Resurslarning cheklanganligi va
Hududiy innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish yo‘llarini izohlang
Download 321.69 Kb.
|
Variant
Hududiy innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish yo‘llarini izohlang. Tayanch iboralar: Innovatsion vositachilar, axborot-konsultativ xizmatlar, tashkiliy qo‘llab-quvvatlash tuzilmasi, moliyaviy tuzilma, marketing xizmatlari, ta’lim xizmatlari va boshqalar.
Innovatsion xizmatlar bozori deganda innovatsion xarakterga ega bo‘lganxizmatlarni yaratuvchilar bilan shunday xizmatlardan foydalanuvchilar (iste’molchilar) o‘rtasidagi innovatsion xizmatlarni sotish va xarid qilish, yetkazib berishga qartilgan iqtisodiy munosabatlar majmuasini tushunish mumkin. Innovatsion xizmatlar bozori o‘ziga xos makroiqtisodiy funksiyalarni ham bajaradi. Bu mahsulot ishlab chiqarishga moddiy va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish orqali iqtisodiy o‘sishning noinflyasion rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi. Mamlakat hududlarini rivojlantirishning eng asosiy vazifalaridan biri yarim hududlarni turli omillar ta’sirida rivojlanishida boshqalarga nisbatan jiddiy ortda qolishi, ya’ni hududlar o‘rtasida rivojlanish bo‘yicha differensiyaning kuchayib borishini bartarf etish yoki oldini olishdan iborat. Mazkur vazifani amalga oshirishda innovatsion xizmatlar bozorining salohiyatini ham jalb etish mumkin. Bu obyektiv sabablarga ko‘ra (resurslar kamligi, geografik joylashuvning noqulayligi va h.k.) rivojlanishda ortda qolayotgan hududlarda turli mexanizmlar orqali innovatsion xizmatlar bozorini ustuvor rivojlantirish orqali mazkur hududning raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shu tariqa hududlarda innovatsion xizmatlar bozorini rivojantirish ularning raqobatbardoshligini hamda barqaror rivojlanib borishini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri bo‘libgina qolmay, mamlakat hududlarining mutanosib rivojlanishini ta’minlaydi. Mazkur baza innovatsion xizmatlar bozori barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur rag‘batlantiruvchi omillarni qo‘llab-quvvatlash hamda bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilishi lozim. O‘z navbatida hudularda innovatsion xizmatlar bozori bir qator asosiy shartlar va tamoyillarga javob berishi zarur, xususan: texnik-texnologik, tashkiliy-iqtisodiy darajaga muvofiq bo‘lish, iqtisodiy ishlab chiqarish kuchlari darajasiga mutanosibligini ta’minlaydi; universallik (iqtisodiyotning barcha tarkibiy qismlari va darajalari uchun xos bo‘lgan umumiy tamoyillarga asoslanishi) bilan hududiy o‘ziga xoslikning (hududiy ixtisoslashuvni hisobga olish, bevosita hududning o‘zida, uning strategik manfaatlari hisobga olgan holda shakllantirilishi) uyg‘unligini ta’minlashidan iborat. Innovatsion xizmatlar bozorining asosiy subyektlari innovatsion mahsulot va xizmatlar yaratuvchilar (odatda, ilmiy-tadqiqot muassasalari, o‘quv yurtlari, innovatsiyamarkazlari, konstruktorlik byurolari, tajriba korxonalari va boshqalar) va innovatsion mahsulot va xizmatlardan foydalanuvchilar hisoblanadi. Innovatsion mahsulot va xizmatlarni yaratuvchilar va innovatsion mahsulot va xizmatlardan foydalanuvchilardan tashqari, innovatsion xizmatlar bozorining yana bir ishtirokchisi sifatida innovatsion mahsulot va xizmatlarni yaratuvchilar va undan foydalanuvchilarning o‘zaro aloqasini ta’minlashga xizmat qiluvchi vositachi korxonalarni ko‘rsatish mumkin. Bunday korxonalarga innovatsiya markazlari, patent-litsenziya korxonalari, axborot-konsultativ xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, marketing agentliklari kabilarni kiritish mumkin. Garchi mazkur korxonalarning asosiy vazifasi ushbu aloqani ta’minlashdan iborat bo‘lsada, ayrim hollarda ular innovatsiyalar bozorida talab mavjud bo‘lgan innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishni moddiy yokiboshqa reurslarni jalb etgan holda raqobatlantirish yo‘li bilan ularga egalik qilish va kelgusida ularni sotish vazifalari bilan ham shug‘illanishlari mumkin. Bunday korxonalar odatda innovatsion bozor keng rivojlangan, innovatsion ishlanmalar ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlarda faoliyat yuritadi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan hududiy innovatsion xizmatlar bozori subyektlari tarkibiga kiritilishi mumkin subyektlarning tizimlashtirilgan holati keltirilgan
Download 321.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling