Риштон туман хтмфмттэ бўлими тасаруффидаги 1-сонли ўрта умумтаълим мактаби №23-сонли буйруғидан


Download 0.89 Mb.
bet19/58
Sana22.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1684534
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Bog'liq
4-sinf Matematika fanidan to\'garak hujjatlari

Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomotni aniqlash, `o`quvchilarni o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish, aylanma daftarlarni almashtirish.
II. Otgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O`tilgan darsda “Takrorlash ” yuzasidan savol-javob o`tkazish, uy vazifasini bajarilishini tahlili o`tkazilib no`to`g`ri bajarilgan misollar yuzasidan ko`rsatma beraman.
III Yangi mavzu bayoni:
Anvar bilan Ulug‘bek yog‘och g‘o‘la bo‘lakchasini kim uzoqroqqa otish bo‘yicha musobaqalashishdi.Ularning har biri besh martadan uloqtirgandan so‘ng, o‘z natijalarini taqqoslay boshlashdi. Anvarning natijalari: 9 m, 14 m, 9 m, 15 m,13 m.Ulug‘bekning natijalari: 10 m, 15 m, 11 m, 10 m, 9 m.Bolalardan har biri o‘zini g‘olib hisoblamoqda.Nima deb o‘ylaysiz, ular qanday natijalariga ko‘ra o‘zlarini g‘olib sanamoqdalar?
Yechish.
Ma’lum ko‘rsatkichlar bo‘yicha ularning ikkisi ham haq. Biroq g‘olibni aniqlash uchun, odatda,natijalarning o‘rta arifmetik qiymatidan foydalaniladi.O‘rta arifmetik qiymatni toppish uchun sonlarning yig‘indisini hisoblash, keyin esa bu yig‘indini qo‘shiluvchilar soniga bo‘lish kerak. Anvar ko‘rsatgan natijalarning o‘rtacha qiymati: (9 + 14 +9 + 15 + 13) : 5 = 60 : 5 = 12 (m)
Ulug‘bek ko‘rsatgan natijalarning o‘rtacha qiymati:(10 + 15 + 11 + 10 + 9) : 5 = 55 : 5 = 11 (m)
Natijalarning o‘rtacha qiymatlari bo‘yicha Anvar g‘olib.
2. Quyidagi sonlarning o‘rta arifmetigi nimaga teng?
1) 28, 36, 19, 41; (28+36+19+41):4=124:4=31
2) 136, 140, 147; (136+140+147):3=423:3=141
3) 115, 116, 169, 100, 120; (115+116+169+100+120):5=620:5=124
4) 245, 236, 235, 280? (245+236+235+280):4=996:4=249
3. Rayxona mutaxassislik bo‘yicha 4 ta sinov imtihoni topshirdi. U birinchi safar 224, ikkinchi safar – 200, uchinchi safar – 270, to‘rtinchi safar – 230 ball to‘pladi. Rayxona to‘plagan ballarning o‘rtacha miqdori nechaga teng?
(224+200+270+230):4= 924:4=231
4. Tikuvchi bitta ko‘ylakni tikish uchun 3 m, ikkinchi ko‘ylakka 2 m 40 cm, uchinchisiga 3 m 20 cm, to‘rtinchisiga esa 3 m 40 cm mato sarfladi. Tikuvchi bitta ko‘ylak tikish uchun o‘rtacha qancha mato sarflagan?

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling