Resurslarning cheklanganligi va


Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko’rinishlari va xususiyatlari


Download 321.69 Kb.
bet30/33
Sana19.06.2023
Hajmi321.69 Kb.
#1625573
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Variant

Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko’rinishlari va xususiyatlari. Tayanch iboralar: Jahon iqtisodiyoti, jahon xo’jaligi, jahon bozori, eksport, import, xalqaro iqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, globallashuv.

Jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma’nolarda ta’rif berish mumkin2. Keng ma’noda jahon iqtisodiyoti - bu milliy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatidagi tizim xisoblansa, tor ma’noda - bu milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir. Jahon iqtisodiyotiga berilgan tor ma’nodagi ta’rif iqtisodiy nazariyadagi sotiladigan maxsulotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Amaliyotda keng ma’nodagi ta’rif ko’proq qo’llanilganligi bois ham keyingi matnlarda ushbu tushunchadan foydalanamiz. SHu bilan birga sotiladigan maxsulotlar va omillarga asoslangan xo’jalik aloqalari yuzlab milliy xo’jaliklarni "jahon iqtisodiyoti" deb, ataladigan bir tizimga birlashtirilishini e’tiborga olish lozim. SHuning sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar o’zaro bog’liqdir .
“Jahon iqtisodiyoti” tushunchasidan xalqaro iqtisodiyot tushunchasini farqlash lozim. Xalqaro iqtisodiyot deganda jahon iqtisodiyoti emas, balki xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi tushuniladi.
Jahon iqtisodiyotining sub’ektlari. Jahon xo’jaligi tizimini sodda holda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari sub’ektlaridan iborat mexanizm ko’rinishida ifodalash mumkin. Ushbu sub’ektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, shuningdek, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar xisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub’ekti sanaladi. Milliy iqtisodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosimning kuchayishiga qaramasdan mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqaridan emas, balki milliy xukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. SHuning uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalariga tayanish lozim. SHunga qaramasdan milliy iqtisodiyotlarning jahon iqtisodiyotidagi ahamiyati pasayib bormoqda. Ba’zi integratsion birlashmalarda iqtisodiy suverenitet qarorlar qabul qilishning umumiy mexanizmi bilan uyg’unlashib ketayotir. Milliy iqtisodiyot doirasida (ayniqsa, kichik mamlakatlarda) iqtisodiy qarorlar qabul qilishda xukumat o’z kompaniya va fuqarolari talablaridan emas, balki (aksariyat hollarda) xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va xorijiy TMKlar talablaridan, manfaatlaridan kelib chiqishmoqda.

Download 321.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling