rivojlanishini taxlil kilish, milliy iktisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniklash xamda uni yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chikarish uchun bir kator iktisodiy ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Aloxida firmalar faoliyatiga baxo berishda ko`llaniladigan ko`rsatkichlardan farkli tarzda bu ko`rsatkichlar milliy iktisodiyotning barcha sub`ektlari faoliyatiga umumiy baxo berish, makroiktisodiy taxlil o`tkazish, mamlakat iktisodiyotining jaxon xo`jaligida rakobatga bardoshliligi darajasini aniklash imkonini beradi. 
Bu ko`rsatkichlarga kuyidagilar kiradi:
· YAlpi ichki maxsulot (YAIM), Sof ichki maxsulot (SIM), YAlpi milliy daromad (YAMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (SHD), SHaxsiy tasarrufidagi daromad (SHTD), Iste`mol(S), Jamgarish (S) ko`rsatkichlarining xajmi va o`sish sur`atlari;
. iktisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
. mamlakat eksporti va importi xajmi, tarkibi, YAIMdagi ulushi va o`sish suratlari;
. resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko`rsatkichlar (Mexnat unumdorligi, Fond kaytimi);
· davlat byudjeti takchilligi, deflyator, iste`mol baxolari indeksi, inflyatsiyaning o`sish sur`atlari;
· ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, axolining ish bilan bandlik darajasi;
· axolining moddiy ne`matlar va xizmatlar iste`moli xajmi, ularning jamgarmalari, ish xakining kuyi mikdori va boshkalar.
Davlat byudjeti takchilligi va inflyatsiya surati kabi ko`rsatkichlar umumiy makroiktisodiy vaziyatga baxo berishda ko`llanilsa, YAIM, SIM, YAMD, SMD, SHD, SHTD, S, S ko`rsatkichlari milliy ishlab chikarishning parametrlarini va dinamikasini taxlil etishda foydalaniladi.
Bu ko`rsatkichlar iktisodiyotning barcha sub`ektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniklanib, ularni xisoblashning asosini Milliy xisobchilik tizimi(MXT) tashkil etadi. MXT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o`tagani xolda uning standartlaridan kelib chikkan xolda makroiktisodiy ko`rsatkichlarni xisoblash, mamlakatlararo takkoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iktisodiyotining xakikiy xolatini o`rganish, unga tizimli baxo berish uchun yukorida sanab o`tilgan barcha ko`rsakichlardan foydalanish zarur, aks xolda bir tomonlama yondoshuvga yo`l ko`yilishi mumkin.





  1. Download 321.69 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling