Rezavor mevali o’tlarni belgilang ituzum itqovun tok pomidor na’matak partenotsissus tuxumak gilos a 1,2,3 b 6,3 c 7,8,1 d 4,1 3
Download 459.09 Kb.
|
1.06.2022 biologiya 30 talik umumiy
1.Quyidagi ko’krak qafasining rasmidan faqat o’z tog’ayi bilan to’shga birikkan qovurg’alar tartib raqamlarini aniqlang? A)2,4,9 B)3,5,6 C)8,9,10 D)11,12 2. Rezavor mevali o’tlarni belgilang. 1) ituzum 2) itqovun 3) tok 4) pomidor 5) na’matak 6) partenotsissus 7) tuxumak 8) gilos A) 1,2,3 B) 6,3 C) 7,8,1 D) 4,1 3. Qaysi javobda sistematik birliklar ketma-ketligi to‘g‘ri ifodalangan? A) Olga sorbariyasi - ituzum turkumi - ituzumdoshlar oilasi - ikki urug‘pallalilar sinfi - magnoliyatoifalar bo‘limi B) kartoshka - kartoshka turkumi - ituzumdoshlar oilasi - magnoliyasimonlar sinfi – yopiq urug'lilar bo'limi C) Turkiston ismalog'i - sho‘ralar turkumi - sho'radoshlar oilasi - magnoliyasimonlar sinfi - yopiq urug'lilar bo‘limi D) Yerbag‘ir tugmachagul - tugmachagul turkumi - gulxayridoshlar oilasi - ikki urug‘pallalilar sinfi -magnoliyatoifalar bo‘limi 4. Kemiruvchilar turkumi uchun xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang. 1) qizilo‘ngachi kengayishidan jig'ildon hosil bo'ladi; 2) tanasini sovitishda ter bezlari ishtirok etadi 3) miya yarimsharlarida burmalar hosil bo'ladi; 4) miyachasida burmalar hosil bo‘ladi; 5) bel umurtqalari o‘zaro harakatchan birikkan 6) buyrakda hosil bo‘lgan siydik ichak orqali tashqi muhitga chiqariladi 7) diafragmasi pastga tushganda o‘pkasi kengayib nafas olish jarayoni yuz beradi A) 2, 3, 4, 5 В) 1, 2, 5, 7 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 4, 5, 6 5. To‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) bo‘g‘imoyoqlilar tipi qisqichbaqasimonlar, o‘rgimchaksimonlar va hasharotlar sinflariga bo'linadi; 2) bo‘g‘imoyoqlilar halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan; 3) hasharotlar va qisqichbaqasimonlarning tanasi bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat; 4) o‘rgimchaklarda mo'ylov bo'lmaydi; 5) qisqichbaqasimonlarda bir juft, hasharotlarda ikki juft mo‘ylovi bor; 6) o‘rgimchakda sakkizta, qandala va burgada uch juft oyog'i bor. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 3 6. Bitga xos bo'lmagan ma’lumotlar berilgan javobni belgilang. 1) bitlar turkumiga mansub; 2) to'g'riqanotlilar turkumiga mansub; 3) oyoqlari 5 bo‘g‘imli; 4) oyoqlari 6 ta, qorin bo'limida joylashgan; 5) halqum atrofi nerv halqasi murtak varaqasining ektoderma qavatidan rivojlangan; 6) tullash orqali o'sadi A) 1, 5 В) 1 ,6 С) 3, 6 D) 2, 4 7. Quyida berilganlarning qaysilarida bir oilaga mansub o‘simliklar juftlangan? 1) maymunjon va ra’no; 2) baliqko‘z va saksovul; 3) jag‘-jag‘ va oq saksovul; 4) xolmon va tirnoqgul; 5) boychechak va olg`i ; 6) tuxumak va yantoq; 7) soya va bug'doy; 8) qo‘ng‘irbosh va itqovun A) 2, 4, 7, 8 В) 1, 2, 5, 6 С) 1, 3, 4, 6 D) 2, 3, 5, 8 8. Qaysi javobda qarag'aytoifa, bo'limiga. mansub o'simliklar to‘g‘ri ko'rsatilgan? 1) gingko biloba; 2) qarag'ay; 3) sharq sauri; 4) kuksoniya; 5) lipa; 6) psilofit; 7) kordait; 8) sekvoyadendron; 9) zuhrasoch; 10) virgin archasi A) 3, 4, 5, 8 B) 2, 3, 9, 10 С) 1, 3, 7, 8 D) 2, 3, 6, 10 9. Rasmda baliq jabrasini+-ng tuzilishi va ishlashi tasvirlangan bo’lib ushbu rasmda qaysi raqamda berilga qismi jabra varaqlarini ushlab turadi? A)4 B)2 C)3 D)1 10. Gullari to‘g‘ri, asosiy ildizi rivojlangan, chatnaydigan meva hosil qiluvchi o‘simliklarni belgilang. A) oddiy jag ‘-jag‘, karam B) ituzum, arpa C) olg’i, matur D) oqquray, afsonak 11. Ulotriksning zoosporalari uchun mos keladigan to‘g’ri fikrni toping. A) Jinssiz ko‘payganda hosil bo‘ladi, ikkita xivchinli B) Jinsiy ko‘payganda hosil bo‘ladi, ikkiga bo‘linib rizoid va vegetativ hujayrani hosil qiladi. C) Vegetativ hujayrasi o’sib, ko’ndalanggiga bo’linib ulotriks ipini hosil qiladi. Xivchinlari yordamida suvda suzib yuradi. D) Jinsiy ko‘payganda hosil bo'ladi, to ‘rt dona xivchinlari yordamida suvda suzib yuradi. 12. Maxsar (a), meduza (b) va cho`rtan (c) ga tegishli ma’lumotlarni to‘g‘ri juftlang. 1) produtsent organizm; 2) prokariot organizm; 3) umurtqali hayvon; 4) aerob nafas oladi; 5) konsument organizm; 6) umurtqasiz hayvon A) a - 4; b - 5; с – 2 В) a - 2; b - 1; с – 5 С) a - 3; b - 4; с -1 D) a - 4; b - 6; с – 5 13. Quyidagi rasmda suyak tuzilishi tasvirlangan bo’lib ushbu rasmdagi 4-qismga xos hususiyatni aniqlang? A) biriktiruvchi to’qimadan iborat B) ichida qon tomirlar o’tgan C) zich qattiq qismi D) shaklli elementlar shakllanadi Download 459.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling