Rim notiqligi O`rta asr notiqlik madaniyati davrlari
Download 71.71 Kb.
|
G\'arb Notiqlik Maktabi Mavzu
Demosfen (taxminan 384—322 yillar). Davlat arbobi va yirik notiq.
Tarixchilarning ma`lumotlariga kura, Demosfsn falsafani Platondan, notiqlik asoslarini Isokratdan o`rgangan. Biroq uning notiqlik maydoniga qanday kirib kelishiga oid rivoyatlar anchagina. Ularning birida aytilishicha, Demosfen bir kuni Kallistrat ismli mashhur notiqning nomini eshitib qoladi. Notiq shu qadar zo`r, fasohatli va ishonarli gapiradiki, eshituvchilarning barchasi unga mahliyo bo`lib qoladilar va uning fikrini bir og`izdan ma`qullaydilar. Rivoyatlarga qaraganda Demosfen ana shunday nutqdan ta`sirlanib notiq bo`lishga ahd qilgan ekan. Boshqa bir rivoyatda naql etilishicha, yoru - do`stlari unga Isokrat va Alkidamentning ritorikaga oid qullanmalarini beradilar. U ana shu qo`llanmalarni mutolaa etib, keyincha o`zi ham notiqlnk kasbini egallashga astoydil bel bog`laydi. YAna bir rivoyatga qaraganda uning notiqlik san`ati bo`yicha ustozi Iseydir. Naql qilishlaricha, Isey Demosfen tufayli o`z notiqlik maktabi eshigini to`rt yil davomida boshqalar uchun yopib qo`yib, faqat u bilan shug`ullangan ekan. Hatto, ba`zi tarixchilar Isey shu qadar dong taratganligi uchun avvalo o`z shogirdi Demosfendan minnatdor bo`lishi kerak, chunki, u ana shunday shogird etishtirganligi uchungina olamga tanildi, deydilar. Biroq nimaiki bo`lmasin, Demosfen hammadan ko`ra Iseyning shogirdi ekanligi haqiqatga yaqinroq. Demosfen xuddi Lisiy kabi notiqlik san`atidan kasb sifatida va shu kasb tufayli kun kechirish uchun foydalangan. SHuning uchun u professlonal loyugraflikni egallab, kishilar uchun sud nutqlari yozib berish bilan shug`ullandi. U bu kasb bilan asosan 362—354 yillar davomida shug`ullangan bo`lib, bu orada u gohigohi sinegorlik qilgan bo`lishi, ya`ni da`vogar yoki himoyalanuvchi shaxs nomidan chiqib nutq so`zlagan bo`lishi ehtimoldan xoli emas. Biroq Demosfenni advokatlik faoliyati qoniqtirmaydi. U kichik sud majlislaridan voz kechib, besh yuzlar Kengashi va xalq majlislarida nutq so`zlovchi . notiq bo`lishga bel bog`laydi. Ammo bu judayam mushkul ish edi. CHunki bu katta anjumanlarda nutq so`zlash uchun bilim, shijoat, matonat, yuksak notiqlik mahorati, baquvvat va ta`sirchan ovoz kabi bir talay omillar mavjud bo`lishi zarur edi, Sababi, xalq majlislarida olti-etti ming kishi yigilardi. Ularning barchasiga gap ma`qullash va biror muhim fikrni uqtirish uchun chindan ham mislsiz imkoniyat va iste`dod zarur edi. SHuning uchun ham, ana shunday majlislarda nutq so`zlovchi notiqlar rasmiy bo`lmasa ham aslida yirik davlat arboblari hisoblanardilar. Bu ishlarning uddasidan chiqa oladigan, besh yuzlar Kengashiga o`z fikrlarini, takliflarini, hatto qaror va rezolyutsiyalarini o`tkaza oladigan davlat arboblarining soni unchalik ko`p bo`lmagan. Bukdan zabardast notiqlarning borlari esa, g`ayri rasmiy ravishda Afina davlatining Vazirlari hisoblanganlar. SHunday kiyin sharoitda, buyuk notiqlik minbariga da`vogarlik kilgan Demosfen ham o`z maqsadiga erishgan va 352—322 yillar orasida Afina davlatining besh yuzlar Kengashi va xalq majlisi notig`i sifatida tashqi ishlar masalasini boshqarib borgan. Boshqacha qilib aytganda, u shu yillar orasida Afina davlatining tashqi ishlar Vaziri lavozimida ishlaydi. Besh yuz.lar Kengashi va majlisida yuqorida eslatganimizdek, notiqlik qilish juda qiyin bo`lgan. CHunki, ming-minglab kishilarga bu fikrni eplab ma`qullatish uchun katta mahorat zarur bo`lgan. Xalq nochor notiqlarning ustidan kulgan, ularni kalaka kilib majlisdan chiqarib yuborganlar. Bugina emas, noktud notiqlarni Afina davlatlarining rasmiy «o`qchilari» (politsiyasi) sharmandalarcha minbardan surib, tushirib yuborganlar. Demosfen ham ana shu mashaqqat va izza tortishlarning barchasini boshidan kechirgan. Bu haqda Plutarx bunday hikoya qiladi: Demosfen birinchi marta xalq majlisida so`zga chiqqanda hamma to`polon qilib, unga quloq solmagan, nihoyat kalaka qilib minbardan tushirib yuborganlar. Buning sababi — Demosfen nutq kompozitsiyasini chalkashtirib yuborgan, nutq davrlariga rioya qila olmagan, dalillari soxtaga o`xshab tuyulgan, umuman olganda esa nutqi o`ta tartibsiz va parokanda bo`lgan. Buning ustiga, aytishlaricha, uning ovozi past, talaffuzi yomon, nafasi qisqa bo`lib, nutqiy davrlar orasida nafas olaberganidan mazmunga katta putur etkazgan. Natijada u minbarni tashlab, qochib ketishga majbur bo`lgan. SHundan keyin u qayg`urib, Pirey ko`chalarini kezib yurganda Isokratning shogirdi, keksayib qolgan mashhur notiq evnom degan kishiga duch kelib qoladi. evnom uning bu ahvolini ko`rib urishib beradi. U, sening Periklga o`xshab so`zlasha olish qudrating bor bo`la turib qo`rqoqlik qilgansan, izdihom shovshuvini bosib, fikringni davom ettirishga jur`atsizlik qilgansan, mehnat qilib, tayyorgarlik ko`rib bu ishni yutib chiqish o`rniga mung`ayib, taslim bo`lib yuribsan, deb dashnom beradi. Boshqa bir muvaffaqiyatsizlikdan keyin Demosfen o`zining yaqin do`sti bo`lgan zabardast aktyor Satir bilan uchrashib qoladi. Ahvoldan voqif bo`lgan Satir do`stini o`z uyiga taklif etadi-da, Sofokl tragediyalaridan birorta monologni deklamatsiya qilib bergin, deb taklif kiladi. Demosfen deklamatsiya qiladi. Undan keyin xuddi ana shu monologni Satir ham ijro etib beradi. Ana shundagina Demosfen o`z xatosini yana tushunadi va notiqlik san`atida aktyorlarga o`xshab, chinakamiga jon kuydirib yashash, butun borlig`i bilan berilib ketish zarur ekanligin anglaydi. Nihoyat, u notiqlik san`atini egallash yo`lidagi mashq va izlanishlarpni boshlaydi. Download 71.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling