Rеtsеpturаdа kimyoviy mоddаlаr vа birikmаlаrning nоmlаri reja
Download 17.27 Kb.
|
Oksidlar.kislotalar.tuzlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kimyoviy moddalar
- Lotincha nomi Kimyoviy belgisi O’zbekcha nomi
- 2. Oksidlarnomi
- 3. Kislota nomi
- 4. Tuzlarnomi
RЕTSЕPTURАDА KIMYOVIY MОDDАLАR VА BIRIKMАLАRNING NОMLАRI REJA: Dоsis, eczema shаklidаgi yunоn tibbiy аtаmаlаrining turlаnish bеlgilаri; Kimyoviy elеmеnt vа mоddаlаrning lоtinchа nоmlаr tаrtibini. Farmatsevtik atamalarning asosiy qismini kimyoviy moddalar va birikmalar tashkil qiladi. 1. Kimyoviy moddalar Hamma kimyoviy moddalarning nomi ikkinchi guruhda turlanuvchi sredniy rodga oid bo’lib -um qo'shimchasiga ega bo’ladi. Masalan:
Qoidadan tashqari holat. Quyidagi so’zlar Ikkinchi guruhda turlanuvchi sredniy rodga taalluqli bo’lmaydi: Phosphorus, i, m - fosfor-Ikkinchi guruhda turlanuvchi mujskoy rodga tegishli; Sulfur, uris, n - oltingugurt, Carbo, onis, n - uglerod, ko’mir Uchinchi guruhda turlanuvchi sredniy rodga tegishli. 2. Oksidlarnomi Hamma oksidlar ikkita otdan tashkil topadi. Birinchisi —modda nomi Gen. Sing. da, ikkinchisi oksidlarning guruh nomi Nom. Sing. da bo’ladi. Masalan: Calcii oxydum — kalsiy oksidi Hydrogenii peroxydum — vodorod perokcidi oxydum — oksid peroxydum — peroksid hydroxydum — gidroksid Chala oksidlar ikkita otdan tarkib topib, birinchisi — modda nomi Nom. Sing. da, ikkinchisi — chala oksid guruhining nomi oxydulatus, a, um sifati ham Nom. Sing. da bo’ladi: Nitrogenium oxydulatum — azotning chala oksidi. 3. Kislota nomi Kislotalar nomi acidum (kislota) ot va moslashgan sifatdan hosil qilinadi: Acidum lacticum—sut kislota Acidum boricum—borat kislota Kislotalar retseptda quyidagicha yoziladi, ya’ni kislota nomidagi ikkala so’z ham qaratqich kelishigiga o’tadi: Acidi lactici—sut kislotasining Acidi borici—borat kislotasining Kislotalar nomi lotin tilida yozilganda tarkibidagi kislorod miqdoriga qarab farqlanadi. Ayrim hollarda moddalar ikkita kislota hosil qilishi mumkin. Bu vaqtda tarkibida kislorod miqdori ko'p bo’lgan kislotalarni -icum qo'shimchali sifat yordamida hosil qilinadi: Acidum sulfuricum — oltingugurt kislotasi Acidum nitricum — azot kislotasi Acidum phosphoricum — fosfor kislotasi Tarkibida kislorod miqdori kam bo'lgan kislotalar -osum qo'shimchali sifat yordamida hosil qilinadi: Acidurn sulfurosum — oltingugurt kislota Acidum phosphorosum — fosfor kislota. Tarkibida kislorod moddasi bo’lmagan kislotalar hydro- old qo'shimchasini qo'shish bilan hosil qilinadi: Acidum hydrochloridum — vodorod xlorid kislota Acidum hydrobromidum — vodorod bromid kislota Acidum hydroiodidum — vodorod yodid kislota 4. Tuzlarnomi: Tuzlar nomi kation va anion nomidan iborat bo’ladi. Kation nomi — ot Gen. Sing. shaklida birinchi o’ringa, anion nomi ham ot bilan ifodalanib Nom. Sing. shaklida ikkinchi o'ringa qo'yiladi. Tarkibidagi kislorod miqdoriga qarab anion nomi farqlanadi. Tarkibida kislorod ko’p bo’lgan kislotali tuzlarni ifodalovchi anionlar-as (-atis), tarkibida kislorod kam bo’lgan kislotali tuzlarni ifodalovchi anionlar –is (-itis) va tarkibida kislorod yoq bo’lgan kislotali tuzlarni ifodalovchi anionlar –idum (-idi) qoshimchalari yordamida hosil qilinadi:
Tayanch iboraiar va yangi so'zlar lug'ati. Quyidagi kislotalar nomlarini yodlang. Acidum aceticum -sirka kislota Acidum acetylsalicylicum -atsetilsalitsilat kislota Acidum arsenicosum -margumushli kislota Acidum arsenicum -margumush kislota Acidum ascorbinicum -askorbinat kislota Acidum benzoicum -benzoy kislota Acidum boricum -borat kislota Acidum carbolicum -karbolat kisloia Aciduni carconicum -ko'mir kislota Acidum citricum -limon kislota Acidum dehydrocholium -degidroxolat kisota Acidum ferro-ascorbinicum -temir askorbinat kislota Acidum folicurn -folat kislota Acidum glutaminum -glutamin kislota Acidum hydrobromicum -vodorod bromid kislota Acidum hydrochloridum -vodorod xlorid kisiota Acidum hydroiodicum -vodorod yodid kislota Acidum lacticum -sut kislota Acidum nicotinicum -nikotin kislota Acidum nitricum -azot kis ota Acidum nitrosum -azotli kislota Acidum salicylicum -salitsilat kislota Acidum sulfuricum -oltingugurt kislota Acidum suifurosum -oltingugurtli kislota Acidum tartaricum -uzum kislota Download 17.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling