31-oktyabr 2022-yil
29.
|
“Qizim senga gapim bor”
|
Mashg’ulot mahalla maslahatchilari va faxriy ustozlar bilan ma’naviyat soatlari ko’rinishida o’tkazilishi, qizlarning fiziologik-ruhiy o’zgarishlar bo’layotgan davrida kerak bo’ladigan maslahat va o’gitlarni shaxsiy hayotiy tajribalaridan kelib chiqib o’rtoqlashishlari, munozaraga kirishishlari taklif etiladi.
|
4 oktyab 2022-yil
|
30.
|
“Sizga o’xshasam deyman…” Shoira va chin sadoqat timsoli bo’lmish Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bagishlangan adabiy-badiiy kecha.
|
Kechani uyushtirishga o’ta mas’uliyatli yondoshish kerak. Zero,qizlar aynan Zulfiyaxonimning hayot yo’llarini, ma’naviy dunyosini o’zlariga namuna-ideal qilib olishlari uchun bu shaxsning yuksak insoniy fazilat sohibasi, nozik qalb egasi bo’lganligini ochib berish talab etiladi. Bu tadbir qizlarda tom ma’noda Zulfiyaxonim shaxsiga hurmat va havas bilan qarashga sabab bo’lishi kerak. Kechaga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari vakillaridan taklif etish maqsadga muvofiq bo’ladi.
|
7-noyabr 2022-yil
|
31.
|
“Biz soglom turmush tarafdorimiz!” aksiyasi.
|
Aksiya sport, tibbiyot, adabiyot, san’at va fan yo’nalishlarida o’tkazilishi uning mazmunan boy va qizikarli utishiga turtki bo’la oladi. Aksiya doirasida Vatanimiz nomini dunyoga tanitgan tanikli insonlarni taklif etib, uchrashuvlar, suhbatlar o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
|
14-noyabr 2022-yil
|
32.
|
“ Bilmayin bosdim tikanni…” Xotin-qizlar urtasida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbiri.
|
Tadbirni tumanning tegishli davlat va nodavlat hamkor tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chikilgan reja asosida uyushtirish kerak. Jinoyatchilik ko’chasiga bilmasdan kirib qolgan, hayoti zavol topgan, yorug’ kelajagiga qora dog’ tushgan shaxslar achchik hayoti kursatilib, qizlarga jinoyat ko’chasiga kirib kolish bir soniyalik xuzur,undan chikib ketish esa bir umrlik mashaqqat ekanini onglariga singdirish kerak. Mashg’ulotda berilgan fikr-mulohazalar xulosasi uy inshosi sifatida vazifa qilib berilishi lozim.
|
|