Rеtsеpturаdа kimyoviy mоddаlаr vа birikmаlаrning nоmlаri reja


Download 17.27 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi17.27 Kb.
#1470836
Bog'liq
Oksidlar.kislotalar.tuzlar


RЕTSЕPTURАDА KIMYOVIY MОDDАLАR VА BIRIKMАLАRNING NОMLАRI
REJA:



    1. Dоsis, eczema shаklidаgi yunоn tibbiy аtаmаlаrining turlаnish bеlgilаri;

    2. Kimyoviy elеmеnt vа mоddаlаrning lоtinchа nоmlаr tаrtibini.

Farmatsevtik atamalarning asosiy qismini kimyoviy moddalar va birikmalar tashkil qiladi.


1. Kimyoviy moddalar
Hamma kimyoviy moddalarning nomi ikkinchi guruhda turlanuvchi sredniy rodga oid bo’lib -um qo'shimchasiga ega bo’ladi. Masalan:

Lotincha nomi

Kimyoviy belgisi

O’zbekcha nomi

Aluminum

Al

Alyuminiy

Argentum

Ag

Kumush

Arsenicum

As

Margimush

Aurum

Au

Oltin

Barium

Ba

Bariy

Bismuthum

Bi

Vismut

Borum

B

Bor

Bromum

Br

Brom

Calcium

Ca

Kalsiy

Carboneum

C

Karbon

Chlorum

Cl

Xlor

Cuprum

Cu

Mis

Ferrum

Fe

Temir

Fluorum

F

Ftor

Hydrargyrum

Hg

Simob

Hydrogenium

H

Vodorod

Silicium

Sf

Kremniy

Iodum


I

Yod

Kalium

K

Kaiy

Lithium

L

Litiy

Magnium

Mg

Magniy

Manganum

Mn

Marganes

Natrium

Na

Natriy

Nitrogenium

N

Azot

Oxygenium

O

Kislorod

Plumbum

Pb

Qo'rg'oshin

Stibium

Sb

Surma

Thallium

Tl

Talliy

Zincum

Zn

Rux

Qoidadan tashqari holat. Quyidagi so’zlar Ikkinchi guruhda turlanuvchi sredniy rodga taalluqli bo’lmaydi:


Phosphorus, i, m - fosfor-Ikkinchi guruhda turlanuvchi mujskoy rodga tegishli;
Sulfur, uris, n - oltingugurt,
Carbo, onis, n - uglerod, ko’mir Uchinchi guruhda turlanuvchi sredniy rodga tegishli.
2. Oksidlarnomi
Hamma oksidlar ikkita otdan tashkil topadi. Birinchisi —modda nomi Gen. Sing. da, ikkinchisi oksidlarning guruh nomi Nom. Sing. da bo’ladi. Masalan:
Calcii oxydum — kalsiy oksidi
Hydrogenii peroxydum — vodorod perokcidi
oxydum — oksid
peroxydum — peroksid
hydroxydum — gidroksid
Chala oksidlar ikkita otdan tarkib topib, birinchisi — modda nomi Nom. Sing. da, ikkinchisi — chala oksid guruhining nomi oxydulatus, a, um sifati ham Nom. Sing. da bo’ladi:
Nitrogenium oxydulatum — azotning chala oksidi.
3. Kislota nomi
Kislotalar nomi acidum (kislota) ot va moslashgan sifatdan hosil qilinadi:
Acidum lacticum—sut kislota
Acidum boricum—borat kislota
Kislotalar retseptda quyidagicha yoziladi, ya’ni kislota nomidagi ikkala so’z ham qaratqich kelishigiga o’tadi:
Acidi lactici—sut kislotasining
Acidi borici—borat kislotasining
Kislotalar nomi lotin tilida yozilganda tarkibidagi kislorod miqdoriga qarab farqlanadi. Ayrim hollarda moddalar ikkita kislota hosil qilishi mumkin. Bu vaqtda tarkibida kislorod miqdori ko'p bo’lgan kislotalarni -icum qo'shimchali sifat yordamida hosil qilinadi:
Acidum sulfuricum — oltingugurt kislotasi
Acidum nitricum — azot kislotasi
Acidum phosphoricum — fosfor kislotasi
Tarkibida kislorod miqdori kam bo'lgan kislotalar -osum qo'shimchali sifat yordamida hosil qilinadi:
Acidurn sulfurosum — oltingugurt kislota
Acidum phosphorosum — fosfor kislota.
Tarkibida kislorod moddasi bo’lmagan kislotalar hydro- old qo'shimchasini qo'shish bilan hosil qilinadi:
Acidum hydrochloridum — vodorod xlorid kislota
Acidum hydrobromidum — vodorod bromid kislota
Acidum hydroiodidum — vodorod yodid kislota
4. Tuzlarnomi:
Tuzlar nomi kation va anion nomidan iborat bo’ladi. Kation nomi — ot Gen. Sing. shaklida birinchi o’ringa, anion nomi ham ot bilan ifodalanib Nom. Sing. shaklida ikkinchi o'ringa qo'yiladi. Tarkibidagi kislorod miqdoriga qarab anion nomi farqlanadi. Tarkibida kislorod ko’p bo’lgan kislotali tuzlarni ifodalovchi anionlar-as (-atis), tarkibida kislorod kam bo’lgan kislotali tuzlarni ifodalovchi anionlar –is (-itis) va tarkibida kislorod yoq bo’lgan kislotali tuzlarni ifodalovchi anionlar –idum (-idi) qoshimchalari yordamida hosil qilinadi:



Nom. Sing. da

Gen. Sing. da

Tarjimasi

Kalii sulfas

Kalii sulfatis

—kaliy sulfat

Kalii acetas

Kalii acetatis

— kaliy atsetat

Natrii sulfas

Natrii sulfatis

— natriy sulfat

Natrii sulfis

Natrii sulfitis

natriy sulfit

Natrii sulfidum

Natrii sulfidi

— natriy sulfid

Tayanch iboraiar va yangi so'zlar lug'ati.


Quyidagi kislotalar nomlarini yodlang.
Acidum aceticum -sirka kislota
Acidum acetylsalicylicum -atsetilsalitsilat kislota
Acidum arsenicosum -margumushli kislota
Acidum arsenicum -margumush kislota
Acidum ascorbinicum -askorbinat kislota
Acidum benzoicum -benzoy kislota
Acidum boricum -borat kislota
Acidum carbolicum -karbolat kisloia
Aciduni carconicum -ko'mir kislota
Acidum citricum -limon kislota
Acidum dehydrocholium -degidroxolat kisota
Acidum ferro-ascorbinicum -temir askorbinat kislota
Acidum folicurn -folat kislota
Acidum glutaminum -glutamin kislota
Acidum hydrobromicum -vodorod bromid kislota
Acidum hydrochloridum -vodorod xlorid kisiota
Acidum hydroiodicum -vodorod yodid kislota
Acidum lacticum -sut kislota
Acidum nicotinicum -nikotin kislota
Acidum nitricum -azot kis ota
Acidum nitrosum -azotli kislota
Acidum salicylicum -salitsilat kislota
Acidum sulfuricum -oltingugurt kislota
Acidum suifurosum -oltingugurtli kislota
Acidum tartaricum -uzum kislota
Download 17.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling