Rim notiqligi O`rta asr notiqlik madaniyati davrlari


Download 71.71 Kb.
bet4/8
Sana23.09.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1686403
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'arb Notiqlik Maktabi Mavzu

Anttsfont —«qonun»ga kiritilgan eng keksa notiqlardan hisoblanadi. U zabardast notiq, nazariyotchi olim va pedagog sifatida notiqlik san`ati tarixida muhim o`rin tutadi.
Antifont aristokrat oilasida tug`ilgan bo`lib, notiqlik san`ati bo`yicha yoshligidanoq maxsus ta`lim oladi. SHuningdek, u notiqlik san`atining antik asoslaridan birini tashkil etgan yurisprudentsiya qonunlarini ham puxta o`zlashtirgan va agar hozirgi kun talabi nuqtai nazaridan yondashiladigan bo`lsa, Antifont yurist notiqlar jumlasiga, sud notiqligiga mansub yirik siymodir.
Antifont aristokrat bo`lganligi tufayli siyosiy qarashlari jihatidan o`z sinfiga xayrixoh, mustabidlarga yaqin edi. SHuning uchun ham uning dunyoqarashi, notiqlik faoliyati biz uchun qimmatli emas. Ammo uning notiqlik mahorati, nazariypedagogik qarashlari o`rganish ob`ekti bo`lishga sazovor..
U taxminan miloddan oldingi 480yillarda tug`ilgan. Fukididning ma`lumotlariga qaraganda 411yildagi antidemokratik to`ntarishda faol ishtirok etgan. Natijada Afinada tuzilgan «to`rt yuzlar Kengashi»ga a`zo bo`lgan. Ammo bu to`ntarish bir yilga etaretmas zarbaga uchrab yana demokratik kuchlar tantana qiladi, «to`rt yuzlar Kengashi» tarqatilib, shu Kengashdagi eng reaktsion unsur sifatida Antifont ham quvg`inga uchraydi. Uning molmulki musodara etilib, hatto, uyjoyining o`rnidagi tuproq ham olib chiqib tashlanadi. Uzi esa, o`ligini ham Attika tuprog`iga qo`ymaslik sharti bilan qatl etiladi.
Antifont chiidan ham o`z zamonasining eng zabardast notiqlari darajasigacha ko`tarildi. Aks holda u «to`rt yuzlar Kengashi»ga a`zo bo`lib kirolmagan ham bo`lardi. Uning notiq sifatidagi ustunligi esa davlat arbobi sifatida faoliyat ko`rsatishiga ham sabab bo`lgan.
Uning professional notiqlik san`ati bilan muqim shug`ullanishi 421 — 11yillarga to`g`ri keladi. Biroq ana shu qisqa muddatli notiqlik faoliyati davomida anchagina ishlar qildi.
Antifont birinchi bo`lib nutq teketlarini nashr bitirgan notiqlar jumlasiga kiradi. SHuning uchun, uning oltmishtacha nutq matni bizgacha etib kelgan. Bu esa Antifont mahoratini o`rgaiish uchun eng asosiy manbalardan biri bo`lib xizmat qiladi.
Afinaning bu ulkan notig`i shu san`atning nazariyasi bilan ham ancha izchil shug`ullanganligi ehtimoli bor. Har holda, u qo`llanma sifatida namunaviy matnlar majmuasini nashr ettiradi va bu qo`llanmada Korak va Tisiy kabi barkamol notiq va nazariyotchilarring ritorikasiga xos bo`lgan argumentatsiyalar sistemasini keltiradi. Antifontning bu xrestomatiksofistik Ko`llanmasi nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan risoladir.
Antifont bu qo`llanmasida barcha notiqlar va notiqlik san`ati asoslarini egallashga bel bog`laganlar uchun namuna vazifasini o`tovchi nutq matnlarini jamlaydi. Bu matnlar umuman abstrakt tarzdagi nutqlar bo`lib, faqat o`quv quroli, o`rganish uchun shablon sifatida qimmatlidir. Tematik jihatdan esa, bu nutq matnining ko`pchiligi qotillik mavzuida bo`lib, epideyktik mavzuda birorta ham nutq yo`q.
Antifont notiqligyga xos quyidagi fazilatlarni qayd etish mumkin:
1. Antifont notiq sifatida g`oyat jiddiylikni xush ko`ruvchi sohibi suxan bo`lgan. Uning nutqda jiddiyligini Periklga nisbat berish mumkin. CHunki, xuddi Perikl kabi u ham nutq matnida, talqin chog`ida hazil mutoyibaga, yumorga va shu mayldagi narsalarga o`rin bermagan.
2. Notiq nutq matnlarining g`oyatda pishiq ishlanishiga alohida e`tibor bergan. Nutqlariga lingvistik va badiiy jihatdan shu qadar sayqal berganki, bu nutq matnlarini hozirgi kunga qadar badiiy asarni o`qigandek huzur bilan o`qish mumkin.
3. Nutq matnlari ustida ishlaganda dadil va favqulodda obrazli ifodalarni qo`llar, kutilmagan stilistik oborotlarni ishga solardi. Jumladan farzandsizlik yoki farzanddan ayrilish dog`ini bayon qilish uchun bunday jumla tuzadi: «Farzandsizligim tufayli men tiriklay qabrdaman».
4. Uning nutqlarida ritorik va nutqiy figuralar (undov, yalinish, g`azab, qaytariq, zid qo`yish) deyarli mutlaqo uchramaydi. YA`ni ayrim notiqlarda mavjud bo`lganidek, nutqni tabiiy, hayotiy qilish uchun bo`lgan urinish ko`rinmaydi. SHu ma`noda Antifontning nutq matnlaridagi bayon xususiyati deyarli bir xil.
5. Antifont nutqlarida, gapni aylantirib o`tirmay, to`g`ridan-to`g`ri tinglovchiga murojaat etish xususiyati mavjud. Bu usul antik notiqlikda patos, deb ataladi. Teatr san`atida ham hanuzgacha analogik hol, ya`ni to`g`ridan-to`g`ri tomoshabinlarga murojaat etib gapirish usuli mavjud bo`lib, bu usulga «apparat» deyiladi. Antifont esa, notiqlik jarayonida ana shu prnyomni keng qo`llab, uni barqarorlashtirgan so`z san`atkoridir.
6. U nutqda etopeya, ya`ni personajlar xarakteriga moslab gapirish, so`zlovchining individualisixologik xususiyatlarini hisobga olish usulidan mutlaqo voz kechadi. Natijada, uning «Gerod qatlch» nutqidagi yosh yigit bilan «Xorevt ishi» dagi bir qari chol deyarli mutlaqo bir xil tilda gaplashadi.
7. Antifont nutqlari o`z kompozitsyasn mustahkamligi bilan xarakterlanadi. Bu tushuncha antik notiqlikda ekonomiya termini bilan ifodalanib, bunday nutqlarning, xususan, Antifont nutqining ekonomiyasi ya`ni, kompozitsiyasi quyidagicha:
Kirish. Bu qismda qisqagina so`zlanib, so`zlovchi o`zining g`aribligi, nochorligi, bechoraligini bayon qiladi.
Ishga oid kirish. Bu maxsus kirish so`zi bo`lib, so`zlovchi ishdan kuzatilgan maqsad, uning asosiy mazmuni, yo`nalish kabi masalalar bilan tinglovchilar va sud hay`atini tanishtiradi. SHuningdek, bu qismda shart-sharoit, voqea bo`lib o`tgan joy, vaziyat kabi omillar bilan tanishtiriladi.
Asosiy voqea va faktlar talqini. Bunda masalaning mohiyati yoritiladi.
Argumentatsiya. Bu qismda tinglovchilar va sud hay`atini ishontiruvchi dalil va hujjatlar keltirilib, Antifont nutqlarida avval eng zo`r argumsntlar, so`ng ikkinchi va uchinchi darajaliklarl keltariladi. Nutqning oxirgi qismi uchun kuchli zarb bo`lib xizmat qiladigan biror hujjat — argument olib qolinadi.
Epilog. Bu qismda barcha gaplarga xulosa yasalib da`vogar sud hay`atidan adolat qilishlarini va raqibiga tegishli jazo berishlarini talab qiladi.
Antifont argumentatsiyasi haqida gasavvur hosil qilish uchun uning bir nutqidan quyidagi vaziyatni misol qilib keltirish mumkin.
Afinalik bir fukaroin kechqurun o`zining qul xizmatkori bilan birgalikda uyiga qaytayotganda ko`chada o`ldiriladi. Og`ir yaralangan qul, o`lim oldidan qotillardan biryni taniganini, u xo`jayinning zski raqiblaridan biri ekanligini, xo`jayii bu qotilga qarshi sud ishini qo`zg`atmoqchi bo`lib yurganligini aytib, ko`z yumadi.
Antifont ana shu mojaro tahliliga mo`ljallab yozgan nutqida da`vogar va sudlanuvchining argumentatsiyasini shunday joylashtiradi.
Da`vogar (birinchi argumentatsiya):
a) marhumning qaroqchilar tomonidan o`ldirilganligiga aql bovar qilmaydi, chunki uni tintishmagan;
b) u mastlikda janjal qilib o`ldirilmagan, chunki bunday qilganda ko`chada, uyiga etib qolay deganda o`ldirilmagan bo`lardi;
v) u tasodifan, adashib, birovning o`rniga ham o`ldirilmagan, chunki unday bo`lganda qul o`ldirilmagan bo`lardi;
g) bundan chiqadiki, aybdor chindan ham ana shu eski raqib, chunki. u sudga berilishi va qasos olinishidan qo`rqqan;
d) ayblanuvchi ishi sudga tushsa kuproq zarar kurishidan qo`rqib, uni o`ldirib qo`yaqolgan; demak, qotil — shu;
e) yagona guvoh — o`layotgan qul ham uning qotil ekanligini ta`kidlagan.
Ayblanuvchi (birinchi kontrargumentatsiya):
a) marhumni qaroqchilar o`ldirganlari haqiqatga yaqinroq. Keyin esa, qaroqchilar odamlar sharpasini eshitib qochib ketganlar;
b) uni o`ldirgan kishining biror jinoyati bo`lgan va ana shu jinoyatni marhum. bilgan. SHu sirni ochib qo`ymasin, deb o`ldirgan;
v) marhum o`zining ko`p sonli raqiblaridan biri tomonidan o`ldirilgan. Uldiruvchi bilganki, shubha menga, ya`ni eski raqibiga tushadi. SHuning uchun o`ldirgan-u, qochgan;
g) qulning ko`rsatmasi e`tiborga loyiq emas, chunki: birinchidan, o`lim talvasasidagi kishi birovni tanib qolishi haqiqatga to`g`ri kelmaydi;
ikkinchidan, o`lim oldidan u o`z xo`jayinlarining ko`nglidagi gapni aytib o`lishdan manfaatdor bo`lgan;
uchinchidan, qulning gapi qul bo`lganlig uchun ham inobatga o`tmaydi. Qonun bo`yicha uni avval qiynab turib, keyin so`roq qilish kerak edi;
d) men qotil bo`lganimda o`zimni xavfda qoldirmaslik uchun birovni yollab o`ldirishim mumkin edi;
e) pul janjalidan qo`rqib birovni o`ldirib qutulishga urinishim hech kimning aqliga sig`masa kerak.
Da`vogar (ikkinchi argumentatsiya):
a) agar odamlar kelib qolib, qaroqchilar qochib qolganda, kelgan kishilar buni quldan surishtirib bilib olishlari mumkin edi;
b) agar qotil biror jinoyatdan qo`rqqan kishi bo`lganda edi, bu jinoyat haqida oldinroq biror gap chiqqan bo`lar edi;
v) marhumning boshqa dushmanlari sudlanuvchi raqibga ko`ra kamroq qo`rqqanlar. SHuning uchun, eng xavfsiragan raqib, ya`ni sudlanuvchi o`ldirganligi haqiqatga yaqin;
g) qulning so`zi qiynoqsiz inobatga o`tmasligi haqida: qul shu darajada qiynoqda ediki, uni ortiqcha qiynash mumkin emasdi;
d) qotil bu ishni yollangan kishiga topshirishi mumkin emasdi. CHunki birinchidan, shubha baribir o`ziga tushishini bilardi, ikkinchidan, yollangan kishi aniq o`ldira oladimi yo`qmi, deb gumonsiragan bo`lardi;
e) qotil uchun o`ldirish foydaliroq edi. CHunki, ishi sudga tushgach xonavayron bo`lishini bilardi, raqibini o`ldirsa qo`lga tushish-tushmasligi gumon edi.
Ayblanuvchi: (ikkinchi kontrargumentatsiya):
a) qaroqchilar o`ldirsa, kelib qolgan kishilar surishtirib bilardi, deyildi. Holbuki, kelgan kishilar marhumni ko`rishlari bilanoq qo`rqib qochib ketishlari mumkin edi;
b) jinoyatchining siri haqida avvaldan gap tarqalmasligi ham mumkin edi. Nahotki, jinoyat sir kolishi mumkin bo`lmasa?
v) qul baribir o`lishini bilganligi uchun aybni mening bo`ynimga qo`yib ketishi mumkin emasmidi?
g) va nihoyat, alibi: mening hamma qul va xizmatkorlarim guvoh bo`lishi mumkinki, o`sha kecha men uyimdan chiqmagan edim;
d) meni mol-mulkidan qo`rqqani uchun o`ldirgan deyishdi. Yo`q, bu ishni faqatgina hamma narsadan umidini uzgan kishigina qilishi mumkin;
e) yuqoridagn ha.qiqatlardan ko`rinib turganidek, ayb menda emas. SHuning uchun adolat qilishingizni so`rayman. Aks holda adolat degan narsa qolmagan bo`ladi.
Bu argumentatsiyalardan ko`rinadiki, Antifont o`z nutqlarining mantiqan kuchli bo`lishiga alohida e`tibor bergan. SHu jihatdan u rasmiy, mantik kuchiga asoslangan nutqlarning chiroyli namunalarini yarata olgan.
Antifont nutqlarining yana bir fazilati shundaki, ularda o`sha davrning siyosiy-ijtimoiy hayoti, maishiy turmushi va boshqa sohalariga oid tarixiy haqiqat juda ko`p. Bu esa, Antifont nutqlarining tarixiy manba sifatidagi e`tiborini yanada kuchaytiradi.
Andokid taxmiian miloddan oldingi 440—390-yillar orasida yashab o`tgan va «qonun»da ikkinchi o`rinda zikr etilgan notiqdir. U Afina davlatining yirik arboblaridan biri bo`lgan. Notiq sifatida nechog`lik kuchli bo`lmasin, u bu san`atga deyarli hech kanday yangilik kirita olmadi. Na tarix sahifalarida, na uning bizgacha etib kelgan nutqlarida bu notiqning uslub, usul va til badiiyati sohasida biror yangilik kiritgani haqida ma`lumot yo`q. U o`zidan oldingi va o`ziga zamondosh bo`lgan barcha yirik notiqlarning tajribalarini amaliy qo`llab, notiqlikda muvaffaqiyatlarga erishgan so`z san`atkorlaridan biridir.
Lisiy qadimgi yunon notiqlik san`atining jahonshumul mavqeiga ega bo`lgan namoyandalaridan biridir. Uning otasi Sitsiliyaning Sirakuz shahridan bo`lib, juda yirik dastmoyador, sanoat korxonalarining egasi edi. Periklning taklifiga ko`ra u Afinaga keladi va o`zining moddiy ahvolini yanada yaxshilaydi.
Lisiy taxminan miloddan oldingi 459—380-yillar borasida yashab, 80 yilcha umr ko`rgan. U 444 yilda janubiy Italiyadagi «Sibaris» shahriga boradi va u erda sirakuzlik Tisiydan notiqlik san`atini o`rgana boshlaydi. U shu shaharda 413 yilgacha yashagan bo`lsa kerak, deb taxmin qilinadi.
Lisiy tahsil bilan mashg`ul bo`lib yurgan chog`larda Afina davlatida talay o`zgarishlar bo`lib o`tadi. Bu erda demokratiya kuchlariga qarshi oligarxlar partiyasi kurash boshlaydi va mamlakat osoyishtaligi buziladi. Buning ustiga Afina bilan Sparta o`rtasida urush boshlanadi va bu harbiy mojaro 404 yili spartaliklar g`alabasi bilan yakunlanadi. Natijada, hokimiyat 30 kishidan iborat aristokratlar qo`liga o`tadi va tarixda «o`ttiz mustabid davlati» deb nom olgan reaktsion hokimiyat paydo bo`ladi. Bu hokimiyat Lisiy kabi demokratiya tarafdorlarini qattiq ta`qib ostiga oladi. Hatto uning molmulki ham deyarli musodara qilinib, o`zi rasmiy ishlardan mutlaqo chetlatiladi. SHu bahona bo`ladi-yu, Lisiy butunlay logograflik bnlan shug`ullanadi va taxminan 403—380 yillar orasida, ya`ni umrining oxirgi 20—25 yilini shu kasbga sarflaydi. Bu esa, Lisiyiing sermahsul ijodkor ekanligini hisobga olganda juda katta muddatdir.
Lisiy nomiga nisbat berilib kelinayotgan 425 nutq matni mavjud. Mutaxassis olimlarning fikrlaricha, shundan 233 tasi chindan ham uning o`ziniki bo`lib, qolganlari boshqa logograflar tomonidan yozilgan va turli sabablarga ko`ra uning nomiga nisbat berilgan. Lisiyning o`z qalamiga mansub bo`lgan ana shu 233 ta nutq matnidan, bizgacha to`la va to`liqsiz holda 34 tasi etib kelgan.
Lisiyning yozma merosi bo`lgan nutq matnlarini uch toifaga bo`lish mumkin.
I. epideyktik (tantanali yoki tasviriy) nutqlar.
II. Siyosiy (kengash) va sud nutqlari.
III. epitafiya, ya`ni motam nutqlari. Lisiyning nutqlari tilining musaffoligi va benihoya go`zalligi bilan alohida ajralib turgan. Dionnsiyning ma`lumotiga ko`ra uning tilidagi fasohat quyidagilardan iborat:
a) u nutqlarida kishilar uchun sal bo`lsa ham tushunarsiz bo`lib qolgan arxaik so`zlarni sira ishlatmagan;
b)u o`z nutqini neolog`izmlardan, ya`ni, o`z zamonasining jonli nutqiga kirib kelayotgan, lekin hammauchun ommaviy darajada tushunarli bo`lmagan kostruktsiya va so`zlardan forig` tutgan;
v) g`oyat sodda, hamma uchun tushunarli tilda yozgan va so`zlagan. Ammo ana shu sodda, hamma uchun tushunarli usulda ham nafis va latif so`zlay olgan.
Dionisiy bu san`atkorning tiliga, bayon uslubiga yuksak baho beradi. U deydiki, «Fukidid va Demosfen kabi faktlar bayoniga shu qadar usta kishilar nutqida juda ko`p mavhum va noaniq, maxsus sharh talab qiladigan joylari bor. Lisiyning ifoda usuli esa, rasmiy til begona bo`lgan kishilar uchun ham oson va tushunarli. Lisiydagi ana shu yorqinlik ixchamlik bilan ham chatishib ketgan». Darhaqiqat Lisiy o`zigacha bo`lgan barcha notiqlar yutug`ini ijodiy o`zlashtirib, bu san`atni yangi bir bosqichga, hanuzgacha o`z qimmatini yo`qotmagan va hali uzoq asrlar ibrat bo`ladigan darajaga ko`tardi.
Lisiy nutqlarining diegeza deb ataluvchi — voqeani tushuntirib, naql qilib berish qismi benihoya zo`r bo`lgan. To`g`rirog`i, bu qismning etukligi va ko`rkamligida unga hech kim bas kelolmagan. Keyingi davr notiqlari esa, ana shu sohada unga taqlid qilganlar, ergashganlar.
Lisiyning diegezalari uning nutqida katta mavqeni egallagan. Bu qismda u voqealarni shu qadar sodda, mantiqiy va go`zal shaklda naql qila boshlaganki, faqat sud hay`ati emas, balki sudlanuvchi va da`vogarlar ham unga mahliyo bo`lib qolg`anlar. Bunday ta`sirchanlik va ifodaviylikka zrishish uchun esa, u nutqining diegezasiga og`zaki va yozma nutqning barcha ifoda vositalari yordamida sayqal bergan. U hikoyasining ana shu qismiga qadimdan qo`llanib kelgan personajlar tilidan gapirishni ham (etopeya), intim suhbatlarni ham, mantiqiy baquvvat argumentlarni ham, rivoyat va hikoyalarni ham ustakorlik bilan kiritib, matnga singdirib yuborgan.
Lisiy o`z mahorati bilan tinglovchilarni, sud hay`atini mahliyo etib, ularning mehru muhabbatini qozongan. Biroq ba`zan haddan ortiq berilib ketib qolib, ayrim argumentlari va dalillarining kuchli emasligi tufayli o`z nuqtai nazyariy yuridik jihatdan himoya etishda ojizlik qilib qolgan.
Lisiy etopeya, ya`ni kishilar xarakterini tasvirlash va shu kishilar tilidan gapirish borasida ham o`zidan oldin va keyin o`tgan notiqlardan ustun turadi. Uning logografik san`atidan bahramand bo`lgan, unga nutq yozdirgan har bir kishi o`zigagina, o`z psihologiyasi va psixofizik holatigagina mansub bo`lgan aql-zakovat va bilim darajasida so`zlagan. Natijada, Lisiy qalamidan chiqqan nutqlarini qaysi bir sinfga mansub kishi talqin etmasin hech qanday shubha tug`dirmagan. Lisiyning o`zidan keyin o`tgan Isey, Giperid va hatto Demosfen kabi yirik notiqlar ijodiga ta`siri katta bo`ldi.
Isokrat (miloddan oldingi 436—338yillar.) U notlqlik, falsafa va yurisprudentsiya sohasida o`z zamonasining eng yirik fan va madaniyat arboblari bo`lgan Suqrot, Tisiy, Gorgiylardan ta`lim oldi.
Isokrat siyosiy vaziyatga ko`ra 404 yilning kuzida Xios oroliga ko`chib ketadi va o`sha erda ritorika maktabini ochadi. Bir yildan so`ng, Afinada demokratiya tiklangach, ona yurti Attikaga qaytib keladi. SHu yildan boshlab u logograflik bilan shug`ullanadi. U 329 yili Afinada notiqlik maktabini ochadi va unda qariyb 40 yil davomida ustozlik qiladi.
Isokratning notiqlik maktabi juda katta shuhrat qozonadi. SHuning uchun ham bu maktabga faqat afinaliklar emas, balki YUnonistonning barcha burchaklaridan o`quvchilar oqib kela boshlaydilar. Hatto Isokratga to`lanadigan o`qish haqi ham misli ko`rilmagan darajagacha ko`tarilib ketadi. Har bir o`quvchining 3—4 yil davomida undan tahsil olish narxi 1000 draxm, ya`ni tilla narxi bilan 250 so`mgacha borib etadi. Bu tasodifiy emas, albatta. CHunki Isokrat maktabi o`zining etuk, puxta bilim berishi bilan ana shunday shuhratga ega bo`ldi. SHuni aytish kifoyaki, Likurg va Giperid kabi ulug` notiqlar, efor va Feopomp kabi zabardast tarixchilar Isokrat maktabini bitirgan, ana shu ustozning tahsilini olgan talabalardir.
Isokrat faqat mahoratli ustozgina emas, balki o`z zamonasining yirik notiq va nazariyotchilaridan ham biri bo`lgan. Bizgacha uning 27 ta nutqi turlicha ahvolda etib kelgan. Ana shu nutq matnlarini quyidagicha tasnif etish mumkin; 1. Sud nutqlari— 6 ta. 2. epideyktik nutqlar—6 ta. 3. Uquv epideyktik nutqlar—9 ta. 4. Siyosiy nutqlar — 6 ta.
Bulardan tashqari uning 9 ta maktubi va ritorikaga oid qo`llanmasidan parchalar ham etib kelganki, bu manbalar ham uning ijodi va faoliyatini o`rganishda katta qimmatga ega.
Isokrat notiqligining ham ibratli tomoni uning nutq matnlari ustida ishlash jarayonidagi o`ziga xosligi va ixtirolari bilan bog`liq. Gap shundaki, Isokrat o`z nutqining tashqi bezagiga juda katta e`tibor bergan. Buning uchun u «gorgiy figuralari» deb dong taratgan uslubdan. keng foydalangan va uni ijodiy rivojlantirib, gorgiy figuralari sistemasini yangi, yanada yuksak bosqichga. ko`targan. Gorgiy nutqlarni deklamatsiya uchun moslab, jarangdor qilib, ko`tarinki ruhda talqin etish uchun muvofiqlashtirgan edi. Ammo u ana shu shakliy bezak san`atiga shu qadar berilib ketadiki, natijada, uning ayrim nutqlarida shakliing mazmundan ustun kelishi hollari ham kuzatiladi.
Gorgiy uslubini ijodiy rivojlantirgan Isokrat o`z ustozining manerasiga xos bo`lgan balandparvozlikni yo`qotdi va ular o`rniga, ko`rkam figuralar bilan bezalgan nutqlarining tabiiy sodda bo`lishiga erishdi.
Dionisiy uning nutqlarini «silliq», «sayqallangan», «rangbarang» deb ataydi va Antifontning nutqini Isokratnikiga qiyoslab «g`adirbudur» deb kamsitadi. Isokrat chindan ham so`zlarni g`oyatda chertib-chertib, tanlab ishlatgan. U nutq figuralari bilan birga, fikriy figuralarni ham ijodiy ishlatdiki, bu notiqlik san`ati arsenaliga qo`shilgan katta hissa edi.
Ma`lumki, nutq figuralari so`zlar tarkibida va gapda qo`llaniladigan fonetik va stilistik o`ziga xosliklardan iborat. Jumladan, so`zlarning g`ayri oddiy qo`yilishi, qo`shaloqlik va anafora, antiteza kabi badiiy lingvistik figuralarni sanab o`tish mumkin. Fikriy figuralar esa ritorik savol, psixologik pauza, biror muhim narsani ataylab indamay tashlab ketish, kesatiq, istehzo, qochirma va hokazo kabi ifoda vositalaridan iborat. Isokrat esa ana shu ikkala toifadagi figuralar sistemasidan ham juda o`rinli, unumli foydalandi.
Isokrat notiqligida o`rnak olishga arziydigan xususiyatlardan yana biri shuki, unda nutqning davrlarga bo`linishiga yalohida e`tibor beriladi. Gap shundaki, nutqni davrlarga bo`lish Isokratgacha ixtiro qilingan va bu sohada muayyan yutuqlar qo`lga kiritilgan edi. Isokrat esa ana shu yutuqlarni yanada rivojlantirdi. Isokratning bu sohada qo`shgan salmoqli hissasi shundan iboratki, u har bir nutqiy davrning musiqiy yakunlanishi bo`yicha katta amaliy ishlar qildi. Ayni paytda u o`z ustozi Gorgiyning nutqni qofiyalash orqali musiqiylikka erishish tajribasidan voz kechdi. Ana shuning natijasida Isokrat nutqlarining ayrim davriy bo`laklari o`zining cho`ziqligi, bir xilligi tufayli talqiniy monotonlikka ham olib keldi.
Isokrat nutqning musiqiyligini so`z va jumlalarning ichki konstruktsiyalaridan izladiki, bu yangi qadam edi. Jumladan, u ayrim tovushlarning so`z tarkibida o`rinsiz takrorlamaslikka harakat qildi. Ammo tovushlarning nutqqa jarangdorlik va musiqiylik bag`ishlagan chog`larida esa, u ana shu imkoniyatdan keng foydalangan. SHuning uchun ham Isokratning bu sohadagi tajribalari muayyan til imkoniyatlaridan kelib chiqib, tanqidiy o`zlashtirgan holda amal qilish zarur bo`lgan qimmatli merosdir.
Isey (miloddan oldingi taxminan 420—350 yillar).
Isey ham notiqlik san`ati va shunga yondosh predmetlar bo`yicha maxsus ta`lim olgan, suyagi san`at bilan kotgan yirik notiqlar jumlasiga kiradi. U asosan logograflik bilan shug`ullangan.
Iseyning logograflik va notiqlik faoliyatiga xos bo`lgan xususiyatlardan biri uning so`zga chechanligidir. U o`zining ana shu iqtidori, notnqlik mahorati tufayli qo`liga tushgan har qanday ishni o`zi va mijozi foydasiga hal qila olardi.
Isey logograflik va notiqlikda Lisiy va Isokrat kabi mashhur so`z ustalariga ergashdi. Ular nutqidagi musiqiylik va mantiqiylik va boshqa xususiyatlar Isey nutqiga.ham xosdir. Biroq, ana shu xususiyatlarning yangi imkoniyatlarini, mutlaqo yangi fazilatlarini ochishda zo`r mahorat ko`rsatdi.
Isey nutqlarining ekonomiyasi, ya`ni kompozitsiyasi unchalik murakkab emas. U ibtido, diegyozp, argimentatsaya va epilog kabi qismlardan iborat. Ammo Kseyning ekonomiyasiga oid boshqa bir jihat ham bor. Gap shundaki, notiq zarur bo`lganda, nutq kompozitsiyasidagi komponentlar o`rnini almashtirib yuboravergan. Buni u har bir ishning konkret mazmunidan, har bir vaziyatning individual talablaridan kelib chiqib qilganki, notiqning ana shu ijodiy yondashuvi ham ibratlidir.
Isey nutq jarayoniga ham ijodiy yondashadi. U so`zlayotgan paytida muayyan fikr va faktlarning bir necha marta takrorlanishidan qurqmagan. CHunki har takrorlashdan ana shu faktning yangi bir qirrasini yoritib bera olgan. SHuningdek, u o`z nutqlariga istagancha rivoyat, afsona va hikmatlarni qo`shib yuborganki, bu illyustrativlik me`yori yolg`iz Iseyning o`ziga va konkret nutqning vaziyatiga bog`liq bo`lgan. Nutqlarning argumeitatsiya qismida esa u ustozi Lisiyning uslubiga qarshi boradi.
Ma`lumki, Lisiy argumentatsiya qismida kuchli argumentlarni birinchi o`rinda keltirar va borgan sayin argumentlarning ta`sir kuchi susayib borardi. Isey esa aksincha yo`l tutadi. Bu qismda u dastavval kichik-kichik faktlardan boshlab, da`vo dalillari ta`sirini tobora oshirib boradi. eng oxiriga esa qaqshatqich zarba beruvchi, kuchli argumentlarni ishga solib, shundan keyin darhol xulosa chikarardi. Isey bu usul bilan o`z raqibi, ba`zan sud xay`atini va tinglovchilarni ham dovdiratib qo`yardi.
Isey nutqlarining argumentatsiya qismidagi yana bir jihati e`tiborni jalb qiladi: agar Lisiy argumsntatsiyada entimema uslubini, ya`ni nutqni yig`iq va ixcham bayon qilish uslubini qo`llagan bo`lsa, Isey uchun esa, aksincha, epixreyma, ya`ni, nutqni juda keng, batafsil va juda aniq bayon etish shaklsi ma`qul bo`lgan.
Likurg — o`z davrining gumanist notig`i, davlat, fan va madaniyat arbobi. Tarixchilarning aytishlariga ko`ra u demokratiya tarafdori, Demosfenning maslakdoshi bo`lgan. YOshi ham Demosfendan sal ulug`roq bulib, 324 yili vafot etgan.
Likurg notiqlik san`ati asoslari, falsafa va yurisprudentsiya bo`yicha Platon va Isokratlan maxsus ta`lim olgan. Iste`dodi va notiqlik mahorati tufayli Afina davlatining eng yirik notiqlari va arboblari safidan joy olgan. Miloddan oldingi 388 yildan boshlab u davlat xazinachisi sifatida (hozirgi tushunchada moliya Vaziri) Afina iqtisodini boshqaradi.
Likurg ana shu lavozimda turib qator xayrli, demokratik ruhdagi ishlarni amalga oshirdi.
Likurg zabardast notiq ham edi. U o`z mansabi va ijtimoiy mavqei taqozosiga ko`ra ko`proq davlatning ichki masalalariga oid siyosiy nutqlar so`zlardi. Likurg o`z nutqlarida Afina davlatini mag`lubiyatga olib kelgan fartorlarni va bunga sababchi shaxslarni fosh qilar, shuningdek, nikohni buzuvchi, dinni haqoratlovchi shaxslarning kirdu- korini qat`iy qoralardi. Likurg nutqlarini tematik jihatdan tasnif qilish mumkin: 1) harbiy jangovarlik; 2) sisyosiy ijtimoiy; 3) axloqiy mavzudagi nutqlar.
Talkin aspekti jihatidan yondashganda, Likurg nutq so`zlayotgan chog`da o`zini g`oyat tantanali, xotirjam tutar, nutqlari nafis, jiddiy va mantiqiy ediki, bu sifatlar uni ulkan notiqlar darajasigacha ko`tardi. Likurg YUnon xalqiniag haqiqiy farzandi edi. Unint xizmatlari yuksak taqdirlandi. U halol xpzmatlari uchun bir necha marta eng oliy mukofot — oltin gulchambar bilan mukofotlandi. Vafotidan so`ng Afinada unga katta haykal o`rnatildi, barcha qarindosh-urug`lariga davlat tomonidan alohida ehtirom ko`rsatildi, Likurg chiqargan progressiv qonunlar va uning hikmatli so`zlari yozdirilib, Akropolga o`rnatildi.

Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling