Revmatoid artrit etiologiyasi, klinikasi, tasnifi, tashxislash va davolash usullari


Download 87.75 Kb.
bet9/11
Sana16.06.2023
Hajmi87.75 Kb.
#1499489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
REVMATOID ARTRIT

GLYUKOKORTIKOSTEROIDLAR
Yuqori dozalarda GKS («puls-terapiya») va sekin ta’sir qiluvchi vositalar kombinatsiyasini ishlatish (ular GKS samaradorligini oshiradi) yangicha yondashuv sanaladi: metotreksatning aminoxinolinli unumlari, oltin tuzlari, sulfasalazin, shuningdek selektiv immunosupressant siklosporin bilan kombinatsiyasi.
Yallig’lanish jarayonining yuqori darajada faol bo’lganida GKS ishlatiladi, revmatoid artrit tizimli namoyon bo’lishi hollarida — puls terapiya (faqat GKS yoki sitostatik — siklofosfamid bilan birgalikda), tizimli namoyon bo’lishlarsiz hollarida esa — kursli davolash sifatida. GKS shuningdek boshqa dori vositalari samarasiz bo’lganida qo’llab-quvvatlovchi yallig’lanishga qarshi terapiya sifatida ishlatiladi.
Ba’zi hollarda GKS mahalliy terapiya sifatida ishlatiladi. Ularni qo’llash uchun ko’rsatmalar:

  • Yirik bo’g’imlarning asosan mono yoki oligoartriti;

  • Bo’g’imda cho’zilib ketgan ekssudativ jarayon;

  • «Mahalliy maqomning» tizimli maqomdan ustunligi;

  • GKS`ni tizimli ishlatilishiga qarshi ko’rsatmalar mavjudligi.

Kortikosteroidlarning depo-shaklli bo’g’im ichiga kiritilishida preparat tizimli ta’sir ham ko’rsatadi. Tanlov preparati betametazon dipropionat («diprospan») bo’lib, u uzoq muddatli ta’sirga ega.
BAZISLI ANTIREVMATIK PREPARATLAR
Bazisli preparatlar haligacha revmatoid artritni davolashda birlamchi rol o’ynaydi, lekin hozirda ularni belgilashga yangi yondashuv kuzatilmoqda. Taniqli bo’lgan revmatoid artrit terapiyasini bosqichma-bosqich oshirishdan («piramida tamoyili») farqli o’laroq, hozirda kasallik tashxislangan vaqtidan boshlaboq erta davrlarda bazisli preparatlar bilan agressiv davolash propaganda qilinmoqda, buning maqsadi revmatoid artrit kechishini o’zgartirish va sifatli remissiyani ta’minlashdir. Buning uchun asos bo’lib revmatoid artritning erta davrlarida pannus, deformatsiyalar, osteopeniya, autoimmun mexanizmlar tomonidan chaqirilgan jiddiy asoratlar yo’qligi, remissiya rivojlanishining yuqori ehtimolligi xizmat qiladi.
Revmatoid artritning bazisli terapiyasi uchun asosiy dori vositalar: metotreksat, leflunomid, sulfasalazin, oltin preparatlari, penitsillamin, aminoxinolinli preparatlar (masalan gidroksixloroxin). Zaxira vositalariga siklofosfamid, azatioprin, siklosporin kiradi.
1,5-3 oy mobaynida samarasiz bo’lgan bazisli preparatlar boshqasiga almashtirilishi yoki ularning kichik dozalardagi GKS bilan kombinatsiyasi ishlatilishi kerak, oxirgilari bazisli vositalarning ta’siri boshlanishiga qadar revmatoid artritning faolligini pasaytiradi. Kritik muhlat olti oy bo’lib, bu davrgacha samarali bazisli terapiya tanlanib bo’lishi kerak.
Kasallikni bazisli preparatlar bilan davolash jarayonida kasallikning faolligi, shuningdek, nojo’ya ta’sirlarning namoyon bo’lishi va rivojlanishi diqqat bilan kuzatib boriladi.

Download 87.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling