Risklar iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi Risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari


Download 129.91 Kb.
bet3/7
Sana02.05.2023
Hajmi129.91 Kb.
#1421057
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari

Konservativ yondashuvda boshqaruv ta’siri kechikadi. Agarda riskli hodisa yuz bersa, zarar operatsiya ishtirokchilari tomonidan oʻzlariga olinadi. Bunday holatda boshqaruv zarar ortib borishining oldini olishga, uning keyingi jarayonlarga ta’sirini neytrallashtirishga yoʻnaltiriladi. Bunday yondashuvda risklarni boshqarish boʻyicha xarajatlar odatda juda past darajada, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar esa yetarlicha yuqori boʻlishi kuzatiladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi ikki qismdan, ya’ni boshqariladigan (boshqaruv ob’ekti) va boshqaradigan (boshqaruv sub’ekti) qismlardan iborat. Bunda riskli operatsiyalar va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar boshqaruv ob’ekti hisoblanadi. Bunday munosabatlar sugʻurtalovchi va sugʻurtalanuvchi, qarzdor va kreditor, buyurtmachi va pudratchi, biznes boʻyicha hamkorlar va boshqalar oʻrtasida yuzaga keladi.
Turli xil usullar va yoʻllar orqali boshqaruv ob’ektiga maqsadli yoʻnaltirilgan ta’sirni amalga oshiruvchi shaxslar guruhi (moliyaviy menejerlar, risk menejerlar va boshqalar) boshqaruv sub’ekti hisoblanadi.
Mos axborot ta’minoti moliyaviy risklarni samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Bunda statistik, iqtisodiy, tijorat, moliyaviy, yuridik, texnik va boshqa axborotlarga talab yuzaga kelishi mumkin.
Ishonchli va dolzarb ma’lumotga ega boʻlish risklarni kamaytirish va foydani oshirishga bevosita ta’sir koʻrsatuvchi boshqaruv qarorlarini zudlik bilan qabul qilishga imkon beradi. Riskli operatsiyalarni amalga oshirishda zaruriy darajadagi axborot ta’minoti va undan samarali foydalanish zarar va yoʻqotishlar ehtimolini minimal darajagacha pasaytiradi.
Moliyaviy risklarni boshqarish quyidagi prinsiplarga asoslanadi.

  1. Risklarni ongli ravishda qabul qilish prinsipi. Agarda menejer biror bir operatsiya boʻyicha daromad olishiga ishonsa, ongli ravishda riskka borishi lozim. Risklardan qochish taktikasining qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ba’zi operatsiyalar korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan umuman chiqarib tashlanishi kerak.

  2. Qabul qilinadigan risklarning boshqarishga qulayligiprinsipi. Moliyaviy risklar portfeli tarkibiga ob’ektiv va sub’ektiv tabiatidan qat’iy nazar boshqarish jarayonida neytrallashtirish mumkin boʻlgan risklarni kiritish lozim. Boshqarilmaydigan risklarni tashqi sugʻurtalovchilarga yoki biznes boʻyicha hamkorlarga oʻtkazish maqsadga muvofiq. Bu prinsipning koʻpchilikka ma’lumligiga qaramasdan, korxona menejerlari risklarni boshqarish uchun zarur boʻlgan bilim, malaka va instrumentlarga ega boʻlmasalarda ayrim holatlarda risklarning boshqarilmaydigan turlarini oʻzlariga qabul qilishadi.

  3. Qabul qilinadigan risk darajasining oʻtkaziladigan operatsiyalar daromadlilik darajasi bilan taqqoslanishiprinsipi. Bu prinsip moliyaviy menejmentda eng muhim prinsip hisoblanib, moliyaviy risk darajasi kutilayotgan daromadlilik darajasiga mos tushgan holatdagina faoliyatni amalga oshirish lozimligini nazarda tutadi. Talab qilinadigan daromadlilik darajasiga mos kelmaydigan riskli operatsiyalardan voz kechish yoki risk uchun mukofot qayta koʻrib chiqilishi kerak boʻladi.

  4. Qabul qilinadigan risk darajasining mumkin boʻlgan yoʻqotishlar darajasi bilan taqqoslanishi prinsipi. Biror bir riskli operatsiyani oʻtkazish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar miqdori uni qoplash uchun shakllantirilgan zahira miqdoriga mos kelishi lozim. Aks holda riskli operatsiyaning yuzaga kelishi oʻz bilan korxonaning operatsion yoki investitsion faoliyatini moliyaviy ta’minlovchi aktivlarning ma’lum bir qismi yoʻqotilishiga olib keladi, ya’ni korxonaning foyda olish imkoniyatini va istiqboldagi rivojlanish darajasini pasaytiradi. Bunda risklar boʻyicha yoʻqotishlarni qoplash maqsadida shakllantiriladigan fond miqdori boshqa shaxslarga oʻtkazish mumkin boʻlmagan va korxona tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy risklar darajasidan kelib chiqqan holda oldindan aniqlanadi.


  5. Download 129.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling