Rezbali standart biriktirish detallari kurs ishi


Rezbalar haqida ma’lumot va uni chizmalarda tasvirlash


Download 62.45 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi62.45 Kb.
#1840192
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi Muyassar(1)

2. Rezbalar haqida ma’lumot va uni chizmalarda tasvirlash.
Rezba (rus. rezat — kesmoq soʻzidan) — har xil shaklli detallarning ichki yoki tashqi sirtiga oʻyilgan ariqcha va boʻrtmalar. Mashina detallari, mexanizmlar, asboblar, apparatlar, inshootlarning qismlari va detallarni biriktirish uchun ishlatiladi. Ariqcha va boʻrtmalarning shakliga qarab, uchburchak, toʻgʻri toʻrtburchak, trapetseidal, tirak, truba; oʻlchov tizimiga koʻra, metrik va dyuym; kirim soniga qarab, 1,2 va koʻp kirimli; detalning oʻiilgan sirtiga va yoʻnalishiga qarab, tashqi (vint, bolt va boshqalar) va ichki (gayka) xillarga, oʻramning yoʻnalishiga (chapdan oʻngga yoki oʻngdan chapga) qarab, oʻnaqay va chapaqay xillarga boʻlinadi. Rezbaning ikki qoʻshni boʻrtmasi yoki ariqchasi orasidagi masofa (S) Rezba qadami deyiladi. U oʻzgarmas (ravon) va kattalashib boradigan boʻlishi mumkin. Rezbani qoʻlda (plashka, metchik bilan), metall kesish stanoklarida (maxsus moslama — kesish kallagi oʻrnatib), oʻyish va kesish stanoklarida ochish mumkin. Rezba oʻyish stanogi bosym taʼsirida tashqi Rezba oʻyish uchun ishlatiladi. Yassi va dumaloq qurolli xillari bor. Bunda zagotovka sirtidan qirindi olinmaydi. Rezba metall kesish stanogida tashqi hamda ichki Rezba
11
kesish mumkin. Bunda plashka yoki keskichlar yordamida zagotovka sirtidan kirindi olinadi. Rezba qirqish keskichlari oʻrnatilgan kallaklar bilan Rezba ochishning uyurma usuli keng tarqalgan. Bu usulda kallaklar detalga nisbatan ekssentrik tarzda joylashtiriladi. Detal kallakning bir aylanishiga mos ravishda Rezba kadamiga teng oʻq boʻyicha suriladi. Rezba elementlari (tashki, ichki va oʻrta diametri, qadami va boshqalar) Rezba oʻlchash asboblari va qurollari yordamida tekshiriladi. Bular: kalibrlar, mikrometr, rezbomer, Rezba andazalari, sinus lineykalar, mikroskop, optimetr, proyektor va boshqa. Rezba – aylana shaklidagi jismlar ustida vint bo’ylab galma-gal joylashgan do’ng va chuqurlar. Rezba mashina detallarining biriktirish, zichlash yoki kerakli siljishini ta’minlaydi. Rezbaning tashqi diametri (d) – tashqi rezbaning cho’qqilaridan yoki ichki rezbaning chuqurlaridan o’tkazilgan tasavvur qilingan silindrning diametri. Rezbaning ichki diametri (d 1 ) – tashqi rezbaning chuqurlaridan yokio ichki rezbaning cho’qqilaridan o’tkazilgan tasavvur qilingan silindr diametr . Rezbani nominal diametri – rezba o’lchamlarini shartli ravishda tavsiflovchi va rezbani belgilanishida qo’llaniladigan diametr. Rezbaning tashqi diametri bilan bir xil bo’lgan o’lcham Masalan M18, Rezbaning bir o’rami – detal o’z o’qi atrofida bir marta aylanganda xosil bo’lgan rezba qismi. Rezba shakli – rezba o’qidan o’tkazilgan tekislikda hosil bo’ladigan yassi
12
shakl. Shakl balandligi (H) – radius bo’yicha o’lchangan bolt va gayka uchun bir xil bo’lgan uchburchak shaklni balandligi радиально. Shakl burchagi - rezbani yondosh yon tomonlari orasidagi burchak. Rezba qadami (P) – rezba o’qiga parallel bo’lgan yo’nalishda o’lchangan shaklni qo’shni bir xil nomdagi nuqtalar orasida masofa. Shaklning ish balandligi (h) - rezba o’qiga til yo’nalishda tashqi va ichki tomon shakllarini tutashish balandligi. Buralish uzunligi (L) - o’q yo’nalishida tashqi va ichki rezbalarning o’zaro qoplanish uzunligi. Metrik rezbaning shakli uchburchak va cho’qqisining burchagi 60 о ga teng (ГОСТ 9150-81) Bu rezba mashina detallarini standart detallar (bolt, vint, shpilka, gayka) yordamida mahkamlash uchun mo’ljallangan. ГОСТ 8724-81 bo’yicha metrik rezbalar diametri 1 mm dan 68 mm gacha yirik va mayda qadamli, diametri 68 mm dan katta rezbalar faqat mayda qadamli. Bunda birorta diametr uchun mayda qadam bir nechta bo’lishi mumkin, yirik qadam faqat bitta bo’ladi. Masalan 10 mm li rezba uchun yirik qadam 1,5 mm ga teng bo’lsa, mayda qadam 1,25; 1; 0,75; 0,5 mm ga teng bo’ladi. Rezbalarning aniqlik darajalari. Rezbali birikmalar uchun joizlik va o’tqazishlarni hosil qilish asosiy omili bu o’rta diametr chunki rezbali birikmalar faqat rezba shaklini yon tomonlari bilan birikadi . Rezbani tashqi va ichki diametrlar uchun joizliklar rezbani qisilmasligini ta’minlashini hisobga olib belgilanadi. Standartda metrik rezba
13
uchun 9-ta aniqlik darajasi belgilangan (2 –10). Ularning joizlik maydonlari shartli ravishda uchta aniqlik sinflarga ajratilgan: aniq sinfi (2-5 aniqlik darajalari), o’rta sinfi (6-7 aniqlik darajalari),
Dag’al sinfi (8-10 aniqlik darajalari). Hamma diametrlar uchun asosiy deb 6-aniqlik darajasidagi joizlik qabul qilqingan. Qolgan aniqlik darajalari uchun joizliklar quyidagi koeffitsiyentlarga ko’paytirilib aniqlanadi. Rezbali birikmalarda o’rta sinfdagi 6 –chi aniqlik darajali tirqishli o’tqazishlar eng ko’p ishlatiladi. Foydalanish talablariga bog’liq holda rezbali birikmalarning qo’zg’alanuvchanlik darajasiga qarab standart bo’yicha tirqishli, oraliq va tarang o’tqazishlar hosil qiluvchi joizlik maydonlari belgilangan . Rezbali birikmalarda tirqishli o’tqazishlar. Rezbali birikmalarda tirqishli o’tqazish hosil qilish uchun tashqi rezbalar uchun to’rtda E,F,G,H, ichki rezbalar uchun beshta d, e, f, g, h asosiy og’ish lar nazarda tutilgan. Asosiy og’ishlarni qo’shganda Smin=t0 teng bo’lgan tirqishli o,tqazishlar hosil bo’ladi. Bunday o’tqazishlar detallarning o’zaro buralishini eyngillashtiradi. Rezba joizlik maydoni aniqlik darajasini ko’rsatuvchi sondan va asosiy og’ishni belgilovchi harfdan iboratdir. Rezba aniqligi o’rta diametr D2(d2) joizlik maydonini tashqi rezba uchun tashqin diametr d bilan, ichki rezba uchun diametr D1 bilan qo’shilmasidan iboratdir. Yirik qadamli rezba Tashqi rezba : М12-6g; Ichki rezba: М12-6Н; Mayda qadamli rezba Tashqi rezba : : М12 1-6g; Ichki

14

rezba: М12 1- 6Н; Chapaqay rezba Tashqi rezba : М12 1 LH-6g; Ichki rezba: М12 1 LH-6Н; М18-6g – tashqi metrik rezba резьба, nominal diametri 18 mm, yirik qadamli, rezbaning joizlik maydoni 6g. М18х0,5-6g – tashqi metrik rezba резьба, nominal diametri 18 mm, mayda qadamli (qadami 0,5 mm), rezbaning joizlik maydoni 6g; М18LH-6g – tashqi metrik rezba резьба, nominal diametri 18 mm, yirik qadamli, chapaqay rezba, rezbaning joizlik maydoni 6g; Tarang o’tqazishlar. Rezbali birikmalarda tarang o’tqazishlar qo’shimcha qadalish elementlarsiz (faqat taranglik hisobiga) o’z-o’zidan buralib ketishni oldini olish kerak bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Tashqi rezba o’rta diametriga uchta joizlik maydoni (3n, 3p, 3r) va bitta joizlik maydoni (2H) ichki rezba uchun tavsiya etilgan. Tashqi rezbaning tashqi diametri d uchun 6e va 6c, ichki rezbaning ichki diametri D1 uchun - 4D, 5D, 4C, 5G joizlik maydonlari tavsiya etilgan, o’rta diametrida taranglik, tashqi diametr bo’yicha tirqish hosil qiladi . Rezbalarni tasvirlash va belgilash. Rezba ishlatilishiga qarab ikki hil bo’ladi: a) briktiruvchi, b) yurgizuvchi. Briktiruvchi rezbalarga profili uchburchak shaklida bo’lgan rezbalar kiradi. Boshqa profildagi rezbalar (masalan: to’g’ri burchak, trapetsiya shaklidagi) yurgizuvchi detallarda ishlatiladi. Rezbaning qadami: rezbaning ikki uchi orasidagi masofaga aytiladi. (P- masofa), ya’ni detal bir butun aylantirilganda, to’g’ri yo’nalgan masofaga aytiladi. Rezba yo’nalishi bo’yicha ikki xil


15
Bo’ladi: a) o’ng rezba; b) chap rezba. O’ng rezbauning ko’rinadigan qismi chapdan o’ng tomonga qarab ko’tariladi. Chap rezbauning ko’rinadigan qismi o’ngdan chapga qarab ko’tariladi. Rezba, bir va ko’p yo’llik bo’lib, aylana bo’yicha yo’li bir, ikki, uch yo’lli bo’lishi mumkin. Rezba detalning tashqi va ichki sirtida o’yilgan bo’lishi mumkin. Masalan: bolt, shpilka, vint, truba tashqi rezbali detallar, Gayka, mufta - ichki rezbali detallar. Rezba quyidagi turlarga bo’linadi: Metrik rezba: profili teng tomonli uchburchak ko’rinishida bo’lib, undagi burchagi 600 bo’ladi. Metrik rezbalar o’zining mustahkamligi bilan boshqa rezbalardan farq qiladi, shuning uchun ular briktiruvchi detallarda (masalan, bolt, shpilka, vint, gaykalarda ishlatiladi). Metrik rezbalar yirik va mayda qadamli qilib tayyorlanadi. Mayda qadamli rezbaning yirik qadamli rezbadan farqi shundaki, bir xil diametrda uning qadami mayda va chuqurligi kam bo’ladi. Metrik rezbaning shartli belgisi “M” bo’lib, u rezba diametrlarining sonli ifodasi oldiga qo’shib yoziladi. Masalan, diametri 16 mm bo’lgan metrik rezbaning belgisi M 16. Agarda mayda metrik rezba bo’lsa, uning qadami qo’shib yoziladi. Masalan, M 16 x1. Bu erda 1- rezbaning qadami. Agarda rezba chapaqay bo’lsa, “chap” so’zi qo’shilib yoziladi. Masalan, M 16 chap. Dyuymli rezba: profili teng yonli uchburchak bo’lib, uning uchidagi burchagi 550 bo’ladi. Belgisi (”) shaklida. 188 – shakl. Masalan, bir dyuymning yozilishi - I”. I”- 25,4 mm ga tengdir.

16

Dyuymli konus rezba chizmada quyidagicha belgilanadi K 2”, bu erda K- konus so’zining bosh harfi. 2”- rezba diametrining o’lchami. Truba rezba ikki xil bo’ladi: Slindrik truba rezba, Konus truba rezba. Rezba hosil qilingan sirtning shakliga ko’ra silindrsimon va konussimon rezbalar farqlanadi. O’q bo’yicha ko’ndalang kesim shakliga ko’ra rezbalar beshta asosiy turlarga bo’linadi: uch burchakli, tirak, trapetsiyaviy, to’g’ri burchakli va doiraviy Rezbalarning asosiy turlari: a - uchburchakli: b. tirak; d — trapesiyaviy; c - to’g’ri burchakli: g- doiraviy. Vint chizig‘ining yo’nalishi bo’yicha o’naqay va chapaqay, kirimlar soniga ko’ra bir kirimli va ko’p kirimli, vazifasiga ko’ra mahkamlash. mahkamlash-jipslashtirish va harakatni uzatish rezbalariga bo’linadi. Mahkamlash rezbalari rezbali birikmalarda qo’llanadi va ular uchburchakli profilga ega bo’lib, katta ishqalanish, yuqori mustahkamlikka va texnologiklikka egadir. O ’z-o’zidan bo’shab ketish hollaridan mustasno. Mahkamlash jipslashtirish rezbalari germetiklik talab etiladigan birikmalarda qo`lanadi. Odatda barcha mahkamlash rezbali detallarining bir kirimli tarzda bo’lishi tavsiya etiladi. Harakatni uzatish rezbalari vintli uzatmalarda ishlatiladi va kichik ishqalanish bilan tavsiflanuvchi trapetsiyaviy (ba’zan esa to’g’ri burchakli) profilga egadir. Rezbali birikmalarning afzalliklari: yuqori yuklanish qobiliyati va ishonchliligi; turli ish sharoitlari uchun rezbali


17


detallar xillarining ko’pligi; уig’ish va ajratishning qulayligi; tannarxining nisbatan pastligi; hamma o ’lchamlarining standartlashtirilganligi va tayyorlash jarayonlarining yuqori unumdorligi. Rezbali birikmalarning kamchiliklari: rezbali birikmalarning asosiy kamchiligi rezbali detallarning yuzalarida katta miqdordagi kuchlanishlar jamlanishi o’choqlari mavjudligi tufayli o’zgaruvchan kuchlanishlarga chidamliligining yetarli emasligi va maxsus turdagi rezbali detallarni tayyorlash texnologik jarayonining bir muncha murakkabligidir. Silindrsimon rezbaning asosiy handasaviy ko’rsatkichlari quyidagilardir.

Download 62.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling