12-sentyabr 2022-yil
22.
|
“Sog’lom turmush tarziga biz bilan!” salomatlik va sport haftaligi.
|
Sport haftaligi musobaqalarida nafaqat o’quvchi qizlar, balki ularning onalari, oila a’zolarini farzandlari bilan ishtirok etishga jalb qilish kerak. Shunda biz qizlargina emas, mahallalardagi oilalarni ham sog’lom turmush tarziga, sportga oshno qilgan bo’lamiz. Haftalik albatta maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisi va shifokor ishtirokida o’tkazilishi kerak.
|
19-sentyabr 2022-yil
|
23.
|
“Tabiat va biz” ekomadaniyat kunlarini o’tkazish.
|
Ma’lumki uyimiz, ko’chamiz, mahallamiz sarishtaligi tom ma’noda bo’lgusi bekalar bo’lmish qizlarimizga bog’liq. Lekin biz ma’lum hududni ozoda qilish asnosida ko’pincha tabiatning ekobalansini buzib qo’yayotganimizni sezmaymiz ham. Mashg’ulotdan maqsad-qizlarga ekologiya,ekomuvozanat,tabiatni asrash kabi muhim tushunchalar hayotiy misollar sahna ko’rinishlari yoki roliklar ta’sirida singdirilishi kerak.
|
26-sentyabr 2022-yil
|
24.
|
“ O’zliging namoyon qil!» maktab tanlovi.
|
Ushbu shior ostida o’tkaziladigan tanlov adabiyot, san’at, sport, fan, hunarmandchilik va tadbirkorlik yo’nalishlarida uyushtirilishi kerak. Maqsad: qizlar orasidan bo’lajak Zulfiyaxonimlarni aniqlash, ularni qo’llab-quvvatlash, bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish va to’garak ishlarini jonlantirishdir. Tanlovda g’olib bo’lgan qizlar va ularning ustozlarini albatta rag’batlantirish kerak. Tanlov yakunida qilingan ko’rgazma va gala kontsert tashkil etish mumkin.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |