21-noyabr 2022-yil
33.
|
“Qizlarjonlar davrasi” ko’rik-tanlovi.
|
Tanlov o’tkazishdan maqsad-qizlarning ro’zg’or tutish, mehmon kutish, kiyinish va muomala madaniyatiga oid shu
kungacha egallagan bilim, ko’nikmalarini aniqlash, qolgan qizlarni ham faollikka undash, to’garaklar faoliyatini nazorat qilishdir. Buning uchun tanlovda e’lon qilingan shartlar puxta va rang barang bo’lishi, nazariy va amaliy sinovlar yosh jihatdan to’g’ri tanlanganiga e’tibor berilishi kerak.
|
28-noyabr 2022-yil
|
34.
|
“Tibbiy savodxonlik nima?”
|
Mashg’ulot qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, birinchi yordam, ularga favqulotdagi holatlarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan xatti-harakatlarni o’rgatish
maqsadida o’tkaziladi. Mashg’ulot malakali shifokor va hamshiraning amaliy saboqlari, ko’rgazmalari bilan boyitilishi kerak.
|
5-dekabr 2022-yil
|
35.
|
“Kitob-ma’naviy komillik kaliti” adabiy kechasi.
|
Tadbir nafaqat ma’lum bir asar taqdimoti, balki kitobning kishilik jamiyatidagi o’rni, inson komolotida uning zalvori va ahamiyati hususida fikrlar xilma-xilligi va kitobxonlik madaniyati xususida bahs-munozara bilan boyitilishi kerak.
|
12-dekabr 2022-yil
|
36.
|
“Men tadbirkor bo’laman!”
|
O’quvchi qizlarni tadbirkor, hunarmand va kasanachilik bilan shug’ullanib,bo’sh ish o’rinlari yaratib, yurtimiz ravnaqiga va oila byudjetiga hissa qo’shayotgan ishbilarmon ayollar bilan uchrashuv tashkil etish, ularning oiladan ortib, jamiyatda ham kerakli inson bo’lishlariga qanday omillar sabab bo’lganini,bu makomga erishish usullarini suhbat jarayonida qizlarga o’rgatish.ularda kelajak rejalarini tuzish, maqsad sari intilishga undashdir.
|
19-dekabr 2022-yil
|
37
|
“ O’tmishsiz kelajak yo’q”
|
Viloyatning ko’zga ko’ringan,ko’hna tarixiy obidalariga sayohat uyushtirib, biz mana shunday ma’naviy merosga munosib bo’lishimiz kerakligini, uni kelajak avlodlarga bekamu ko’st yetkazishimiz kerakligini o’rgatish maqsad qilinishi kerak.
|
26-dekabr 2022-yil
|