Rim notiqligi O`rta asr notiqlik madaniyati davrlari


Attikalik o`nta notiq qonuni


Download 71.71 Kb.
bet3/8
Sana23.09.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1686403
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'arb Notiqlik Maktabi Mavzu

Attikalik o`nta notiq qonuni. Attikada notiqlik san`ati keng rivojlandi, ko`plab zabardast notiqlar etishib chiqdi, notiqlik san`atiga oid talay ixtirolar qilindi, qo`llanmalar yaratildi, bu san`atga o`rgatuvchi notiq — pedagoglar paydo bo`ldi.
Biroq ellinizm davridagi keyingi yunon olimlari Attika notiqlaridan jonli so`z ustasi sifatida boryo`g`i o`ntagina notiqni tan oldilar, xolos. Natijada miloddan oldingi II asrlarga kelib, ana shu e`zozlangan va qudrati tan olingan o`nta notiqning hayoti va ijodiga oid merosni bir joyga yig`ib, «Attikalik o`nta notiq qonuni» («Kanon desyati atticheskix oratorov») nomli qo`llanma tuzdilar. Aslida bu qullanma ham emas, balki ana shu o`nta notiqning so`z san`atidagi mahoratini yorituvchi asardir. ellinizm olimlari ana shu o`nta notiqning tajribasini o`rganish notiqlar uchun qonun va shuni o`rganishning o`zi etuk so`z san`atkori bo`lib etishish uchun tafoya, deb hisoblaganlar. SHuning uchun bu «qonun» hanuzgacha notiqlik asoslarini o`rganishning eng tabarruk manbalaridan biri hisoblanadi. To`g`rirog`i, unda yuqorida nomi zikr etilgan o`nta ijodkorning amaliy va nazariy tajrnbalari o`rganiladi.
«Attikalik o`nta notiq qonuni»ga kiruvchi notiqlar quyidagilardir: 1. Antifont. 2. Andokid. 3. Lisiy 4.Isokrat. 5. Isey. 6. Likurg. 7. De’osfen. 8. esxin. 9. Giperid. 10. Dinarx.
«Qonun», ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, milodning II asrlarida, ya`ni Avgust hokimligi davrida Gekiliy Kalaktinskiy ismli olim tomonidan tuzatilgan va takomillashtirilgan deb taxmin qilinadi. SHundan keyingi hamma davrlarda esa bu «Qonun»ga deyarli hech qanday o`zgarish kiritilmadi va u asrlar davomida ritorika asoslarining eng tabarruk qo`llanmalaridan biri bo`lib keldi.
Bu «qonun» garchi hech qanday qo`llanma bo`lmay, shunchaki xrestomatik xarakterdagi bir narsa bo`lsa ham unda ijodi mujassamlashtirilgan notiqlar shu qadar zabardast, shu qadar etukki, ularning notiqlik san`atiga oid qonunlari hali uzoq vaqt o`z kuchini yo`qotmasligi muqarrar. SHuning uchun, «Attikalik o`nta notiq qonuni» ham, shu qonunni tashkil etuvchi notiqlar siymosi ham jahon madaniyati tarixida mo``tabar tutiladi. Ularning qisqacha ijodiy qiyofasi quyidagilardan iborat.

Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling