Risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi Risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari


Download 129.91 Kb.
bet5/7
Sana02.05.2023
Hajmi129.91 Kb.
#1421057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari

Risklardan qochish amaliyotida korxona tomonidan quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

  • risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz kechish;

  • shartnoma majburiyatlarini tizimli ravishda buzib kelayotgan hamkorlardan voz kechish;

  • yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish;

  • past likvidli aylanma aktivlardan yuqori darajada foydalanishdan voz kechish;

  • vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish.

Operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash amaliyotida esa quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

  • qarz mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha chegara belgilash (oʻz mablagʻlariga nisbatan);

  • yuqori likvidli aktivlar minimal chegarasini belgilash;

  • iste’mol va tijorat kreditlarining bitta xaridor boʻyicha maksimal miqdorini belgilash;

  • bitta bankka joylashtirish mumkin boʻlgan maksimal depozit miqdorini belgilish;

  • emitentlarga nisbatan qimmatli qogʻozlar boʻyicha maksimal moliyaviy qoʻyilmalar miqdorini belgilash;

  • debitorlik qarzi boʻyicha maksimal muddatni belgilash.

Xedjirlash orqali moliyaviy risklarning oldini olish quyidagilardan foydalanish orqali amalga oshiriladi:

  • fyuchers shartnomalaridan foydalanish orqali xedjirlash;

  • opsionlardan foydalanish orqali xedjirlash;

  • svop operatsiyalaridan foydalanish orqali xedjirlash.

Diversifikatsiyalash amaliyoti bevosita risklarni taqsimlash imkoniyatini yuzaga keltiradi va bu jarayon quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:

  • moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash;

  • valyuta portfelini diversifikatsiyalash;

  • depozit portfelini diversifikatsiyalash;

  • kredit portfelini diversifikatsiyalash;

  • qimmatli qogʻozlar portfelini diversifikatsiyalash;

  • real investitsiyalash dasturlarini diversifikatsiyalash.

Risklarni taqsimlash moliyaviy operatsiya ishtirokchilari oʻrtasida amalga oshiriladi va bu amaliyot quyidagi jarayonlarda tashkil etilishi mumkin:

  • risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash;

  • xom ashyo va materiallar boʻyicha risklarni mol yetkazib beruvchilar va xaridor oʻrtasida taqsimlash;

  • lizing munosabatlarida asosiy vosita ma’naviy eskirishini lizing oluvchi va lizing beruvchi oʻrtasida taqsimlash.

Shuningdek moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlaridan hisoblanuvchi boshqa metodlar sifatida quyidagilarni ham keltirish mumkin:

  • moliyaviy jarimalar yoki chegirmalar qoʻllash;

  • kafolatlar olish;

  • fors-major holatlari roʻyxatini qisqartirish.



    1. Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyoti


Nafaqat dunyo hamjamiyatida balki mamlakatimizda ham iqtisodiyot sub’ektlari o‘z faoliyatlari davomida riskka duch kelishadi. Riskning zarar keltirish ehtimolligi mavjudligi sababli, u iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan boshqarilishi va nazorat qilinishi kerak.
Moliyaviy risklarni tahlil qilish, baholash va boshqarish tizimi korxonaning strategik boshqarishning markaziy qismi hicoblanadi. 39 Moliyaviy risklarni boshqarishning asosiy maqsadi – kompaniya qiymatini maksimallashtirish jarayoniga hissa qo‘shish, ya’ni o‘zining moliyaviy resurslarini to‘liq (qisman) saqlab qolish yoki kutilayotgan foydaga erishish hisoblanadi. Bu korxonaning moliyaviy xolatiga ta’sir etuvchi potentsial “salbiy” va “ijobiy” omillarni aniqlashni anglatadi; korxona oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun yutuq ehtimolini oshiradi va yo‘qotishlar ehtimolini minimallashtiradi.
Moliyaviy risklarni boshqarish boshqaruv organi tomonidan qabul qilinib tasdiqlanishi kerak hamda korxonaning har bir xodimiga joylarda konkret vazifalarni belgilash orqali umumiy rivojlanish dasturi sifatida etkazilishi kerak.
Moliyaviy risklarni boshqarish yaxlit tizim sifatida qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi ustidan nazorat dasturini, olib borilayotgan tadbirlar samaradorligini baholashni, shuningdek korxonaning har bir bo‘g‘inida rag‘batlantirish tizimini o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish sohasi keng bo‘lib, turli rivojlanayotgan komponentlardan (tarkibiy qismlardan) iborat va ulardan eng muhimi – bu riskni baholash hisoblanadi.
Qiymat risk va daromadlilikning funksiyasi hisoblanadi, ya’ni naoniqlik sharoitida har bir qabul qilinadigan qaror qiymatni oshirishi, o‘zgarishsiz saqlab qolishi yoki pasaytirishi mumkin. Shundan kelib chiqib risk qiymatga erishish uchun katta ahamiyatga ega sanaladi va strategik yo‘naltirilgan kompaniyalar an’anaviy riskka yondashuvdan farqli ravishda riskni bartaraf etishga va hatto uni minimallashtirishga ham intilishmaydi. Aksincha bunday kompaniyalar o‘zlarini barcha tashkiliy qismlari bo‘ylab riskka uchrashni boshqarishga harakat qilishadi, ya’ni ma’lum bir davr uchun ular strategik maqsadlarga samarali erishishga kerakli
riskni maqbul darajada qabul qilishadi. Buni optimal riskni qabul qilish zonasi deyiladi va grafik ko‘rinishi 2-rasmda tasvirlangan.
Ushbu riskni qabul qilish zonasini aniqlash zarurati esa riskni baholash muhimligini ifodalaydi. Shu yo‘l bilan korxonalar har bir riskni korxonaning umumiy maqsadiga erishish uchun ta’siri qanday bo‘lishini tushunadi va nazorat qiladi.
SAMARASIZ OPTIMAL ORTIQCHA

RISK QABUL RISK QABUL RISK QABUL


Korxonaning kutilayotgan qiymati


RISK DARAJASI



Download 129.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling