Risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi Risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari


Download 129.91 Kb.
bet4/7
Sana02.05.2023
Hajmi129.91 Kb.
#1421057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari

Risklarni boshqarishda vaqt omilini hisobga olishprinsipi. Operatsiyalarni amalga oshirish davriga nisbatan ularga hamrohlik qiluvchi moliyaviy risklar diapazonining kengligi risklarning salbiy oqibatlarini neytrallashtirish imkoniyatlarini kamaytiradi. Korxona bunday operatsiyalarni amalga oshirishi zarurligi sharoitida talab qilinadigan daromad miqdorini aniqlashda risk uchun mukofot bilan bir vaqtda likvidlilik uchun mukofotni ham hisobga olish lozim.

  • Risklarni boshqarish jarayonida korxona strategiyasini hisobga olish prinsipi. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi korxona tomonidan tanlangan rivojlanish strategiyasiga mos umumiy prinsiplarga, mezonlarga va yondashuvlarga asoslanishi lozim. Asosiy rivojlanish strategiyasiga intilish risklarni minimallashtirish uchun kuchlarni markazlashtirish, risklarning umumiy doirasini aniqlash, ularni boshqarish uchun zarur resurslarni belgilash imkonini beradi. Oʻz navbatida bu parametrlarni bilish boʻlinmalar rahbariyatiga oʻz strategiyasini “risk – daromadlilik” koordinatasida baholash va ularni umumiy korporativ strategiyaga moslashtirish imkoniyatini beradi.

  • Risklarni oʻtkazish imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi. Bir qator moliyaviy risklarni qabul qilish ularning salbiy oqibatlarini neytrallashtirish boʻyicha korxona imkoniyatlari bilan oʻzaro mos kelmaydi, ya’ni ularni korxonaning oʻzi mustaqil bartaraf eta olmaydi. Bir vaqtning oʻzida bunday riskli operatsiyani amalga oshirishni korxonaning rivojlanish strategiyasi va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yoʻnalishi talab etadi. Mazkur holat yuzaga kelganda ularni qisman yoki toʻliq biznes boʻyicha hamkorlarga yoki tashqi sugʻurtalovchilarga oʻtkazish maqsadga muvofiq. Risklarni tashqi sugʻurtalash mezonlari korxonada moliyaviy risklar portfelini shakllantirishda hisobga olinishi lozim.

    Yuqorida keltirib oʻtilgan prinsiplar asosida korxonada moliyaviy risklarni boshqarish siyosati ishlab chiqiladi. Moliyaviy risklarni boshqarish siyosati moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq risklarning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini neytrallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishga qaratilgan korxona umumiy strategiyasining bir qismini oʻzida aks ettiradi.
    Moliyaviy risklarni boshqarish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni amalga oshirishdan iborat:

    1. Maqsadni belgilab olish.

    2. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan risklarni aniqlash.

    3. Risklarni baholash.

    4. Risklarni boshqarish metodlarini tanlash va ulardan foydalanish.

    5. Qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish va samaradorligini tahlil qilish.

    Keltirilgan bosqichlardan koʻrinib turibdiki, risklarni boshqarish jarayoni maqsadlarning belgilab olinishidan boshlanadi. Maqsadlar turli xil boʻlishiga qaramasdan korporativ moliya amaliyotida ular rejalashtirilgan darajada daromadlilikka erishishga, xarajatlarning oʻsishiga yoʻl qoʻymaslikka, mulkdorlar kapitalining oʻsishini ta’minlashga qaratiladi.
    Maqsadlar belgilab olinishi talab qilinadigan va egalik qilish mumkin boʻlgan zaruriy resurslar va ularning cheklanganligi, kutiladigan natija va unga erishish boʻyicha risk oʻrtasidagi turli xil ziddiyatlarni bartaraf etish imkonini beradi. Birinchi bosqichda amalga oshirish natijasida operatsiya yoki loyiha boʻyicha riskning dastlabki darajasi aniqlanadi.
    Ikkinchi bosqich faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan risk turlarini aniqlab olish, ularning asosiy manbalarini va risklar yuzaga kelishiga sabab boʻluvchi eng muhim omillarni aniqlashni nazarda tutadi. Koʻzda tutilgan faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek ichki va tashqi muhit buning uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Turlari, bazaviy belgilari, sabab boʻluvchi oqibatlari boʻyicha risklarni identifikatsiyalash ularni soʻnggi baholash, ta’sirini kamaytirish va neytrallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni toʻgʻri tanlash va qoʻllashda muhim ahamiyatga ega.


      1. Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari


    Amaliyotda korxonalar miqyosida moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki va tashqi mexanizmlari keng qoʻllaniladi. Bunda moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari sifatida risklardan qochish, moliyaviy operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash, xedjirlash, diversifikatsiyalash, risklarni taqsimlash va boshqa metodlarni keltirish mumkin.

    Download 129.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling