18-aprel 2022-yil
15.
|
“Ozodalik-salomatlik kaliti”. Qizlar gigienasi masalalari nima?
|
Mashg’ulotlarni qizlarning onalari va o’smirlar yoki ginekolog shifokor bilan hamkorlikda o’tkazish zarur. Qizlarga reproduktiv salomatlik, gormonal o’zgarishlar, sog’lom turmush tarzi kabi tushunchalarni batafsil izohlab, yon daftarchalariga qayd etib qo’yishlariga erishish zarur. Ushbu mavzuni AKTlardan keng foydalanib, qizlarning aynan o’zlari bilan ijtimoiy roliklar tayyorlasa ham bo’ladi.
|
25-aprel 2022-yil
|
16.
|
“Bugun uyda onam yo’q…” Qizlarning kun tartibi qanday bo’lishi kerak?
|
Mashg’ulotga keksa buvijonlar, qizlarning onalari hamda shifokor taklif etilib, hamkorlikda kun tartibi tuzilishi, unga rioya etish esa nechog’li ahamiyatli ekani qizlarga hayotiy misollar bilan singdirilishi kerak. Bundan tashqari mehmon kutish va dasturxon tuzash kabi chiroyli urf-odatlarimizning muhim elementlarini ham kiritish mumkin.
|
2-may 2022-yil
|
17.
|
“ Yaxshi dugona bo’lish sirlari”. Do’stlik, mehr-oqibat - insoniy tuyg’ulardir.
|
Ushbu mavzu bu yoshdagi qizlar uchun uta dolzarb bo’lganligi sababli, unga maktab ruhshunosi, endokrinolog shifokor va onalarni taklif etgan holda, davra suhbati tarzida o’tkazish tavsiya etiladi.
|
16-may 2022-yil
|
18.
|
“Ovkatlanish ratsioni nima?”, “Sexrli Yod haqida bilimlarimizni oshiramiz”
|
Mashg’ulotlar tor mamutaxassis shifokor va maktab kimyo-biologiya o’qituvchilari bilan birgalikda o’tkazilishi, to’g’ri ovqatlanish tamoyillari va yod tanqisligining qizlar salomatligiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berish tavsiya etiladi.
|
|