Rim notiqligi O`rta asr notiqlik madaniyati davrlari


Download 71.71 Kb.
bet7/8
Sana23.09.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1686403
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
G\'arb Notiqlik Maktabi Mavzu

Demosfen uslubi.
1. Demosfen nutq matnida ham, nutq talqini jarayonida ham arxaizmdan qochadi, juda latif va jozibador so`zlarni qo`llamaydi, yangicha s o`z, ibora va terminlar to`qimaydi. Faqatgina, gohi-gohida xalq hikmatlaridan va maqol-matallardangina foydalanadi.
2. U nutqlarida biror tushunchani ifoda etuvchi sinonimlarni ko`p qo`llaydi. Masalan, «mayli gapirsin va maslahat bersin», «shodlanmoq va quvonmoq», «yig`lamoq va ko`z yoshi to`kmoq», «so`zlar va nutqlar» kabi sinonimlar uning nutq matnlarida ko`plab uchraydi.
3. U nutqda uzuq-yuluqliklardan qochar, qisqa bo`g`in, kalta-kalta jumlalarni ishlatmasdi, aksincha, uzun, cho`ziq bo`g`inlarni ko`plab qo`llashni xush ko`rardi.
4. Nutq matnlarini tayyorlash jarayonida gapning boshi va oxiriga mantiqiy urg`u tushuvchi, muhim ma`no kasb etuvchi so`zlarni qo`yardi.
5. Nutqda musiqiylik va ta`sirchanlikka erishish uchun jumlalarning oxiri nasriy she`r bilan, muayyan vazn bilan tugashiga alohida e`tibor berardi.
6. Demosfen nutqlaridagi davrlanish kompozitsion yaxlitlikka va mutanosiblikka ega edi. Uning har bir nutqiy davri oldingi va keyingisi bilan mantiqiy mustahkam bog`lanib, ulardan birortasini isloh etish mazmunga ham, shaklga ham katta putur etkazardi.
7. Ayrim, o`zi uchun muhim tuyulgan so`zlarni ongli ravishda bir necha marta qaytarishni yoqtirardi.
8. So`z va jumlalarni o`zaro qarama-qarshi qo`yib ifodaviylik va obrazlilikka erishishni xush ko`rgan. Jumladan, «Gulchambar haqida» nomli nutqida esxinga qarata deydi: «Sen savod chiqararding, men bo`lsam maktabga qatnardim, sen maqtovlar tayyorlarding, men maqtanuvchi edim, sen xorda raqsga tusharding, myon xorning xo`jayini edim, sen kotib eding, men bo`lsam xalq majlisida qatnashardim, sen mayda rolda chiquvchi aktyor eding, men esa tomoshabin edim, sen rasvo qilib o`ynarding, men bo`lsam hushtak chalardim».
9. Ritorik savollardan unumli va o`rinli foydalanardi. SHuning uchun ham, uning nutqlarida «Xo`sh, buning xammasiga sabab nima», «Nega endi men buni xozir gapirayapman?» kabi ritorik savollar ko`plab uchraydi.
10. Demosfenning nutqlari eng avval o`zining chuqur mazmundorligi, siyosiy o`tkirligi kabi xislatlari bilan diqqatga sazovor edi. SHuningdek, uning fikrlari nihoyatda olijanob, vatanparvarlik ruhi bilan sug`orilgan, samimiy pafosi bilan xarakterlanar edi.
11. U nutq talqini jarayonida emotsional hayajon, jestikulyatsiya, mimika kabi psixofizik va tashqi ifoda vositalaridan unumli foydalanardi.
12. Demosfen o`zining notiqlik missiyasiny faqatgina Vatanga va xalqiga halol xizmat qilishdan iborat, deb tushunardi. Uzi aytganidek, «notiqning ovozi va so`zlari qimmatli emas, aksincha, undagi eng qimmatli narsa shuki, xalq nimagaki intilayotgan bo`lsa u ham shunga intilsin, vatani kimni sevsa yoki yomon ko`rsa u ham ana shu kishilarni sevsin yoki yomon ko`rsin».
Xullas, Demosfen Afina notiqligining yirik namoyondasi bo`lib, uning texnik mashqlari, nutq talqini jarayonidagi usullari, nutq ustida ishlash uslublari, til imkoniyatlaridan foydalanish va notiqlikning talqiniy ifoda vositalarini mohirona ishga sola olishi kabi fazilatlari hozirgi davr notiqligi uchun ham amaliy va nazariy ahamiyatga ega.
Esxin (Miloddan avvalgi 390 yilda tug`ilgan). Kambag`al oiladan bo`lganligi tufayli notiqlik san`ati asoslarini maxsus maktablarda emas, mustaqil o`rganishga majbur bo`lgan.
Tashqi ko`rinishi chiroyli, barvasta, jarangdor ovozga ega ekanligi tufayli u aktyor bo`lsammi, notiqmi deb ikkilanib yuradi. Nihoyat aktyorlikni tanlaydi, lekin uchinchi darajali rollardan (tritagonistlikdan)nariga o`tolmaydi. Bir kuni u sahnada yiqilib oyog`ini shikastlab oladi va shu bahona bo`lib, ishni kotiblikka almashtiradi. Nihoyat, evbulga kotib bo`ladi va uning siyosiy notiqlik faoliyati boshlanadi.
Uning asosiy notiqlik faoliyati Demosfen bilan bo`lgan siyosiy bahsda namoyon bo`ladi. Rodosga ketgandan keyin esa ritorikadan dars berish bilan shug`ullanadi.
esxin logografiyadan dars olmaganligi uchun uning nutq matnlari, tili kompozitsion jihatdan uncha ahamiyat kasb etmadi. Ammo esxin notiqlik faoliyatida talaffuzning burroligi, teatr deklamatsiyasiga ustalign alohida o`rin tutadi. U uzining yuksak saviyali, ta`sirchan deklamatsiyasi bilan tinglovchilar qalbini rom etgan va shuning uchun ham bo`lsa kerak, «Attikalik o`nta notiq qonuni» ga kiritilgan.
Giperid. U o`rta hol oilada (miloddan oldingi 389 yilda) tug`ilgan. Giperid Demosfenning zamondoshi bo`lib, ayrim tarixchilar notiqlik borasida uni Demosfendan ham yuqori qo`yadilar.
Giperid notiqlikni Isokratdan, falsafani Platondan. o`rgangan. Uz davrida Afina davlatining yirik siyosiy arbobi va notig`i bo`lib tanilgan.
Siyosiy-ijtimoiy qarashlariga ko`ra demokratiya tarafdori bo`lib, Demosfen bilan birgalikda Afina davlagi va yunon xalqining iqboli uchun kurash olib bordi. Ayniqsa, makedoniyaliklar Afinaga hujum boshlagan davrda Giperidning besh yuzlar Kengashining a`zosi sifatidagi siyosiy, harbiy va notiqlik mavqei oshib bordi. U Kengash majlislarining deyarli har birida so`zga chiqar, o`zining takliflarini dadil o`rtaga tashlar va xalq majlislarida ana shu takliflarning amalga oshishi uchun astoydil kurashardi.
Bir kuni Giperidning taklifiga e`tiborli davlat arboblaridan biri e`tiroz bildirib, bu suz yuridik jihatdan qonunga muvofiq emasliginn isbot etadi. SHunda Giperid unga javob bera turib, deydi: «Makedoniyaliklar qilichining yaraqlashi mening ko`zimni qamashtirib qo`yyapti, shuning uchun ham men qonunlarga qarayolmayman» deb javob beradi va o`z taklifi bo`yicha Kengashning ijobiy qarorini chiqartiradi.
Boshqa bir majlisda esa u urush masalasi reja aloqador bo`lgan muhim va keskin qaror chiqartiradi. Kengash a`zolaridan ayrimlari bu qarorning juda keskinligini aytib e`tiroz bildirganlarida, Giperid ularga javoban deydi: «Bu qarorning muallifi men emas, balki Xeroneyada bo`layotgan urushdir». Ko`rinadiki, Giperid notiq sifatida munozara olib borishda ham kuchli bo`lgan va o`z raqiblariga o`tkir obrazli iboralar bilan inobatli javob bera olgan.
Giperidning notiqlik faoliyatida uning Kengash va xalq majlislarida son-sanoqsiz siyosiy va harbiy mavzudagi nutqlari qatori, urush qurbonlari xotirasiga bag`ishlab so`zlagan motam nutqlari — epitafiyalar ham muhim ahamiyat kasb ztadi. CHunki,.Giperid juda ko`p epitafik nutqlar so`zlagan, ularda vatan ozodligi uchun halok bo`lgan jangchi va sarkardalarni ehtirom bilan ulug`lagan, makedoniyalik bosqinchilarning yovuz niyatlarini fosh etgan, jangchilarda dushmanga nisbatai nafrat va intiqom g`azabini qo`zg`atgan. Uning otashin nutqlari dovrug`i yov tomonga ham etib borar va ularni g`azablantirardi.
Giperid notiq sifatida juda soddalik va aniqlikka intilgan. SHuning uchun ham tarixchilar uning notiqlik uslubini Demosfenning yuksak pafosli uslubi bnlan qiyoslab, «Ayrim xatolardan xoli bo`lmagan yuksaklik ma`qulmi yoki xatodan mutlaqo xoli bo`lgan o`rtacha me`yormi — qay biri durustrok; ko`p sonli fazilatmi yoki yuksak fazilatmi?» deydilar. Bu bilan Giperidning «xatodan mutlaqo xoli», «yuksak fazilatli» nutqlari Demosfenning his-hayajonga to`la, pafos bilan sug`orilgan nutqlariga ko`ra durustroq demoqchi bo`ladilar.
Giperid notiqligi talay fazilatlarga egaki, ulardan ayrimlari e`tiborga loyiqdir. Ana shu fazilatlardan yuqorida eslatilganidek, nutqning til va uslub jihatdan sodda, hamma uchun tushunarli, masalaning esa dangal va ochiq-oydin qo`yilishidir. Ana shu soddalik va dangallik, ayniqsa uning epitafiyalarida yanada yorqinroq namoyon bo`lgan, chunki Giperid ana shu toifadagi nutqlarning aksariyatini jangchilar huzurida so`zlagan.
Ritorik qoidalar va nutqiy figuralar masalasiga kelganda esa, Giperid negadir ularga ko`p ham mayl ko`rsatmagan. Biroq Giperid til va fikr ifodasining boshqa bir imkoniyatidan olimona hikmatli va o`tkir iboralardan keng foydalangan. Bu sohada uning nutqlari obrazli ifodaning eng yaxshi namunasi bo`la oladi. SHunisi ham borki, ana shu o`tkir ibora, obrazli gaplarning ko`pchiligini uning o`zi yaratgan.
Giperid notiqligshshng ibratli va ta`sib etishga arzigulik bir xususiyati, uning notiq sifatida komizmga moyilligidirki, bu xususiyat ungacha o`tgan notiqlarning deyarli hech birida uchramaydi. U nutqlari o`rtasida o`rni-o`rni bilan dilkash latifalarni, qiziqarli sarguzashtlarni qo`shib yuborar va bu bilan tinglovchilar simpatiyasini qozonar edi.
Dinarx Afina notiqligi tushkunlik sari yuz tutgan davrning namoyandalarndan biridir. U miloddan oldingi 361—360 yillarda tug`ilgan,
Dinarx falsafa bo`yicha Aristoteldan, notiqlik va yurisprudentsiyadan esa Feofrastdan tahsil olgan. Amalda zsa notiqlikda Lisiy, Giperid va Demosfenga ergashdi.
Notiq sifatida, ayrim tarixchilar uni qo`pol so`zli deb ataydilar. Dinarx Attika notiqligiga hech bir yangilik qo`sha olmadi. Ammo qadimgi olimlar uni «Attikalik o`nta notiq qonuni» to`plamiga kiritganlar. Hozircha shunisi aniqki, u eng mo``tabar notiqlar qatori «Qonun»ga kiritilgan, ammo uning notiqlik qiyofasini aks ettiruvchi Lisiy, Isey, Demosfenlar bilan bir safda turishini isbotlovchi hech bir hujjat yo`q.
Attika notiqligi .taxminan miloddan oldingi 390—320yillar davomida aniqrog`i, 70 yilcha gullabyashnadi. 360—322yillar esa ana shu taraqqiyotningyuqori cho`qqisi hisoblanadi.
Makedoniyaliklarga taslim bo`lib, o`zining siyosiy mustaqilligini yo`qotishi bilan birga YUnoniston davlatlariga xos bo`lgan demokratiya va bu demokratiyaning asosiy organlari bo`lgan besh yuzlar Kengashi va xalq majlislari ham chinakam demokratik mohiyatini yo`qotdi. SHu bilan bir qatorda notiqlik san`ati ham o`zining mavqeini yo`qotdi va tanazzul sari yuz tutdi. Avvalgi yaratuvchi qudratga ega bo`lgan zabardast notiqlik o`rniga diatriba, ya`ni o`quv deklamatsiyasining bir turi paydo bo`ldiki, uning asoschisi Demetriy Falerskiy hisoblanadi.
Demetriy Falerskiy (vafoti miloddan oldingi 280yil) tushkunlikka uchrayotgan va o`zining yaratuvchilik qudratini mutlaqo yo`qotib borayotgan notiqlik san`atini qutqarib qolishga intilgan va bu sohada muayyan yutuqlarni qo`lga kiritgan ritor va notiqlardan hisoblanadi.
Falerskiy notiqlik san`atining ijtimoiy-siyosiy mavqei pasayib ketayotganliginn, demokratiyasiz bu san`at sira asliga kelmasligini yaxshi tushunadi. SHuning uchun ham yuksaklikka erishgan Afina notiqligi yutuqlarini saqlab qolish niyatida maxsus notiqlik maktabi ochadi va u erda bu san`atning asoslarini o`rgata boshlaydi.
Diatriba deb atalgan o`quv deklamatsiyalarida qiziqarli konfliktlar, o`quv nutqi tayyorlash va uni so`zlash, tragediyalarni qayta gapirib berishga alohida e`tibor beriladi. Natijada o`kuvchilar nutq so`zlash asoslarini muayyan darajada o`rganadilar, ammo ijtimoiy-siyosiy ehtiyoj yo`qligi tufayli, bu san`at amalda deyarli hech qanday ish bermaydi.
Demetriy Falerskiy yuqorida eslatganimizdek, yirik notiq, davlat arbobi, olim va yozuvchi sifatida notiqlik san`ati an`analarini saqlab qolish uchun qo`lidan kelgancha urindi. U o`zi ta`lim olgan Feofrast maktabining barcha fazilatlarini yoshlarga singdirish, o`zidan oldin o`tgan attika notiqlarining tajribalarini qanday bo`lmasin amalda o`rganish niyatida notiqlik san`ati muxlislarini birlashtiruvchi maktablar ochdi. Bu bilan cheklanib qolmay, shu maktablar uchun qator-qator namunaviy nutq matnlarini ham yozib, boqiy qoldirdi. Ammo uning Afina notiqligining mavqeini tiklash uchun qilgan jonbozligi behuda edi. CHunki, notiqlik san`ati ustidan ijtimoiy tuzumning qat`iy hukmi chiqib bo`lgan, demokratiya yo`q joyda bu san`at ravnaq topishi mumkin emasdi. SHunday qilib, bir asrga yaqin muddat davomida olamni hayratda qoldirgan Afina notiqligi muqarrar tanazzul sari yuz tutdi.
Ellinizm davri notiqligi. Miloddan oldin 336yilda o`z otasi Filippning harbiy istilochilik yurishlarini davom ettirgan jahon fotixi Aleksandr Makedonskiy YUnonistonni butunlay bosib oldi. SHundan so`ng sharq mamlakatlariga yurish boshlab, Misr va Hindistongacha bo`lgan,territoriyani qo`lga kiritdi. Natijada, YUnonistondan Hindistongacha bo`lgan katta territoriyada Aleksandr Makedonskiy hukmronligi boshlandi. Ana shu tufayli yunon (elin) xalqining fan va madaniyat bobidagi yutuqlari,tafakkur durdonalari sharq mamlakatlariga ham yoyila boshladi. Bu madaniyat jahonning Makedonskiy hukmronligi ostidagi juda ko`p xalqlar madaniyatini birlashtirdi va yagona bir madaniyatni vujudga keltirdiki, tarixda bu davr madaniyati ellinnizm davr madaniyati deb yuritiladi.
Ellinizm davrm madaniyati tufayli yunon notiqligining yutuqlari sharq mamlakatlariga siylay boshladi va bu sohada muaynm jonlanish boshlandi. Ayniqsa, sharq mamlakatlarida yunon notiqlik san`atining yutuqlari o`rganila boshlandi va u yoki bu xalqqa mansub notiqlik bilan ellin notiqligining o`zaro birlashuvi natijasida yangi bir sintetik notiqlik taraqqiyoti boshlandi. Bu taraqqiyot milodning birinchi asrlarigacha davom etdi.
Biroq ellinizm davridagi sintetik notiqlik taraqqiyoti ham mutlaqo nisbiy xarakterga ega edi. CHunki, bu davrda demokratiya o`z kuchini yo`qotdi, quldorlik tuzumi kuchaydi, boshqarish mutlaqo davlat apparatiga, mustabidlar qo`liga o`tdi. Bu hol madaniyat va san`atning taraqkiyoti kabi notiqlik san`atining rivojlanishi uchun ham sharoit yaratmadi. SHunday qilib ellinizm davrida notiqlik san`ati o`zining siyosiy-ijtimoiy mavqeini yo`qota bordi.
Rim hukmronligi davrida yunon notiqlik san`ati. Rim istilochilari miloddan oldingi II asrning boshlarida butun YUnonistonni zabt etib, katta impernya tuzdilar. Natijada YUnistonning yuksak madaniyati va san`ati Rim imperiyasining barcha o`lkalariga faol ta`sir eta boshladi. Ko`plab yunon olimlari, ilm-fan arboblari, san`at namoyandalari Italiyaga, xususan, Rimga yo`l ola boshladilar. Ular o`zlarining bilim va san`atlari bilan Rim imperiyasining aholisi ko`zini ocha boshladilar. Mahalliy olim va fozillar ham yunon madaniyatini egallab, uni o`z xalqlariga etkazishni burch va sharaf deb hisoblardilar. .
Afina esa, hamon ma`rifat va madaniyatning eng qaynoq o`chog`i bo`lib hisoblanardi. SHuning uchun har bir rimlik Afinaga borib tahsil olishni o`z burchi deb bilardi.
Rim istilochilari zulmidan parokanda bo`lgan va busiz ham tanazzulga yo`l tutgan yunon notiqlik san`ati qayta qaddini tiklay olmadi. Afina davlatining gullab yashnagan davrida taraqqiy etgan yunon notiqlik san`ati jahon notiqlik san`atining cho`qqisi bo`lib .qoldi. SHuning uchun ham Attika notiqligi hanuzgacha bu san`atnnng eng yuksak cho`qqisi sifatida barcha davr notiqligi uchun namuna bo`lib kelyapti

Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling