Risklar va investitsion portfellarni boshqarish asoslari
RISKLAR VA INVESTITSION PORTFELLARNI BOSHQARISH ASOSLARI Xalillayeva Laylo REJA:
Moliya bozoridagi risklar;
Bozor risklarini aniqlash va baholash usullari;
Investitsiyalar portfeli;
Investitsiya pоrtfеlini shаkllаntirish.
Moliya bozoridagi risklar Investor tomonidan qabul qilinayotgan har qanday moliyaviy qaror risk bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻladi. Bu moliya bozorida yaqqol oʻz aksini topadi. Bunga 2008 yildagi jahon moliyaviyiqtisodiy inqiroz, uning sabablari va oqibatlari misol boʻlishi mumkin.. Moliyaviy instrumentlarni sotib olish bilan bogʻliq risklar moliya bozorida salbiy iqtisodiy hodisalar vujudga kelishi bilan bogʻliq boʻladi va quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
foyda darajasi kutilayotgan darajadan past boʻlishi yoki umuman kuzatilmasligi;
qimmatli qogʻozning qiymati tushganda investor kiritgan kapitalining maʼlum qismini yoʻqotilishi;
qimmatli qogʻozning qadrsizlanishi.
Moliya bozoridagi risklar Investorlar moliya bozoridagi risklar mohiyatini bilish, toʻgʻri baholash va ularni samarali boshqarish uchun moliya bozoridagi risklarlarni ikkiga boʻlishadi:
bozor (yoki tizimli, diversifikatsiya qilinmaydigan) risklari
bozordan tashqari (yoki oʻziga xos, tizimsiz, diversifikatsiyalanadigan) risklar.
Moliya bozoridagi risklar Bozor risklari – bu bozor omillari oʻzgarishi oqibatida aktiv qiymatini pasayishi riski hisoblanadi. Shuningdek, narxlarni noaniqlik bilan oʻzgarishiga ham bogʻliq hisoblanadi. Bozor riskini quyidagi uchta standart shakli mavjud: 1. Fond riski – bu aksiyalar narxining tushishi riski.
Do'stlaringiz bilan baham: |